50
Xavfli o‘smalarga anaplaziyasi ro‘y-rost ifodalangan yetil-
magan hujayralardan tuzilgan o‘smalar kiradi. Ular a’zolarni in-
filtrlab va yemirib tez o‘sadi, metastazlar hamda retsidivlar be-
radi va kaxeksiyaga sabab bo‘ladi. Bemorni ahvoli tez og‘irla-
shadi, sochlari to‘kiladi, milk, burun qonaydi.
Xavfsiz o‘smalar sekin o‘sadi, metastaz
va retsedivlar bermay-
di, ishtahasi yoqolmaydi, kaxeksiya rivojlanmaydi, odam ancha
uzoq
yashay di, ammo ular xavfli o‘smalarga aylanishi mumkin.
O‘smalar tasniflanishi gistoginetik prinsipda tuzilgan va o‘sma
to‘qimasi hamda hujayralarning yetilganlik darajasiga asoslan-
gandir.
O‘smalarni nomlash quyidagicha bo‘ladi. O‘sma hosil bo‘lgan
to‘ qima nomiga «oma» qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan, to-
mir to‘ qimasidan hosil bo‘lgan o‘sma angioma, suyak to‘qima-
sidan hosil bo‘lgan o‘sma osteoma, mushak to‘qimasidan hosil
bo‘lgan o‘sma mioma deb ataladi. Ba’zan to‘qima nomiga «blas-
toma» so‘zi qo‘shiladi. Bundan tashqari, xavfli o‘smalarni bel-
gilash uchun birnecha max sus nomlar bor. Epiteliy to‘qimadan
hosil bo‘lgan barcha xavf li o‘smalar uchun «rak» termini qo‘lla-
niladi. Biriktiruvchi to‘qimaning
barcha turlaridan, shuningdek,
mu shak to‘qimasidan rivojlanadigan xavfli o‘smalarni belgilash
uchun «sarkoma» termini qo‘llaniladi. Sarkomaning har xil turla-
ri bor. Ular hosil bo‘lgan to‘qimaga qarab belgilanadi.
Rak
Rak – xavfli o‘smaning eng ko‘p uchraydigan shakli bo‘lib, u
barcha xavfli o‘smalarning 85 %ini tashkil qiladi.
Barcha mam-
lakatlar da rakdan o‘lim ba’zi bir o‘zgarishlar bilan katta yoshda-
gi aholi o‘li mining 10 %ni tashkil etadi. Rak epiteliy to‘qima
bo‘lgan har qanday a’zoda paydo bo‘lishi mumkin. Ammo ham-
ma a’zolarda ham rak birdek uchramaydi. Fibroz rak kuchli ri-
vojlangan zich biriktiruvchi to‘qimali asosga ega bo‘ladi. Un-
da o‘sma hujayralarining kichikroq guruhlari
va yakka hujayralar
yotadi. Bu o‘sma asta-sekin o‘sadi. Ammo juda keng tarqaluv chi
metastazlar berishi mumkin.
Yassi hujayrali rak teri, og‘iz bo‘shlig‘i, bachadonning qin
qismidagi ko‘p qavatli yassi epiteliydan rivojlanadi.
Uning hujay-
ralari atrof dagi to‘qimalarga o‘sib kiradi. Uning ancha yetilgan
51
turida hujayralar muguzlanadi, ammo ular yuzada emas,
balki
katakchalar ko‘rinishida joylash ganligi sababli muguzlangan qo-
biqli katakchalar markazi rak marjonlari deb ataluvchi doirasi-
mon qavatma-qavat tuzilmalar hosil qilib to‘planadi.
Adenokarstinomalar bezli to‘qimadan tuzilgan. Ular adeno-
malarni
eslatadi, ammo ulardagi hujayralar bezli komplekslar-
ni shakllantirsada, haddan tashqari atipikdir. Hujayralar, odat-
da, birnecha qavat bo‘lib
joylashgan, bezli bo‘lakchalar shakl-
dan har xil va katta kichik bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: