63
Suyakda noorganik moddalarning miqdori yoshga qarab ko‘payib
boradi, shuning uchun qari odamlarning suyagi nisbatan mo‘rt
bo‘ladi. Bolalar suyagining elastikligi uning tarkibida organik
moddalarning ko‘p bo‘lishiga bog‘liq. Agar suyak kuchli kislotaga
solinsa, mineral tuzlar erib, ossein moddasi qoladi, bunda suyak
qattiqligini yo‘qotib elastik bo‘lib qoladi. Agar suyakni temir o‘qqa
o‘rnatib yoqsak, organik moddalar yonib ketadi va suyakning elas-
tikligi yo‘qoladi, bunday suyak tezda kulga aylanadi.
Bulardan tashqari suyaklar tarkibida vitaminlar (A, D, C)
ham bo‘ladi. Agar D vitamini yetishmasa suyakning mineral tar-
kibi buzilib, raxit kasalligi kelib chiqadi. A vitamini yetishma-
sa, suyaklar yo‘g‘onlashib, suyak bo‘shliqlari va kanalchalari
kat ta lashib ketadi. Suyakning tash qi qavati (17-rasm) kompakt
mod dadan iborat bo‘lib, uning os tida g‘ovak modda joylashgan.
Nay simon suyaklarning diafizida kompakt modda qalin, g‘ovak
va yassi suyaklarda esa yupqa bo‘ladi. Suyakning kompakt mod-
dasining asosini osteon hosil qi la di. Osteon osteon plastinkalari
(qatlamlari) va kanalchalari hosil qiladi. Osteon kanalcha laridan
qon tomir va nerv tolalari o‘tadi.
Uning atrofini zich suyak qat-
lami (kompakt) modda o‘ragan.
Osteon qatlamlari orasini ora-
liq moddalar to‘latib turadi, ular
qattiq, ichida kollagen tolalari
bor oqsil moddalardan iborat.
Suyaklarning g‘ovak modda-
si suyak to‘sinlari va ular o‘rtasi-
da joylashgan katakchalardan ibo-
rat bo‘ladi.
Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi
va vazifalariga ko‘ra quyidagicha
tasniflanadi (18-rasm).
Naysimon suyaklar qo‘l va
oyoq skeletini hosil qilib, tayanch
vazifasini bajaradi. Uzun naysi-
mon suyaklar (yelka, bi
lak, son
va boldir suyaklari) va kalta nay-
simon suyaklar (qo‘l, oyoq kafti
va barmoq falangalari) tafovut qi-
Dostları ilə paylaş: