65
kiruvchi tolalar vositasida suyakka yopishib turadi. Periost ikki:
tashqi tolali fibroz to‘qima qavati va
qon tomir hamda nervlarga
boy bo‘lgan suyak hosil qiluv chi ichki (kambial) qavatlardan ibo-
rat. Uning kambial qavati suyakka tegib turadi va yosh suyak hu-
jayralarini
hosil qilib, suyakning o‘sishida ahamiyatga ega.
G‘ovak suyaklar: a) uzun g‘ovak suyaklar (to‘sh suyagi va qo-
vurg‘alar). Ular asosan g‘ovak moddadan tuzilgan bo‘lib, yupqa
zich modda qatlami bilan qoplangan. b) kalta g‘ovak
suyaklar
ko‘p qirrali shaklga ega (qo‘l kaftining kaft usti sohasi va oyoq
panjasining kaft usti sohasi suyaklari).
Yassi suyaklar himoya vazifasini bajarib, tana bo‘shliqlari-
ni hosil qilishda ishtirok etadi (kalla qopqog‘i,
chanoq va kurak
suyaklari). Bu suyaklar: tashqi va ichki zich qavat
o‘rtasida joy-
lashgan mayda katakchali g‘ovak moddadan
tashkil topgan.
Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega qismlardan iborat.
Umurt qaning tanasi tuzilishi jihatidan g‘ovak
suyaklarga, ravog‘i
va o‘siqchalari yassi suyaklarga kiradi.
Havo saqlovchi suyaklar tanasida shilliq parda bilan qoplan-
gan havo bilan to‘la bo‘shliq bo‘ladi. Ularga kallaning peshona,
ponasimon, ust ki jag‘ va g‘alvirsimon suyaklari kiradi.
Ulardagi
bo‘shliqlar burun yon bo‘shliqlarini tashkil qiladi. Chaqaloqlar-
da ular rivojlanmagan bo‘lib, kallaning o‘sishi bilan birga hosil
bo‘ladi.
Har bir
suyakning yuzasida mushaklar, ularning paylari, fas-
siya, boy lamlar boshlanadigan va birikadigan hosilalar bo‘ladi.
Ular apo fiz lar deb ataladi. Bularga do‘mboq, do‘mboqcha,
Dostları ilə paylaş: