Anatomiya 2014. indd


Biriktiruvchi to‘qima o‘smalari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Biriktiruvchi to‘qima o‘smalari. 
Fibroma biriktiruvchi to‘qi-
ma hujayralari va kollagen tollalardan tashkil topgan o‘smadan 
iborat. U biriktiruvchi to‘qima bo‘lgan barcha a’zolarda rivojla-
nishi mumkin. Fibromalar bachadonda, teri osti yog‘ kletchat-
kasida va terida hammadan ko‘p paydo bo‘ladi. Odatda, u sekin 
o‘sadi va aniq chegaralangan hamda birmuncha qattiq tugunlar 
ko‘rinishida bo‘ladi.
Lipoma – yog‘ to‘qimasidan tashkil topgan o‘sma. U ko‘pin-
cha, teri osti yog‘ kletchatkasida rivojlanadi. Lipomalar sekin o‘sa-
di. Ammo juda katta bo‘lib ketishi ham mumkin.
Osteoma – atipik suyak to‘qimasidan hosil bo‘ladigan o‘sma. 
U kompakt yoki g‘ovaksimon suyak turida tuzilgan bo‘lishi mum-
kin. Ba’zan suyak va tog‘ay to‘qimasidan tashkil topadi.
Tomir o‘smalari. 
Xavfsiz tomir o‘smalari – angiomalar, 
ko‘pincha, kapillyarlardan tashkil topadi. Ular terida uchraydi va 
to‘q qizil dog‘lar ko‘rinishida bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi tug‘ma 
bo‘lib, aslida chin o‘smalar emas, balki tomirlar rivojlanishining 
buzilishi oqibati hisoblanadi. Ammo ko‘rinishi jihatdan va ko‘pin-
cha, gistologik tuzilishiga ko‘ra bunday angiomalar chin o‘smalar 
– angiomalardan farq qilmaydi.
Nekroz
Tirik organizmda to‘qimalarning o‘lishiga nekroz deyiladi. Bu 
tananing ayrim qismlarini, a’zolar yoki ular qismlarining, ay-
rim hujayralarning mahalliy o‘limidir. Nekroz deganda to‘qima-
lar hayot faoliyatining to‘la va qaytarib bo‘lmaydigan to‘xtashi 
tushuniladi. Tirik organizmda to‘qima elementlarining o‘lishi fa-
qat patologik hodisa emas. Tirik organizmda hujayralarning uz-
luksiz ravishda eskirishi va halokati ularning o‘rniga esa regene-
ratsiyalovchi yangi hujayralarning paydo bo‘lishi yuz beradi, bu 
fiziologik mikronekrozdir.
Tirik organizm ichida halok bo‘luvchi hujayralar asta-sekin 
eriy bosh laydi. Bu jarayonni autoliz – o‘z-o‘zini hazm qilish deb 
belgilanadi. Har qanday hujayralarning sitoplazmatik kiritmalari-
da – lizosomalarda autolizni ta’minlovchi fermentlar shakllanishi 
aniqlandi. Nekroz asosida moddalar almashinuvining jiddiy buzi-
lishlari bilan uning butunlay to‘xtashi tufayli to‘qimalarda qayta-
rib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar yotadi. Ana shu sababli nekrozni dis-


53
trofik yoki nekrobiotik jarayonning oqibati deb hi soblash lozim. 
Nekrozlar markaziy yoki pereferik nerv tizimidagi nevro gen buzi-
lishlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Nekroz a’zoda tashqaridan kiritilgan kuchli yadro toksinlari, 
yallig‘ lanishda mikrob toksinlari, nur energiyasi, yuqori harorat, 
sovuq, kuchli kislotalar, ishqorlar ta’sirida paydo bo‘lishi mum-
kin. Nekroz sohasida namlikning yo‘qolishi, qurishi yoki aksin-
cha bo‘kishi va o‘lgan to‘qimalarning irishi yuz berishi mumkin. 
Nekrozda asosiy gistologik o‘zga rishlar, dastavval, hujayra yadro-
sida bo‘ladi. O‘lgan to‘qima asta-sekin yadrosiz to‘qimaga ayla-
nadi. Yadro erib ketadi – kariolizis yoki kichrayib zichlashadi va 
ancha to‘q rangga bo‘yaladi – piknoz, so‘ngra ayrim bo‘lakcha-
lar parchalanadi – karioreksis yuz beradi. O‘lgan to‘qimalarning 
autolizi natijasida nekrotiq detrit, ya’ni hujayra parchalanishining 
mahsulotlari – oqsil va yog‘ donachalaridan tashkil topgan, tar-
kibsiz donador massa qoladi. 
O‘lgan to‘qimalarning tashqi ko‘rinishi turli-tuman. Nekroz-
ning birnecha shakllari tafovut qilinadi. Quruq koagulyatsion 
nekroz – o‘lgan to‘qimada ivish, zichlanish va suv yo‘qotish-
ning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. O‘lgan to‘qimalar, odatda, 
kulrang – sariq tusli qoramoyga yoki suzmasimon massaga o‘x-
shaydi.
Quruq nekrozga ayrim infeksion kasalliklarda ayniqsa ko‘proq 
ich terlamada uchraydigan mushaklarning qoramoysimon nekro-
zi va o‘lgan to‘qimalarning suzmaga o‘xshab maydalanadigan ka-
zeoz yoki suzmasimon jonsizlanish tipik misollar bo‘lib hisoblana-
di. Nekroz ning bu turi ko‘pincha, spetsifik yallig‘lanish o‘choqla-
rida – sil, zahm da uchratiladi.
Nam yoki kollikvatsion nekroz, nami ko‘p to‘qimalarda va 
o‘lgan soha qurimaydigan va suyuqlik bo‘lgan hollarda kuzatiladi. 
Ba’zan quruq nekroz sohasi ham suyuqlanadi.
Gangrena – o‘lishning shunday turidirki, bunda o‘lgan to‘qima-
lar tash qi muhitga yondashib kulrang-qo‘ng‘ir yoki qora tusga kira-
di. Nek roz qismining bunday rangga kirishi ularning qonga singishi 
va ularda gemo globinning parchalanishi tufayli yuz beradi. 
Quruq gangrena yoki mumifikatsiya – tananing yuza sathiga 
joy lash gan o‘lgan qism tashqi muhitga o‘z namligini berganda ri-
vojlanadi, quriydi va qattiq bo‘lib qoladi. Bunday gangrena sovuq 
olishidan so‘ng kuzatiladi. 


54
Nam, chirigan yoki septik gangrena – o‘lgan to‘qimaga kirib, 
parchalanishni, o‘lgan to‘qimalarning chirishini keltirib chiqa-
ruvchi mikroblarning tushishi bilan bog‘liq asoratdan iborat. 
Bunday gangrena, odatda, tashqi muhitdan osongina mikroblar 
tushadigan o‘lgan ichki a’zo lar – o‘pkalar, ichak, bachadonda 
rivojlanadi. 
Gangrenaning gazli yoki anaerob gangrena deb atalgan max-
sus turini chirigan gangrenadan farq qila bilish kerak. 
Gangrenaning boshqa bir turi yotoq yara hisoblanib bu uzoq 
vaqt bosilib yotgan joylarda hosil bo‘ladigan nekroz qismidir. 
Yotoq yaralar dumbada, dumg‘aza, kuraklar sohasidagi terida 
sillasi qurigan, yotib qolgan bemorlarning boshqa joylarida ham 
hosil bo‘ladi. Yotoq yaralar orqa miyaning shikastlanishida tro-
fik innervatsiyaning keskin buzilishi tufayli ayniqsa, tez va oson-
lik bilan rivojlanadi. Yotoq yaralarining oldini olish maqsadida 
og‘ir yotgan bemorlarni to‘g‘ri parvarish qilishning nechog‘lik 
ahamiyatli ekanligi ana shu bilan izoh lanadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin