56
Nevrotik atrofiya yoki faoliyatsizlik natijasidagi atrofiya a’zo-
lar faoliyatini pasayishi tufayli rivojlanadi va mahalliy xarakterga
ega bo‘ladi. Harakatsiz a’zoga qon kelishi kamayadi, modda al-
mashinuvi pasayadi, bu esa atrofiyaga olib keladi. Bunday atro-
fiya oyoq – qo‘l suyaklari singanda yoki bo‘g‘imlari shikastlan-
ganda uzoq vaqt immobilizatsiya holatida bo‘lganida vujudga ke-
ladi. Ba’zan parenximaning atrofiyasi bilan bir qatorda birikti-
ruvchi to‘qima elementlari o‘sib ketadi va biriktiruvchi to‘qima
atrofiyalangan parenximaning o‘rnini qoplaydi. Bunday hollarda
a’zo hatto kattalashishi ham mumkin. Bunday jarayon soxta gi-
pertrofiya nomi bilan yuritiladi.
Atrofiya – qaytishi mumkin bo‘lgan jarayon. Atrofiya sababini
bartaraf qilinganda a’zo qayta tiklanadi. Masalan, singan joy bit-
gach, qo‘l-oyoqning funksiyasi tiklanishidan oldin atrofiyalangan
mushaklar tiklanadi. Ammo og‘ir hollarda a’zoning to‘la tikla-
nishi yuz bermaydi.
Dostları ilə paylaş: