508
rakati perilimfani tebratadi va perilimfa dahliz narvoni orqali
chig‘anoq gumbaziga yo‘nalib, gelikotrema orqali nog‘ora nar-
voniga o‘tib, ikkilamchi nog‘ora pardaga uriladi. Nog‘ora nar-
vonidagi perilimfaning tebranishi asosiy pardaga va chig‘anoq
nayidagi endolimfaga o‘tadi. Endolimfa va asosiy pardaning teb-
ranishi kortiy a’zosining eshitish torlariga uriladi va retseptor
hujayralar mexanik ta’sirotni nerv impulsiga aylantiradi. Impuls-
ning tanasi chig‘anoq tugunida joylashgan bipolyar hujayralar-
ning periferik uchlari qabul qiladi. Uning markaziy o‘siqlari esa
dah liz-chig‘anoq nervining chig‘anoq qismini hosil qilib, ichki
eshituv yo‘lagi orqali rombsimon chuqurchada joylashgan ven-
tral va dorsal chig‘anoq o‘zaklarda tugaydi.
Odam 16–2000 GHz chastotali tovushlarni qabul qiladi. So‘z
tovushi 150–2500 Hz chastotaga ega.
Hid sezish a’zosi
Hid sezish a’zosi
(organum olfactus) burun bo‘shlig‘ining yu-
qori qis mida yuqori burun chig‘anog‘i va burun to‘sig‘ining o‘rta
qismi shilliq pardasida joylashgan alohida sezuvchi hujayralardan
iborat. Bu sohani yuzasi 480 mm
2
bo‘lib, hidlov hujayralarini so-
ni 160 millionga yaqin, ular hidlov va qo‘llab turuvchi hujay-
ralarga bo‘linadi. Hid lov hujayralari ko‘p sonli kiprikchalar bi-
lan qoplangan bo‘lib, ular uni havo bilan uchrashadigan yuzasini
ko‘paytirib turadi va umumiy yuzasi 5–7m
2
yetadi. Bu hujayra-
larining markaziy o‘sim talari 15–20 hidlov nervlarini hosil qila-
di. Hidlov nervi g‘alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinkasi-
dan o‘tib kalla ichiga kiradi va hidlov so‘g‘onida tugaydi. Hidlov
so‘g‘onida joylashgan II neyron o‘simtalari hidlov yo‘lini hosil
qilib, hidlov uchburchagi oldingi ilma-teshik plastinkada tugaydi.
Bu
н
erdan uchinchi neyron hid sezish markaziga boradi.
Dostları ilə paylaş: