511
ga turli modda almashinuv da hosil bo‘lgan
moddalarni ajratadi
va termoregulyatsiyada katta ahamiyatga ega.
Moy bezlari
tuzilishi jihatidan oddiy alveolyar bezlar turku-
miga kirib so‘rg‘ichsimon va to‘r qavat chegarasida yotadi. Ular-
ning naylari soch qopchasiga ochiladi. Qo‘l va oyoq kaftida moy
bezlari yo‘q.
Kuyish
Kuyish, deb to‘qimalarning yuqori harorat,
kimyoviy modda-
lar, elektr toki va nur energiyasi ta’sirida kelib chiqqan jarohati-
ga aytiladi.
Kuchli kuyishda bemorda jiddiy umumiy buzilishlar kuzatiladi.
Toqimalarning shikastlanish xarakteri va nechogli chuqur shi-
kastlanishiga ko‘ra kuyishning bir neva darajasi kuzatilishi mum-
kin.
Kuyishning 1-darajasi uncha yuqori bo‘lmagan
termik omilning
tez muddatli tasirida kuzatilib, terining qizarib va biroz shishishi
bilan xarakterlanadi. Teri kapillyarlari kengayadi va ularni o‘tka-
zuvchanligi oshishi hisobiga qonning suyuq qismi atrofdagi to‘qi-
malarga chiqadi.
Bu darajadagi kuyishning otish muddati 2–3 kun. Kuygan joy-
da teri pigmentatsiyasi va keyinroq epidermisning ko‘chib
tushishi
kuzatiladi.
Kuyishning 2-darajasi pufaklar paydo bolishi bilan xarakter-
lanadi. Yallig‘lanish birmuncha yaqqol yuzaga chiqadi. Talaygi-
na suyuq lik chiqadi, shunga ko‘ra u epidermis
ostida yigiladi va
epidermisni ko‘chirib pufaklar hosil qiladi. Ular birnecha minut
otgach yoki ertasiga paydo bolishi mumkin. Pufak yorilganida te-
rining tiniq qizil sorgichsimon qavati ko‘rinadi. Kuyish asoratsiz
o‘tganda, 4–6 sutkaga kelib pufakdagi suyuqlik so‘rilib ketadi. In-
feksiya tushib og‘irlashganida pufakdagi suyuqlik yiring laydi.
Kuyushning 3-darajasi terining yuza
qatlami yoki barcha ich-
ki qavatlarning jonsizlanishi bilan xarakterlanadi. Kuygan yuza-
da to‘q rangli po‘stloq paydo bo‘ladi. Po‘stloq ko‘chgandan keyin
o‘sha joy ikkilamchi chandiq bo‘lib bitadi.
Kuyishning 4-darajasida teridan tashqari,
ichkarida joylashgan
to‘ qimalar – mushak va suyaklar kuyadi. Bu juda sekinlik bi-
lan bitib, kat ta chandiqlar hosil qiladi. To‘qimalarni ayrim joy-
lari ko‘chib tushib, hatto oyoq-qo‘llar oz-ozidan uzilib tushishi
512
mumkin. Kuygan yuza nechog‘li katta bo‘lsa,
bemorning ahvo-
li shunchalik og‘ir bo‘ladi. Tananing 30 % va undan ko‘proq qis-
mi kuysa, kuyish kasalligi kelib chiqib, unda ko‘pincha o‘lim ho-
lati yuz mumkin.
Dostları ilə paylaş: