44
faktor suyuqlikning tutilib qolishi, uning yallig‘lanish o‘chog‘iga
oqib kelishiga imkon beradi va yallig‘lanishning keyingi fazasi –
ekssudatsiyaning asosida yotadi. Shunday qilib, alteratsiya faqat
ekssudatsiya uchun emas, balki proliferatsiya
uchun ham zamin
tayyorlaydi.
Ekssudatsiya
Qon aylanishining buzilishi va ekssudatsiya yallig‘lanish ja-
rayonining ikkinchi tarkibiy qismidir. Shuni nazarda tutish ke-
rakki, yallig‘lanish avj olganda alteratsiya, ekssudatsiya va proli-
feratsiya bir vaqtda ro‘y beradi. Yallig‘lanish sohasida qon ayla-
nishining buzilishi kasallik tug‘diruvchi ta’sirotga javoban reflek-
tor ravishda rivojlanadi. Avval tomir toraytiruvchi nervlar ta’sir-
lanishining natijasi sifati da tomirlarning
qisqa muddatli spazma-
si paydo bo‘ladi. Spaz ma ketidan kapillyarlar va arteriolalarning
kengayishi ro‘y berib, yallig‘langan o‘choqqa qon oqib kelishi ku-
chayadi – arterial giperemiya vujudga keladi. Qon oqib kelishi-
ning kuchayishi yallig‘lanishning ikki asosiy belgisini: qizarish va
haroratning ko‘tarilishini paydo qiladi. Haroratning ko‘tarilishiga
moddalar almashinuvining kuchayishiga ham imkon beradi. Yal-
lig‘lanishning keyingi davrida qon oqimining buzilishi kuchayadi,
arterial giperemiya qonning turg‘unligi,
hatto qon oqimining bu-
tunlay to‘xtab qolishi – staz bilan almashinadi. Qon oqimining
borgan sari sekinlashib borishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
1. Tomirlarning nerv – mushak apparatini falajlanishi va ular to-
nusining pasayishi.
2. Yallig‘lanish sohasida suyuqlikning bir qismini tomirdan tash-
qariga chiqishi natijasida qonning quyuqlashishi va yopishqoqligi-
ning ortishi ro‘y beradi.
3. To‘qimalarning borgan sari shishib borishi tufayli mayda ve-
nalarning qisman ezilishidan kelib chiqadigan
qon oqimiga mexanik
qarshilik hosil bo‘lishi.
4. Yallig‘lanish o‘chog‘ida tromblar hosil bo‘lishi va tomirlarning
tiqilib qolishi.
5. Tomirning kengayishi tufayli qon tomirlar o‘zani ko‘ndalang
kesmasi sathining kattalanishi.
Yallig‘lanishda qon tomirlaridan to‘qimaga chiqadigan suyuq-
lik ekssudat yoki yallig‘lanish suyuqigi deb ataladi. U shishda-
45
gi suyuq lik – transsudatdan oqsilni ko‘proq tutishi va unda qon
hujayralarining bo‘lishi bilan farq qiladi. Bu – tomirlar devo-
ri o‘tkazuvchanligining ortishi tufayli to‘qima
suyuqligidan tash-
qari, tomirlardan oqsillar va shaklli elementlar ham chiqishiga
bog‘liq. Mana shu hol ekssudat va transsudatlar hosil bo‘lishidagi
farqni belgilaydi, chunki shishlar paydo bo‘lishi, odatda, tomirlar
devorining o‘tkazuvchanligi buzilmaganda ro‘y beradi. Ekssudat-
da 5–8 %, transsudatda esa 0,3 % atrofida oqsil bo‘ladi.
Leykositlarning tomirlardan to‘qimaga chiqishi kapillyarlar va
mayda venalar orqali ro‘y beradi. Qon o‘zanining
kengayishi va
qon oqimining sekinlashishi leykositlarning tomirlar devori orqali
chi qishiga imkon beradi. Qon tez oqqanda, uning shaklli element-
lari tomir markazida plazma qatlami bilan o‘ralgan holda harakat
qiladi. Oqim sekinlashganda leykositlar devor bo‘ylab joylashadi,
bu esa ularning tomir devorlari orqali chiqishini yengillashtiradi.
Chetlab turishdan bir oz vaqt o‘tgach
leykositlar tomirlar de-
vori orqali to‘qimaga o‘ta boshlaydi. Bunda leykositlar o‘z shakli-
ni o‘z gartiradi va ularda xuddi amyobadagiga o‘xshab tomirlar de-
vorini teshib chiqadigan protaplazmatik o‘siqchalar hosil bo‘ladi.
Ekssudatsiya yallig‘lanish o‘chog‘ida uni infiltrlovchi hujayra-
larning ko‘p miqdorda to‘planishiga olib keladi. Tarang va qattiq
hujayralarga boy o‘choq yallig‘lanish infiltrati deb ataladi. To‘qi-
malarda to‘plangan ekssudat yallig‘langan joyining bo‘rtishiga sa-
bab bo‘ladi. To‘qimalarning tarangligi nerv oxirlarini ta’sirlab,
og‘riq sezgisini paydo qiladi.
Dostları ilə paylaş: