67
biriktiruv chi to‘qima qatlami, tog‘ay yoki suyak bo‘ladi. Ularda
birlashayotgan suyaklar o‘rtasida bo‘shliq bo‘lmaydi.
2. Harakatchan birlashmalar yoki bo‘g‘imlarda (sinovial
birlash malar) suyaklar orasida bo‘shliq bo‘ladi. Suyaklar o‘zaro
yopiq bo‘ g‘im xaltasi, ularni mustahkamlovchi boylamlar va mu-
shaklar yor damida mus tahkamlanadi.
3. Simfiz yoki yarim bo‘g‘imda suyaklar orasidagi tog‘ay yoki
biriktiruvchi to‘qima o‘rtasida bo‘shliq bo‘ladi (19- d rasm).
Uzluksiz birlashmalar
juda pishiq, qattiq tuzilishga ega bo‘lib,
harakati chegaralangan. Birlashmaning bu turida suyaklar orasi-
da bi rikti ruvchi to‘qima yoki tog‘aylar bo‘ladi. Suyaklarni birik-
tirib turgan to‘qima turiga qarab uzluksiz birlashmalar uch turga
bo‘linadi.
I. Fibroz tolali to‘qima vositasida birlashish
.
Bunda suyaklar
o‘zaro pishiq tolali biriktiruvchi to‘qima vositasida birikadi. Bu
xildagi birlashmalar 3 turda uchraydi:
1. Sindesmozda suyaklar tolali biriktiruvchi to‘qimalar yor-
damida birlashadi, unda kollagen tolalar suyak usti pardasi bilan
birikib ketadi (19- a rasm). Sindesmozga boylamlar va suyaklar-
aro parda kiradi. Boylamlar pishiq tolali biriktiruvchi to‘qimani
tutam-tutam bo‘lib joylashishidan yuzaga keladi. Umurtqalar ra-
vog‘i o‘rtasidagi sariq boylamlar elastik biriktiruvchi to‘qima dan
tuzilgan. Umurt qa pog‘onasi oldinga egilganida ular cho‘ziladi va
elastikligi tufayli qisqarib umurtqa pog‘onasining to‘g‘rilanishi-
ga yordam beradi. Suyak lararo parda
uzun naysimon suyaklar ta-
nasi o‘rtasida tortilgan serbar biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan
parda; bilak va boldir suyaklari orasida bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: