128
Yonoq suyagi
(os zygomaticum)
yuz suyaklari orasida eng
qattig‘i bo‘lib (68-rasm), kallaning
miya va yuz qismi suyaklari-
ni (peshona, chakka, ustki jag‘) bir-biriga qo‘shib turadi. Yonoq
suyagining joy lashgan o‘rniga qarab uchta: lateral, chakka, ko‘z
kosasiga qaragan yuza lari va ikkita: peshona, chakka o‘siqlari ta-
fovut qilinadi.
68-rasm. Yonoq suyagi:
A–ich tomondan ko‘rinishi: 1–peshona o‘sig‘i; 2–chakka yuzasi;
3–yonoq-yuz teshigi; 4–ko‘z kosasiga qaragan yuza;
B–tashqi tomondan ko‘rinishi: 1–peshona o‘sig‘i; 2–lateral yuza;
3–chakka o‘sig‘i; 4–yonoq-chakka teshigi.
Lateral
yuzasi
noto‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, lateral
tomonga va oldinga qarab biroz qavargan. Unda yonoq-yuz teshi-
gi bor.
Chakka yuzasi
Dostları ilə paylaş: