291
va limfa tomirlar chiqadi. Tuxumdonning bachadon nayiga qa-
ragan uchi yuqoriga, bachadonga qaragan uchi
pastga qaragan.
Pastki uchi bachadonga tuxumdonning xususiy boylami vositasi-
da birikkan. Bundan tashqari tuxumdonni ush lab turuvchi boy-
lam bor. Bu boylam ichida tuxumdonning qon tomirlari va fib roz
tolalar joylashgan. Tuxumdon bacha donning
keng boylami orqa
varag‘idan boshlanib, uning tutqichli qirrasiga birikkan qisqa tu-
tqich bilan mustahkamlanadi. Tuxumdon tashqi tomondan bir
qavatli pusht epiteliyi bilan qoplangan bo‘lib, uning ostida pishiq
biriktiruvchi to‘qimali oqliq parda
yotadi. Tuxumdonning aso-
siy moddasi ichki va tashqi qavatga ajratiladi. Ichki qavat o‘rtada
joylashib, tuxumdonning mag‘iz
moddasi
deb ataladi. U yumshoq
birik tiruvchi to‘qima, qon va limfa tomirlar hamda nervlardan
iborat. Tashqi tuxumdonning po‘stloq moddasida yetilgan va bir-
lamchi follikulalar
bo‘ladi. Yetil gan follikula tarkibiga: 1) qon va
limfa tomirlarga boy tashqi biriktiruv chi to‘qimali parda; 2) un-
ga ichki tomondan tegib yurgan donador qavat; 3)
ichida tuxum
yotgan donador qavat hujayralari to‘plamidan iborat tuxum te-
paligi; 4) follikula suyuqligi kiradi. Yetilgan follikula sekin-as-
ta tuxum donning yuza qavatiga yaqinlashadi. Ovulya tsiya vaqti-
da bunday follikulani devori yoriladi va tuxum hujayra follikula
suyuqligi bilan qorin bo‘shlig‘iga chiqib bachadon nayi shokila-
lari yordamida bachadon nayining qorin teshigi orqali bachadon
nayiga kiradi.
Yorilgan follikula o‘rnida qon bilan to‘la bo‘shliq hosil bo‘la-
di. Qon biriktiruvchi to‘qima
bilan almashinadi, keyinchalik tar-
kibida ko‘p miq dorda lyutein pigmenti bo‘lgan hujayralardan
iborat sariq tana hosil bo‘ladi.
Agar tuxum hujayra urug‘lanmasa sariq tana 1,0–1,5 sm ga-
cha kichrayib, oqimtir tanaga
aylanadi. Tuxum hujayra urug‘la-
nib, homila hosil bo‘lsa, sariq tana kattalashib diametri 1,5–2
sm ga yetadi va homiladorlik davrida sariq tana gormonini ishlab
chiqarib, homilaning o‘sishida ishtirok etadi.
Follikulalar yori-
lib, tuxum hujayra chiqqan sari tuxumdon kichrayib, yuzasi bu-
rishib qoladi.
Ovulyatsiya bilan ayollar organizmida davriy o‘tadigan boshqa
jarayon – hayz ko‘rish chambarchas bog‘langan. Odatda, hayz
ko‘rish 13–14 yoshlarda boshlanadi. Hayz ko‘rish deb, homila-
dor bo‘lmagan, jinsiy yetuk ayolning taxminan har 4 haftada dav-
292
riy kuzatiladigan bachadon dan qon, shilimshiq va hujayra o‘lim-
tiklarini ajralishiga aytiladi. U 4–5
kun davom etadi, ammo shax-
siy xususiyatlarga ega.
Ovulyatsiya taxminan ikkita hayz ko‘rish davri o‘rtasida o‘tadi.
Tu xumdon ham bachadonga o‘xshab davriy o‘zgarishlarga uchray-
di. 45-50 yoshlarda ayollarda klimaks davri boshlanib, ovulyatsiya
jarayoni va hayz ko‘rish to‘xtaydi va menopauza boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: