Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə413/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Ko‘rish a’zosi
Ko‘rish a’zosi odam hayotida uni tashqi muhit bilan aloqasi-
da katta ahamiyatga ega. Ko‘rish a’zosi ko‘z kosasida joylashgan 
bo‘lib, ko‘z va ko‘zning yordamchi hosilalaridan iborat.
Ko‘z 
(oculus) ko‘z olmasi va ko‘ruv nervidan iborat.
Ko‘z olmasi
yumaloq shaklga (209-rasm) ega bo‘lib, unda ol-
dingi qutb va orqa qutb tafovut qilinadi. Oldingi qutb shox parda-
ning eng chiqqan joyiga to‘g‘ri kelsa, orqa qutbi ko‘ruv nervining 
chiqish sohasidan lateralroq joylashgan. Shu ikki nuqtani birlash-
tirgan chiziq ko‘zning tashqi o‘qi deb atalib, uzunligi 24 mm. 
Ko‘z olmasining ichki o‘qi shox pardaning orqa yuzasidan to‘r 
pardagacha bo‘lib, uzunligi 21,75 mm. Ko‘z olmasining vertikal 
o‘lchami 23,5 mm, ko‘ndalangi 23,8 mm. Ko‘zning oldingi qut-
bi bilan to‘r pardaning markaziy chuqurchasini bog‘lovchi chiziq 
ko‘zning ko‘ruv o‘qi deb ataladi. Ko‘z olmasi ko‘zning ichki mu-
hiti va uni qoplagan uch qavat pardadan iborat. Tashqi fibroz, 
o‘rta qon tomirli va ichki sezuv chi to‘r parda tafovut qilinadi.
Ko‘z olmasining fibroz pardasi himoya vazifasini bajaradi. U 
ikki qismdan: oldingi muguz va orqadagi skleradan iborat. Ular-
ning o‘rtasida uncha chuqur bo‘lmagan sklera egati bor. 
Muguz parda tiniq bo‘lib, undan ko‘zga nur o‘tadi. U soat 
oynasiga o‘xshash ko‘rinishga ega. Muguz pardada oldingi va or-
qa yuzasi tafovut qilinadi.
Sklera
 
fibroz pardaning orqa katta qismi bo‘lib, pishiq tolali 
birikti ruvchi to‘qimadan iborat. U ko‘z olmasi ichki muhitini hi-
moya qilish bilan birga, uning shaklini saqlab turadi.
O‘rta ko‘z olmasining qon tomirli pardasi qon tomirlarga va 
pig ment ga boy. U bevosita sklerani ostida joylashib, ko‘ruv nervi 
209-rasm. O‘ng ko‘z olmasining. Gorizontal kesmasi:
1–oldingi qitbi; 2–muguz parda; 3–ko‘z olmasining 
oldingi kamerasi; 4–rangdor parda; 5–kiprikli tana; 
6–konjunktiva; 7–gavhar; 8–shishasimon tana;
9–lateral to‘g‘ri mushak; 10–to‘r parda; 11–xususiy 
qon tomirli parda; 12–sklera; 13–markaziy chuqur-
cha; 14–disk chuqurchasi; 15–ko‘ruv nervi; 16–me-
dial to‘g‘ri mushak; 17–kiprik doirachasi; 18–ko‘z ol-
masining orqa kamerasi; 19–skleradagi venoz bo‘shliq; 
20–ko‘ruv o‘qi; 21–ko‘z olmasining tashqi o‘qi.


495
chi qadigan sohada unga birikib ketadi. Koz olmasining qon to-
mirli par dasi uch qism dan: oldingi – rangdor parda, o‘rta – kip-
rikli tana va orqa – xususiy qon to mirli pardadan iborat.
Rangdor parda aylana shakliga ega bo‘lib, o‘rtasida ko‘z qo-
rachi g‘i bor.
 
Rangdor pardada pigment bo‘lib, ko‘zning rangi 
uning miq doriga bog‘liq, agar pigment ko‘p bo‘lsa – rangi qo-
ramtir, kamroq bo‘l sa – zangori, pigment bo‘lmasa – qizil rang-
da bo‘ladi. Rang dor parda ichida qorachiq atrofini halqa shaklida 
o‘ragan, qorachiqni toraytiruvchi va radiar joylashgan qorachiqni 
kengaytiruvchi mu shak bor.
Kiprikli tana ko‘z olmasini qon tomirli pardasining qalinlash-
gan o‘rta qismi bo‘lib, muguz pardani skleraga o‘tish sohasida ay-
lana shaklida joylashgan. Uning orqa qismi kiprikli aylana xusu-
siy tomirli pardaga o‘tib ketadi. Kiprikli tananing oldingi qismi 70 
ga yaqin radiar yo‘nalgan uzunligi 3 mm bo‘lgan kiprikli o‘sim-
talar hosil qiladi. Kiprikli tana ichida tolalari meridonial, radiar, 
bo‘ylama va aylanma yo‘nalishdagi silliq mushak tolalaridan ibo-
rat kiprikli mushak joy lashgan. Bu mushak qisqarganida ko‘zni 
akkomodatsiya qiladi.
Xususiy qon tomirli parda ko‘z olmasining o‘rta qavatini orqa 
katta qismini tashkil qiladi. Xususiy qon tomirli parda bilan skle-
ra o‘rtasida tomirlar atrofidagi oraliq bor.
Ko‘z olmasining ichki pardasi yoki to‘r parda nur sezuvchi 
qismi bo‘ lib, qon tomirli pardani ichki tomonidan qoplab turadi. 
To‘r pardada tashqi pigmentli qavat va ichki murakkab tuzilgan 
nur sezuv chi qavat tafovut qilinadi. Nur sezish faoliyatiga qa-
rab orqa katta nur sezuvchi hujayralar (tayoqchalar va kolbacha-
lar) joylash gan ko‘ruv qismi va oldingi kichik ko‘ruv hujayralari 
bo‘lmagan ko‘r qismiga bo‘linadi. To‘r pardaning orqa qismiga 
ko‘z olmasining tubiga oftalmoskop bilan qaraganda, ko‘ruv ner-
vi diski, uning markaz da esa to‘r pardaga kirayotgan to‘r parda-
ning markaziy arteriyasi ko‘rinadi. Ko‘ruv nervi diskidan tashqi-
roqda orqa qutb sohasida sariq dog‘ a uning markaziy chuqurcha-
si ko‘rinadi. Markaziy chuqurchada faqat kolbachalar to‘plangan 
bo‘lib, eng yaxshi ko‘rish sohasi hisoblanadi.
Ko‘z olmasining ichki muhitini ko‘z gavhari, shishasimon tana 
va ko‘z olmasining oldingi va orqa kameralarining suv kabi suyuq-
ligi tashkil qiladi.
Ko‘z gavhari ikki tomoni qavariq linzaga o‘xshaydi va kuch-


496
li nur sindirish qobiliyatiga ega. Uning oldingi yuzasi va oldin-
gi qutbi ko‘z olmasining orqa kamerasiga qaragan. Orqa yuzasi 
qabariq roq bo‘lib, orqa qutb bilan shishasimon tanaga tegib tu-
radi. Uning oldingi va orqa yuzalari qo‘shilgan chekkasi gavhar 
ekvatori deyiladi. Gavhar moddasi rangsiz, qattiq, qon tomir va 
nervlari bo‘lmaydi. Gavharning ichki qismi – gavhar o‘zagi, pe-
riferik – gavhar po‘stlog‘iga nisbatan qattiq. Ko‘z gav hari tashqi 
tomondan tiniq, elastik xalta bilan qoplangan bo‘lib, gavharning 
oldingi va orqa yuzalaridan boshlanuv chi sinnon boylamlari vosi-
tasida kiprikli tanaga birikadi. Kiprikli mushak qisqarganida xusu-
siy tomirli parda oldinga suriladi va kiprikli tana gavharning ekva-
toriga yaqinlashadi, sinnon boylami bo‘shashib, gavharning oldin-
gi-orqa o‘lchami kattalashadi. Uning qavariqligi oshib, nur sindi-
rish qobiliyati ortadi. Kiprikli mushak bo‘shashganida kiprikli ta-
na gavhar ekvatoridan uzoqla shadi, sinnon boylami taranglashib, 
gavhar yassilashadi va uning nur sindirish qobiliyati kamayadi.
Shishasimon tana gavharning orqa tomonida joylashadi. U ti-
niq, qon tomirlar va nervlari yo‘q quyuq mas sadan iborat. Tashqi 
tomondan shi sha simon tana pardasi bilan o‘ralib, shishasimon 
tana stromasi va tiniq suyuqlikdan iborat. Uning nur sindirish 
qobiliyati ko‘z olmasi kameralari suyuqligi ko‘rsatkichiga yaqin.
Ko‘z olmasida muguz parda bilan rangdor parda o‘rtasida ko‘z 
olmasining oldingi, rangdor parda bilan gavhar o‘rtasida ko‘z ol-
masining orqa kameralari mavjud bo‘lib, ularda joylashgan suv 
kabi suyuq lik

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin