Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə423/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Tovushni qabul qilish.
Quloq chig‘anog‘i tovushni to‘play-
di va tashqi eshituv yo‘lagiga yo‘naltiradi. Tovush to‘lqinlari 
nog‘ora pardani tebratadi va bu tebranish eshituv suyakchala-
ri zanjiri orqali dah liz darchasiga o‘tadi. Uzangi asosining ha-


508
rakati perilimfani tebratadi va perilimfa dahliz narvoni orqali 
chig‘anoq gumbaziga yo‘nalib, gelikotrema orqali nog‘ora nar-
voniga o‘tib, ikkilamchi nog‘ora pardaga uriladi. Nog‘ora nar-
vonidagi perilimfaning tebranishi asosiy pardaga va chig‘anoq 
nayidagi endolimfaga o‘tadi. Endolimfa va asosiy pardaning teb-
ranishi kortiy a’zosining eshitish torlariga uriladi va retseptor 
hujayralar mexanik ta’sirotni nerv impulsiga aylantiradi. Impuls-
ning tanasi chig‘anoq tugunida joylashgan bipolyar hujayralar-
ning periferik uchlari qabul qiladi. Uning markaziy o‘siqlari esa 
dah liz-chig‘anoq nervining chig‘anoq qismini hosil qilib, ichki 
eshituv yo‘lagi orqali rombsimon chuqurchada joylashgan ven-
tral va dorsal chig‘anoq o‘zaklarda tugaydi.
Odam 16–2000 GHz chastotali tovushlarni qabul qiladi. So‘z 
tovushi 150–2500 Hz chastotaga ega.
Hid sezish a’zosi
Hid sezish a’zosi
(organum olfactus) burun bo‘shlig‘ining yu-
qori qis mida yuqori burun chig‘anog‘i va burun to‘sig‘ining o‘rta 
qismi shilliq pardasida joylashgan alohida sezuvchi hujayralardan 
iborat. Bu sohani yuzasi 480 mm
2
bo‘lib, hidlov hujayralarini so-
ni 160 millionga yaqin, ular hidlov va qo‘llab turuvchi hujay-
ralarga bo‘linadi. Hid lov hujayralari ko‘p sonli kiprikchalar bi-
lan qoplangan bo‘lib, ular uni havo bilan uchrashadigan yuzasini 
ko‘paytirib turadi va umumiy yuzasi 5–7m
2
yetadi. Bu hujayra-
larining markaziy o‘sim talari 15–20 hidlov nervlarini hosil qila-
di. Hidlov nervi g‘alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinkasi-
dan o‘tib kalla ichiga kiradi va hidlov so‘g‘onida tugaydi. Hidlov 
so‘g‘onida joylashgan II neyron o‘simtalari hidlov yo‘lini hosil 
qilib, hidlov uchburchagi oldingi ilma-teshik plastinkada tugaydi. 
Bu 
н
erdan uchinchi neyron hid sezish markaziga boradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin