Anatomiya 2014. indd


Avtonom nerv tizimining faoliyati



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə412/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Avtonom nerv tizimining faoliyati.
Vegetativ nerv tizimi a’zo-
larga uch xil: funksiomal, trofik va qon tomirlarga harakatlanti-
ruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Simpatik va parasimpatik nerv tizimla-
rini fun ksional ta’siri qarama-qarshi, ammo o‘zaro hamkorlikda 
bo‘ladi. Ular yurak da modda almashinishni o‘sgartiradi va shu 
bilan birga, uni ishiga ta’sir etadi. Simpatik nerv tisimi ko‘z qo-
rachig‘i va bronxlarni kengaytiradi, yurak qisqarishi miqdori va 
kuchini kuchaytiradi, uni qo‘zg‘alishini oshiradi.
Parasimpatik nerv tizimi esa bu faoliyatlarni pasaytiradi. Sim-
patik nerv tizimi ichak peristaltikasini va oshqozon shirasi chiqa-
rilishini kamaytirsa, parasimpatik unga teskari ta’sir qiladi.
Organizmga trofik ta’siri modda almashinish jarayonini bosh-
qarishi bilan bog‘liq. Simpatik nerv tizimi modda almashinuvi-
ni oshirib, mu shaklar charchashini kamaytiradi. Organizmni mo-
tor va avtonom faoliyatlarini o‘saro hamkorligi limbik tizim va 
yarim sharlarning peshona bo‘laklari bilan boshqariladi. Bu ham-
korlik organizmni bir butunligini ta’minlovchi gomeostazni – or-
ganizmni ichki muhitini nisbiy doimiyligi va uning tashqi mihit 
bilan aloqasini qo‘llab turuvchi shartsiz va shartli reflekslar or-
qali erishiladi.
SEZGI A’ZOLARI
Sezgi a’zolari organizmning tashqi muhit bilan aloqasini 
bog‘lov chi murakkab tuzilishga ega hosilalardir. Ular tashqi ta’sir 
energiyasini qabul qilib, uni nerv impulsiga aylantirib, miyaga 
yetkazib beruvchi anatomik tuzilmalardan iborat. Sezgi a’zolari-
ga tushayot gan tashqi muhitning turli ta’siri natijasi miya yarim-
sharlari po‘stlog‘i ishtirokida dunyoni sezish ning turli: sezish, 
qabul qilish va faraz qilish shakllarida paydo bo‘ladi. Har turli 
tashqi ta’sirot teri, ko‘rish, eshitish, hidlov va ta’m bilish a’zolari 
bilan qabul qilinadi. Sezgi a’zolari vositasida odam tashqi muhit-
ni sezadi, unga mosla shadi va uning ta’siriga ma’lum bir hara-


493
kat bilan javob beradi. Ba’zi bir tashqi ta’sirot buyumga bevosita 
tekkan vaqtda seziladi (kontakt sezgi): bunga teri sezgisi (og‘riq, 
harorat), tilning shilliq pardasidagi so‘rg‘ichlar ovqatni mazasi-
ni biladi. Boshqa bir ta’sirotlar uzoqdan seziladi (distant sezgi): 
ko‘rish a’zosi – nurni, eshitish a’zosi – to vushni, hid bilish a’zo-
si turli hidlarni. Sezgi a’zolari faqat tash qi ta’sirotlarni qabul qi-
ladi. Bu ta’sirotlarning tahlili esa bosh miya po‘stlog‘ida bo‘lib, 
bu yerga ta’sirot nervlar orqali boradi. Ta’sirotlarni qabul qilish
o‘tkazish va tahlil qilishda ishtirok etadigan elementlar yig‘indi-
sini, sezgi a’zolarini I.P. Pav lov analizator deb ataydi. Analizator 
tashqi muhitning murakkab ta’sirini alohida elementlarga ajrata-
di. Analizator uch qism dan iborat:
1. Periferik qism – retseptor, kimyoviy va fizik ta’sirot ener-
giyasini qabul qilib, nerv qo‘zg‘alishiga aylantirib beradi.
2. O‘tkazuvchi qism – konduktor, qo‘zg‘alishni retseptordan 
po‘stloq osti markazlari, keyin esa yarimsharlar po‘stlog‘iga o‘tka-
zadi.
3. Analizatorning po‘stloq markazida kelayotgan qo‘zg‘alish-
lar tahlil qilinadi va boshqa markazlar bilan aloqalar paydo bo‘la-
di. Markaz qancha yuqori joylashsa, qo‘zg‘alishlar shuncha nozik 
tah lil qilinib ma’lum bir sezgi paydo bo‘ladi.
Sezgilar ikki guruhga bo‘linadi: 1. Atrof-muhitdagi hodisalar 
va pred metlarning xususiyatlarini sezish (og‘riq, bosim va harorat 
sezgisi, eshi tish, ko‘rish, ta’m bilish, hid bilish sezgisi). 2. Tana-
ning ayrim qismlari harakati va ichki a’zolar holatini sezish (hara-
kat sezgisi, tana muvozanati sezgisi, a’zolar va to‘qimalar sezgisi). 
Shularga asosan sezgi a’zolari ikki guruhga bo‘linadi.
1. Tashqi sezgi a’zolari impulsni ekstraretseptorlardan qabul 
qi la di. Ular beshta: teri sezgisi, eshitish, ko‘rish, ta’m bilish va 
hid bilish a’zolari.
2. Ichki sezgi a’zolari: a) impulslarni propriotseptiv sohadan: 
mu shaklar, bo‘g‘imlar va muvozanat a’zosi (ichki quloq) proprio-
tseptorlaridan qabul qiluvchi; b) intratseptiv sohadan ichki a’zo-
lar va qon tomirlardagi interoretseptorlardan qabul qiladi. Ichki 
a’zolardan keluvchi impulslar mo‘tadil holatda sezilmaydi. Ular 
ma’lum bir kasalliklarda og‘riq shaklida bilinadi.


494

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin