505
nog‘ora bo‘shlig‘iga eshituv nayining nog‘ora bo‘shlig‘iga ochila-
digan teshigi bo‘lib ochiladi. Pastki tog‘ay qismi nayning 2/3 qis-
mini tashkil qilib, kalla asosiga birikkan tarnov shaklidagi elas-
tik tog‘aydan iborat. U halqumning burun qismiga eshituv nayi-
ning halqumga ochiladigan teshigi bo‘lib ochiladi. Nayning shilliq
pardasi kiprikli epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, bo‘ylama burma-
lar hosil qiladi. U lim foid to‘qimaga boy bo‘lib nay bolishi oldida
nay murtagini hosil qiladi.
Ichki quloq
(auris interna) chakka suyagi piramidasi ichida joy-
lashgan. U suyak (213-rasm) va uning ichida yotgan parda labi-
rintdan iborat. Suyak labirintni devori suyak to‘qimadan iborat
bo‘lib, nog‘ora bo‘shlig‘i, bilan ichki eshituv yo‘lagi o‘rtasida yo-
tadi. Suyak labirintda dahliz, chig‘anoq va yarim doira kanallar ta-
fovut qilinadi.
Dahliz
(vestibulum) suyak labirintning o‘rta qismini hosil
qilgan, uncha katta bo‘lmagan noto‘g‘ri shakldagi bo‘shliq. U
oldindan chig‘a noq nayi, orqadan yarim doira kanallar bilan
qo‘shilgan. Dahlizning lateral devorida ikkita teshik bor. Uning
bittasi dahliz darchasi oval shaklida bo‘lib, dahlizga ochiladi.
Nog‘ora bo‘shlig‘i tomondan uni uzangi asosi berkitib tura-
di. Ikkinchisi yumaloq chig‘anoq darchasi chig‘anoqning spi-
ral kanali bosh lanishiga ochilib, ikkilamchi nog‘ora parda bilan
bekilgan. Dah lizning orqa devorida yarim doira kanallarning
besh ta teshigi, oldingi devorida esa chig‘anoqqa boruvchi teshik
joylash gan. Dahlizning ichki devoridagi dahliz qirrasi uni ikki
chuqurchaga ajratadi. Oldingi yumaloq shakldagisi sferik chu-
qurcha
Dostları ilə paylaş: