49
turgani uchun jarrohlik arala shuvi bilan oson olib tashlash mu-
mkin bo‘ladi.
Infiltrativ o‘sish o‘sma hujayralari tortmalarining qo‘shni
to‘qimalarga o‘sib kirishi bilan xarakterlanadi. Bunday o‘sma hu-
jayralari to‘qima oraliqlari limfa tomirlari va kapillyar qon tomir-
lariga o‘sib kiradi. O‘sma qo‘shni to‘qimalarga tortmalari
bilan
tarqalib ezib va chetlatibgina qolmay balki yemiradi ham. Bun-
day o‘sish yetilmagan o‘smalarga mansub bo‘lib,
ularni xavfsiz-
ligini xarakterlaydi. Bunday o‘smalar tevarak-atrofdagi to‘qima-
lar bilan chambarchas bog‘langanligi uchun chegarasini aniq bel-
gilab bo‘lmaydi. Operatsiya qilib kesib tashlaganda, o‘sma butun-
lay olib tashlanadi deb ishonch hosil qilib bo‘lmaydi. Ko‘pincha,
operatsiyadan keyin bir qancha vaqt o‘tgach o‘sma
tuguni kesib
olib tash langan joyda o‘sma hujayralari qolganligi tufayli yangi
o‘sma vujudga keladi.
O‘sma o‘sishining tezligi turlicha va o‘smaning xarakteriga
bog‘liq. Yetilgan, xavfsiz o‘smalar, odatda, sekin o‘sadi.
Ularning
o‘si shini yillab kuzatish mumkin, xavfsiz o‘smalarning ba’zi tur-
lari juda katta bo‘ladi. Qorin bo‘shlig‘i va bachadonda birnecha
kilogrammga yetgan xavfsiz o‘smalar ma’lum.
Xavfli o‘smalar, odatda, xavfsiz o‘smalarga qaraganda tez
o‘sa di. Xavfli o‘smalarning yana bir xususiyati ko‘chamalar, me-
tastazlar berishidirki, bu – o‘smalar
ikkilamchi, qiz tugunlari-
ni hosil bo‘lishiga olib keladi. O‘sma to‘qimalarni infiltrlab, qon
limfa tomirlariga o‘sib kirishi mumkin. Uning ayrim hujayra-
lari yoki hujayralar guruhi shu yo‘llar orqali turli a’zolarga ki-
rib keladi.
Limfogen metastazlar, birinchi navbatda, o‘sma bilan
shikastlangan a’zoga nisbatan regionar limfa tugunlarida paydo
bo‘ladi. Gemotogen metastazlar asosiy
tugundan ancha yiroqda
va ko‘p sonli bo‘lishi mumkin. Metastazlanish o‘smaning a’zo-
lar yuzasi bo‘ylab, masalan, qorin pardasi, plevra, miya pardalari
orqali va nervlar hamda perinevriy pardasi bo‘ylab ham ro‘y be-
rishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: