Anatomiya 2014. indd


orqadagi cho‘zinchoq shakldagisi ellipssimon chuqur- cha deb ataladi. Chig‘anoq



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə421/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

,
orqadagi cho‘zinchoq shakldagisi ellipssimon chuqur-
cha deb ataladi.
Chig‘anoq
(cochlea) suyak labirintning oldingi qismi bo‘lib, 
chig‘a noq buralma kanalining o‘qi atrofida ikki yarim aylana ho-
sil qilgan chig‘a noqning buralma kanalidan iborat. Chig‘anoqning 
asosi medial tomonga, ichki eshituv yo‘lagiga, chig‘anoq gum-
213-rasm. Suyak labirint:
1–dahliz; 2–dahliz darchasi; 3–chig‘anoq; 
4–chig‘anoq darchasi; 5–orqa yarim doira kanal ken-
gaymasi; 6–orqa yarim doira kanal; 7–lateral yarim 
doira kanal; 8–lateral yarim doira kanal kengaymasi; 
9–oldingi yarim doira kanal; 10–oldingi
yarim doira kanal kengaymasi.


506
bazi nog‘ora bo‘shlig‘iga qaragan. Chig‘anoq buralma kanalining 
o‘qi gorizontal yo‘nalgan suyak asos bo‘lib, uning atrofida bural-
ma kanalning suyakli plastinkasi to‘liq bo‘lmagan to‘siq shaklida 
spiral kanalni o‘rtasida turadi. Chig‘anoqning gumbazi sohasida u 
buralma plastinkaning ilmog‘i vositasida oval shakldagi chig‘anoq 
uchidagi teshikni (gelikotrema) chegaralab turadi. Chig‘anoq bu-
ralma kanalining o‘qini ingichka o‘qning bo‘ylama kanallari teshib 
o‘tgan bo‘lib, ularda dahliz-chig‘anoq nervining chig‘anoq qismi 
tolalari yotadi. Buralma kanalning suyakli plastinkaning asosida 
o‘qning buralma kanali bo‘lib, unda chig‘anoq tuguni joylash-
gan. Chig‘anoqning asosida nog‘ora narvonining boshlanishida 
chig‘anoq kanalining ichki teshigi joylashgan.
Yarim doira kanallari
(canales semicirculares) uchta ravoq-
simon kanallar shaklida gorizontal, sagittal va frontal sathlar-
da joylashgan. Ularning har biri ikkita oyoqcha: bittasi ampu-
la shaklida kengaygan bo‘lib, kengaygan oyoqcha, ikkinchsi od-
diy oyoqcha deb ataladi. Suyak yarim doira kanallar bo‘shlig‘ning 
kengligi 2 mm teng. Uchta yarim doira kanallar dahlizga beshta 
teshik bilan ochiladi, chunki oldingi va orqa yarim doira kanal-
larning oddiy oyoqchalari o‘zaro qo‘shilib umumiy suyak oyoq-
chasini hosil qiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin