70
Bo‘g‘imlarning tasniflanishi
Bo‘g‘imlarning harakati bo‘g‘im yuzalarining tuzilishi-
ga (shakli, o‘l chami, bukilganligi) qarab turli xil o‘qlar atrofida
bo‘ladi. Orga nizmda bo‘g‘imlarning harakati frontal, sagittal va
bo‘ylama o‘q atrofida bajariladi. 1. Frontal (ko‘ndalang) o‘q atro-
fida faqat bukish va yozish
mumkin. 2. Sagittal (oldindan orqa-
ga ketgan) o‘q atrofida tanaga yaqinlashtirish
yoki uzoqlashtirish
harakati bajariladi. 3. Suyak o‘zining bo‘ylama o‘qi atrofida ich-
kariga va tashqariga buriladi.
4. Doira hosil qilib aylanish, bun-
da suyakning erkin uchi birin-ketin barcha o‘qlar atrofida hara-
kat qiladi. Bo‘g‘imlarda harakat haj mi suyaklar bo‘g‘im yuzala-
rining shakliga, bo‘g‘im xaltasining keng yoki torligiga, bo‘g‘im
atrofidagi boylamlar, paylar va mushaklarning soni va faoliyati-
ga bog‘liq.
Bo‘g‘imlar bo‘g‘im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyak yuza-
lari soniga qarab: oddiy bo‘g‘im
faqat ikkita suyak yuzasidan
hosil bo‘lgan va murakkab bo‘g‘im
uch va undan ortiq bo‘g‘im
yuza sidan tashkil topgan bo‘g‘imlarga bo‘linadi. Bundan tashqa-
ri kompleks bo‘g‘imlar
va hamkor bo‘g‘imlar tafovut qilinadi.
Kompleks bo‘g‘imda bo‘g‘im yuzalari o‘rtasida tog‘ay plastinkasi
bo‘ladi. Hamkor bo‘g‘imda tuzilishi bir xil bo‘lgan ikki alohida
bo‘g‘im bir vaqtda bir xil faoliyatni bajaradi (o‘ng va chap chak-
ka-pastki jag‘ bo‘g‘imlari).
Bo‘g‘imlar harakat o‘qining soniga qarab bir o‘qli; ikki o‘qli
va ko‘p o‘qli bo‘g‘imlarga bo‘linadi.
Bir o‘qli bo‘g‘imlar unda ishtirok etayotgan suyaklar uchining
bir-biriga mos kelishiga qarab uch turga bo‘linadi:
1. Silindrik bo‘g‘imda suyaklardan birining uchi silindr shakli-
da bo‘lsa, ikkinchisida shunga mos kemtik bo‘ladi (proksimal va
distal bilak-tirsak bo‘g‘imi). Bunday bo‘g‘imning o‘qi suyakning
uzunasi bo‘ylab o‘tgani uchun shu o‘q atrofida ichkariga
Dostları ilə paylaş: