500
zib, u xatosiz o‘qiy oladigan qatorni topiladi. Ko‘rish o‘tkirligi
kuchli yorug‘likda oshadi, kuchsiz yorug‘likda pasayadi.
Ko‘rish maydoni.
Ko‘zni qimirlatmay oldinga qaratganda
ko‘ringan barcha soha ko‘rish maydoni deyiladi. Markaziy (sa-
riq dog‘ sohasida) va periferik ko‘rish tafovut qilinadi. Eng kat-
ta ko‘rish o‘tkirligi markaziy chuqurcha sohasida. Bu yerda faqat
kolbachalar to‘plangan bo‘lib, ularning diametri kichik va bir-
biriga tegib turadi. Har bir kolbacha bitta bipolyar neyron bilan
bog‘langan. U esa, o‘z navbatida, impulsni bosh miyaga yetka-
zuvchi alohida nerv tolalari chiqadigan bitta ganglioz neyron bi-
lan bog‘langan.
Periferik ko‘rish o‘tkirligi pastligi bilan farq qiladi, chun-
ki to‘r par dani chekka qismlarida kolbachalar tayoqchalar bi-
lan o‘ralgan va bir guruh kolbachalar bitta bipolyar neyron bi-
lan bog‘langan. Bunday hujayralarning bir nechtasi o‘z impulsla-
rini bitta ganglioz hujayraga o‘tkazadi. Ko‘zda 140 mln ga yaqin
retseptor bor bo‘lsa, ko‘ruv nervi tarkibida 1 mln ga yaqin tola
bo‘ladi. To‘r pardaning chekka qismlari predmetni qismlarini yo-
mon ajratadi, ammo uning harakatini yaxshi qabul qiladi. Bu esa
tashqi muhitni sezishda katta ahamiyatga ega.
Ko‘rish maydonini Forstner perimetri bilan aniqlanadi. U
graduslarga bo‘lingan yarim aylana va engakni qo‘yish uchun tag-
likdan iborat (211-rasm).
Tekshiriluvchi bir ko‘zini yopib, ko‘zini oldida turgan ravoq-
ning mar kazida joylashgan oq nuqtaga qadaydi. Ko‘rish maydo-
nining chegarasini perimetrda aniqlash uchun, uning uchidan oq
markani ravoq bo‘y lab asta suriladi va qimirlamagan ko‘z bilan
ko‘rish mumkin bo‘lgan burchak aniqlanaqdi. Ko‘rish maydoni
tashqariga chakkaga katta – 90°,
yuqoriga va pastga – burunga
70° at rofida.
To‘r pardaning chekka qismlari rangni ajratmaydi. Rangni
ko‘rish may doni turli ranglar uchun turlicha,
moviy rang eng tor maydonga ega.
Akkomodatsiya.
Ko‘zning turli masofadagi
buyumlarni aniq ko‘ rishga moslashuvi akkomo-
datsiya deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: