507
rachalari – otolitlar bo‘lgan oq dog‘lar hosil qiladi. Parda ya-
rim doira kanallarning ampulasi ichida qirralar bo‘lib, ulardan
dah liz-chig‘anoq nervining dahliz qismi boshlanadi. Endolimfa
suyuq ligini tebranishi oq dog‘dagi sezuv chi hujayralarni ta’sir-
laydi va muvozanat ning o‘zgarishini sezuvchi nervlarning uchla-
ri qabul qiladi. Bu nervning birinchi neyroni hujayralari tana-
si ichki eshituv yo‘lagi tubida joylash gan dahliz tugunida yotadi.
Uning markaziy o‘siq lari dahliz-chig‘anoq nervi tarkibida ichki
eshituv yo‘lagi orqali kalla ichiga kiradi va vestibulyar o‘zaklari-
da tugaydi. Bu o‘zak hujayralarining o‘siqlari miyachaga va or-
qa miyaga boradi. Parda labirintning chig‘anoq qismi chig‘anoq
nayi dahliz dan boshi berk holatda boshlanadi va chig‘anoqning
spiral kanali ichiga yo‘naladi. Chig‘anoq cho‘qqisida chig‘anoq
nayi yopiq holatda tugaydi va ko‘ndalang kesmada uchburchak
shaklida bo‘ladi. Chig‘a noq nayining tashqi devori spiral ka-
nalni suyak pardasiga bitishib ketadi. Uning nog‘ora (past ki)
devori suyak spiral plastinkaning davomidir. Chig‘anoq nayi-
ning uchinchi dah liz devori buralma kanalning suyakli plastin-
kaning chekkasidan qiya yo‘nalib lateral devorigacha boradi.
Chig‘anoq nayi chig‘anoqning buralma kanalining o‘rtasida joy-
lashgan bo‘lib, nog‘ora narvonini dahliz narvonidan ajratib tu-
radi. Chig‘anoqning cho‘qqisida ikkala narvon o‘zaro chig‘anoq
uchidagi teshik vositasida birikadi. Chig‘anoq asosida nog‘ora
narvoni ikkilamchi nog‘ora parda bilan yopilgan yumaloq dar-
cha sohasida tugaydi. Dahliz narvoni esa dahliz ning perilimfa-
tik bo‘shlig‘iga qo‘shiladi. Chig‘anoq nayi ichidagi spiral parda-
da eshituv spiral (kortiy) a’zosi joylashgan. Spiral a’zo eshituv
a’zosining retseptor apparati bo‘lib, besh qator joylashgan uchla-
rida 60–70 tadan tuklari bo‘lgan retseptor hujayralardan iborat.
Spiral a’zo asosini asosiy plastinka hosil qilib, uning tarkibida
chig‘anoqning asosidan to uchigacha suyak spiral plastinkaning
uchidan chig‘anoq ning spiral kanalining qarama-qarshi devoriga
tortilgan eshituv tor-rezonator vazifasini bajaruv chi 24 000 ga-
cha kollogen tolalar bo‘ladi. Ular parda chig‘anoqning asosidan
to gumbazigacha bo‘lgan sohada joylashadi.
Dostları ilə paylaş: