64
linadi. Naysimon suyaklarning o‘rta qismi – tanasi yoki diafizi
si-
lindr yoki uchburchak shaklida. Naysimon suyaklarning tanasi-
da suyak iligi bo‘shlig‘i bo‘lib, ichida sariq ilik bo‘ladi.
Ularning
kengaygan uchi – epifiz
deb ataladi. Unda qo‘shni suyak bilan
birla shuvchi bo‘g‘im
yuzasi
bor bo‘lib, tashqi tomondan bo‘g‘im
tog‘ayi bilan qoplangan.
Epifiz asosan g‘ovak moddadan tuzilgan, ustidan yupqa zich
modda qoplab turadi. Suyakni g‘ovak
moddasi sohasida uni hosil
qiluvchi suyak to‘sinlari orasida bolalarda va kattalarda qizil ili k
joylashgan bo‘lib, qon ishlab chiqarish va himoya vazifasini ba-
jaradi. Qizil ilik tarkibi retikula to‘qima va gemopoez elimentla-
ri bo‘lgan miyeloid to‘qimadan iborat. Retikula to‘qimasi retiku-
la hujayralari va tolalaridan iborat bo‘lib,
uning qovuzloqlarida
eritropoez, granulopoez va trombositopoez qatorlarining yosh
va yetilgan elementlari joylashgan. Bu hujayralar qon bilan yuvi-
lib butun organizmga tarqaladi. Homila
va erta bolalik davrlari-
da naysimon suyaklarning ilik bo‘shlig‘ida qizil ilik bo‘lib, ular-
da yog‘ hujayralari bola tug‘ilganidan keyin (1–6 oylarda) paydo
bo‘ladi. 4–5 yosh dan keyin naysimon suyaklar diafizida joylash-
gan qizil ilik asta-sekin sariq ilikka aylana boshlaydi va 20–25
yoshlarda naysimon suyak ilik bo‘shlig‘i sariq ilik bilan to‘ladi.
Diafizni epifiz ga o‘tish
joyi metafiz
deyiladi.
Bu sohada zich modda yupqalashib kamayib boradi; metafiz
g‘ovak tuzilishga ega. Bolalarda metefizda metaepifizar tog‘ay
bo‘lib, suyakning bo‘yiga o‘sishi uni hisobiga bo‘ladi.
Suyakning tashqi yuzasi tog‘ay bilan qoplangan bo‘g‘im yuza-
sidan
tashqari suyak usti pardasi
Dostları ilə paylaş: