Anatomiya 2014. indd


Eshituv va muvozanat a’zosi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə419/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Eshituv va muvozanat a’zosi
Eshituv va muvozanat a’zosi
(organum vestibulocochlea-
re) tuzilishi va faoliyati jihatidan bir-biri bilan bog‘langan uch 
qism: tashqi, o‘rta va ichki quloqdan iborat. Tashqi quloqqa qu-
loq chig‘anog‘i va tashqi eshituv yo‘li; o‘rta quloqqa nog‘ora 
bo‘shlig‘i, so‘rg‘ichsimon katakchalar va eshituv nayi kiradi. An-
cha murakkab tuzilishga ega ichki quloq suyak va parda labirint-
dan iborat bo‘lib, u eshituv (chig‘anoq) va muvozanat (dah liz va 
yarim doira kanallar) qismlariga bo‘linadi. Tashqi va o‘rta quloq 
vazifasiga ko‘ra eshituv a’zosiga tegishli.
Tashqi quloq tovush to‘lqinlarini ushlash va o‘tkazib be-
rish vazifasini bajaradi. U quloq chig‘anog‘i va tashqi eshi-
tuv yo‘lidan iborat. Quloq chig‘anog‘i elastik tog‘aydan
 
tuzil-
gan bo‘lib, usti teri bilan qop langan, murakkab shaklga ega. 
Uning pastki qismida tog‘ay o‘rnida yog‘to‘qimasi bo‘lgan qu-
loq chig‘anog‘ining bo‘lakchasi bor. Quloq chig‘anog‘ining er-
kin chekkasi buralib burma hosil qiladi. Uning oldingi qismi 
tashqi eshituv yo‘li ustida burma oyoqchasi bo‘lib tugaydi. Bur-
madan ichkariroqda unga parallel yo‘nalishda burma qarshisi-
dagi burma yotadi. Tash qi eshituv yo‘lining oldida supacha joy-


503
lashgan. Qarshi burmaning pastki qismida quloq supachasiga 
qarshi supacha joylashgan. Orqa tomondan qarshi burma, old 
tomondan supachaning o‘rtasida tashqi eshituv yo‘liga davom 
etuvchi botiqlik – chig‘anoq bo‘sh lig‘i bor.
Tashqi eshituv yo‘li gorizontal sathda joylashib «S» shaklida 
bo‘ladi. Uning tashqi tomoni ochiq bo‘lib, ichkarida nog‘ora par-
da vositasida o‘rta quloqdan ajralib turadi. Tashqi eshituv yo‘lining 
tog‘ay qismi quloq chig‘anog‘ining davomi bo‘lib, uning uzunligi-
ning 1/3 qismini tashkil qiladi. Uning suyak qismi esa 2/3 qismini 
tashkil qilib, chakka suyagi piramidasi ichida joylashgan. Tashqi 
eshituv yo‘lining tog‘ay qismini o‘tish joyi toraygan va bukilgan. 
U teri bilan qoplangan va oltingugurtga boy modda ishlab chiqa-
ruvchi seruminoz bezlar bor.
Nog‘ora pardasi oval shaklidagi o‘lchamlari 11
×
9 mm bo‘lgan 
yup qa plastinkadan iborat. U tashqi eshituv yo‘lining oxiri-
da chakka suyagi nog‘ora qismi egatida joylashib, tashqi eshituv 
yo‘lini nog‘ora bo‘shlig‘idan ajratib turadi. Uning pastki keng ta-
rang qismi va ust ki 2 mm kenglikdagi chakka suyagining palla 
qismiga tegib turgan bo‘sh qismi tafovut qilinadi. Nog‘ora par-
daning o‘rtasida bolg‘achaning dastasi birikishidan hosil bo‘lgan 
botiqlik nog‘ora parda kindigi bor. Nog‘ora parda tashqi eshituv 
yo‘li pastki devoriga nisbatan 45–55° hosil qilib qiya joylasha-
di. Nog‘ora pardaning tarang qismida fibroz qavat bo‘lib, u tash-
qi tomondan teri, ichki tomondan shilliq parda bilan qoplangan. 
Bo‘sh qismida esa fibroz qavat bo‘lmay, faqat teri va shilliq par-
dadan iborat.
O‘rta quloq tarkibiga nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv nayi kiradi. 
No g‘ora bo‘shlig‘i chakka suyagi piramidasi ichida joylashgan, 
ichi shilliq parda bilan qoplangan, hajmi 1 sm
3
ga teng havo bi-
lan to‘la bo‘shliq. Uning oltita devori tafovut qilinadi: 1. Yuqorgi 
tomli devori nog‘ora bo‘shlig‘ini kalla bo‘shlig‘idan ajratib turuv-
chi yupqa suyak plastinkadan iborat. 2. Pastki bo‘yinturuq devori 
bo‘yinturuq chuqurchasi sohasiga to‘g‘ri keladi. 3. Medial labi-
rintli devori nog‘ora bo‘shlig‘ini suyak labirintdan ajratib turadi. 
Bu devor o‘rtasida nog‘ora bo‘shlig‘iga turtib chiqqan tumshuq 
bor. Undan yuqoriroq va biroz orqaroqda dahlizga olib boruvchi 
oval teshik – dahliz darchasi joylashgan bo‘lib, uni uzangi asosi 
berkitib turadi. Tum shuqdan orqada va pastroqda yumaloq te shik 
– chig‘anoq darchasi bor. U nog‘ora bo‘shlig‘ini nog‘ora narvo-


504
nidan ajratib turuvchi ikkilamchi nog‘ora parda bilan qoplangan. 
4. Orqa so‘rg‘ichsimon devorni pastki qismida piramidasimon te-
pacha
 
bo‘lib, uning ichidan uzangi mushagi boshlanadi. Orqa de-
vorning yuqori qismida nog‘ora bo‘shlig‘i so‘rg‘ichsimon bo‘sh-
liqqa davom etadi. 5. Oldingi uyqu devori nog‘ora bo‘shlig‘ini 
ichki uyqu arteriyasi kanalidan ajratib turadi. Bu devorning yu-
qori qismida eshituv nayining nog‘ora bo‘shlig‘iga ochiladigan 
teshigi bor. 6. Lateral pardali devorini nog‘ora parda va chakka 
suyagining uni o‘ragan qismi hosil qiladi.
Nog‘ora bo‘shlig‘ida 3 eshituv suyakchalari, boylamlar va mu-
shaklar joylashgan. Eshituv suyakchalari (212-rasm) mayda suyak-
chalar bo‘lib, o‘zaro birikib, nog‘ora pardadan oval teshikkacha tor-
tilgan suyaklar zanjirini hosil qiladi. 
Bolg‘achada boshchasi, dastasi, bo‘yni, lateral va oldingi o‘siq-
chalari tafovut qilinadi.
Sandonchada tanasi, qisqa va uzun oyoqchalari tafovut qilinadi.
Uzangida boshchasi, oldingi va orqa oyoqchalari bor bo‘lib, 
ular uzangi asosi

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin