441
Miya yarimsharlarining peshona bo‘lagining ustki lateral yuza-
si da markaziy egatga parallel holda markaz oldi pushtasini ajra-
tuvchi mar kaz oldi egati o‘tadi. Markaz oldi egatidan oldinga qa-
rab, ustki va pastki peshona egatlari yo‘naladi. Bu egatlar pesho-
na bo‘lagining ustki lateral yuzasini qolgan qismini ustki, o‘rta va
pastki pe shona pushtalariga ajrata di.
Tepa bo‘lakda markaziy egatga parallel joylashgan markaz
orqasidagi egat bo‘lib, ular o‘rtasida markaz orqasidagi pushta
yota di. Bu pushta yarimsharlarning medial yuzasiga davom eta-
di va peshona bo‘lagining markaz oldi pushtasiga qo‘shilib mar-
kaz yon bo‘lagini hosil qiladi. Markaz orqasidagi egatdan orqaga
yo‘naluv chi tepa ichidagi egat tepa bo‘lagini ustki va pastki tepa
bo‘lakchalariga bo‘ladi. Pastki tepa bo‘lakchasida yon egat ning
uchini o‘ragan qirg‘oq usti pushtasi va ustki chakka egatining
uchini o‘ragan burchakli pushta tafovut qilinadi.
Chakka bo‘lagining ustki lateral yuzasida lateral egatga pa-
rallel joylashgan ustki va pastki chakka egatlari bor. Bu egatlar
chakka bo‘lagini ustki, o‘rta va pastki chakka pushtalariga ajra-
tadi. Ensa bo‘lagi nisbatan kichik bo‘lib, uning egat va pushtalari
juda o‘zga ruvchan bo‘ladi.
Orolcha yon egatning tubida joylashgan bo‘lib, uni ko‘rish
uchun peshona, tepa va chakka bo‘laklarining qopqoq qismini
olib tashlash kerak bo‘ladi. Orolcha boshqa bo‘laklardan chu-
qur orolchaning halqasimon egati vositasida ajralib turadi. Orol-
Dostları ilə paylaş: