Anatomiya fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 88,61 Kb.
səhifə6/13
tarix14.12.2022
ölçüsü88,61 Kb.
#74760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Anatomiya fanining rivojlanish tarixi

Akseleratsiya


Akseleratsiya. Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tezlashuvidir. Hozirgi davrda keyingi 100-150 yil ichida bolalar va o’smirlar akseliratsiya jarayonlari kuzatilmoqda. Bunday akseleratsiya O’zbekistonda ham ko’zga tashlanmoqda. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning bo’yi 5-6 smga, kichik va o’rta maktab yoshidagi bolalarning bo’yi 10-15 smga, 8-10 kg ga ortdi. Akseleratsiya ruhiy va jismoniy rivojlanishda kuzatilmqda.
XIX asr oxiri ХХ asr boshlarida ko’p mamlakatlarda bolalarning bo’yiga o’sishi tezlashganligi aniqlangan va bu haqida ma’lumot 1876 yilda matbuotda e’lon qilingan. 1935 yilga kelib nemis olimi E Kox rivojlanishdagi bu tezlashuvni akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya- lotincha so’z bo’lib, acceles –tezlashuv degan ma’noni bildiradi. Akseleratsiya yosh avlodning oldingi tengdoshlariga nisbatan ruhan va jismonan rivojlanishidir, 100 yil ya’ni bir asr ichida yaqqol ko’zga tashlanganligi uchun uni keng ma’noda “sekulyaoniy trend” ya’ni asriy tendensiya deyiladigan bo’ldi. Keyingi 100- 150 yil ichida yer yuzida akselerasiya jarayonlari kuzatilmoqda jumladan O’zbekistonda ham.
Rivojlanishdagi akselerasiya muammosi va butun dunyo biologlar, tibbiyotchilari va sotsiologlari diqqatini jalb qilib kelmoqda. Akselerasiyaning ijtimoiy va biologik turlari o’zaro farq qilinadi.
Biologik akselerasiya deganda, insonning biologik rivojlanishiga ta’luqli barcha o’zgarishlarni tushunish kerak. Bunga odamning morfologik va fuhksional rivojlanishini tavsiflovchi bir qator ko’rsatkichlar kiradi. Ushbu o’zgarishlar ma’lum bir ijtimoiy muhitda sodir bo’ladi va ko’p jixatdan ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi.
Ijtimoiy akselerasiya deganda, bolalar bilimlarining hajmini ulardan 50-100 yil ilgari yashagan tengdoshlarinikiga nisbatan ortganligini tushunish kerak.
ХХ asrning 20- yillaridan boshlab Shvetsiya, Angliya, Germaniya, AQSh, Yaponiya va boshqa mamlakatlardagi 6-14 yoshdagi bolalar o’z rivojlanishida, ulardan yuz yil ilgari yashagan tengdoshlariga nisbatan ancha o’zib ketganligi to’g’risidagi ma’lumotlar paydo bo’la boshladi. Kichik va o’rta yoshdagi bolalarning bo’yi 10-15 sm, og’irligi esa 8-10 kg ortgani aniqlandi. Ushbu hodisa- bo’y va og’irlikni asriy ortishi degan nom oldi. Keyingi yillarda akseleratsiya yanada yorqin namoyon bo’lganligi kuzatilgan. Bundan 50 yil ilgari odamlar bo’yining maksimal uzunligi 25-26 yoshga to’g’ri kelgan bo’lsa, bizning zamonamizda o’g’il bolalar 18-19 yoshda, qiz bolalar esa 16-17 yoshda to’liq jismoniy balog’atga yetadilar. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar tanasining uzunligi 1930-1940 yillardagiga nisbatan o’rtacha 1 sm ko’p.
Organizmning davrlari va ta’rifi.
Odam organizimini rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining barcha davrida davom etadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning xarakterli xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari va kelgusi davrning kurtaklari paydo bo’ladi. Bu davrlarda organizm ketma- ket morfologik, biokimyoviy va fiziologik o’zgarishlarga uchraydi. Bu o’zgarishlar o’sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog’langan. Voyaga yetgan davrda organizmning o’sishi to’xtaydi, lekin funksional differensiyalashuvi va reflekter faoliyati takomillashuvi ichki kortikal aloqalarni rivojlanishi va murakkablashuvi hisobiga davom etadi. Qarish jarayoni o’ziga xos bo’lib, bir qator qayta rivojlanish bilan bog’liqdir.
Bolaning rivojlanish davrlari tana va a’zolar og’irligi va kattaligi, skelit suyaklarini qotish darajasi, tishlarni paydo bo’lishi, ichki sekretsiya bezlaridagi birlashtiruvchi to’qimalarni rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va boshqa belgilar asosida aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid davrlarni tizimlashtirish uchun asos bo’ladigan universal umumiy biologik funksional va morfologik belgilarning to’liq ro’yxati aniqlanganligi yo’q. Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo’lib tizimlashtirishda bir tomondan organizmning asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va o’smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga olingan. Shuning uchun quyidagi: yasli, bog’cha, boshlang’ich, o’rta va yuqori maktab yosh davrlarini pedagogik davrlar deb ham yuritsa bo’ladi. Bolalik davrining tizimi quyidagicha tavsiya etilgan:
1. Ona qornida rivojlanish davri. Ushbu davr, homilani ovqatlanishi, nafas olishi, harorati va boshqa omillari masalalarida ona organizmi bilan to’liq bog’liqdir. Bu davrda homilaning o’sishi va rivojlanishi tez sodir bo’ladi.
2. Yangi tug’ilgan davri. Bu davr 2-3 haftani tashkil qiladi. Ushbu davr tug’ilish vaqtidan boshlanib,to 2,5- 3,5 haftagacha davom etadi va organizmni tashqi muhit sharoitiga moslashuvi bilan tavsiflanadi. Yangi tug’ilgan bolada ilk bor o’pka orqali nafas olish sodir bo’ladi va o’pkada qon aylanish funksiyasi boshlanadi. Ona organizmi orqali ovqatlanish o’rniga bolaning shaxsiy ovqat hazm qilish trakti fuhksiyasi orqali ovqatlanishi amalga oshadi, analizatorlar ham organizm faoliyatida faol ishtirok etadi. Ushbu davrda homilani oziqlanishini ta’minlaydigan tizimni uzilib tushishi va kindik yarasini tuzalishi sodir bo’ladi, tana og’irligini oldin kamayishi so’ngra esa tiklanishi va ortishi boshlanadi.
3. Chaqaloqlik davri. Bu davr bir yilgacha davom etadi. Ushbu davrda tana uzunligi1,5 barobar kattalashadi va o’rtacha 75 smga yetadi, og’irligi 3 barobar ortadi va 11-12kg atrofida bo’ladi, endokrin bezlar funksiyasi tezlashadi, nutqni harakatlantiruvchi analizatorlari ancha rivojlanib bola gapirishni boshlaydi, lekin so’z boyligi kam bo’ladi, ya’ni atiga 10 tacha so’zni tashkil qiladi.
4. Yasli yosh davri. Bu davrda1yoshdan to 3 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o’sish va tana og’irligini ortishi birmuncha pasayadi, lekin bola yurish va so’z nutqi ko’nikmalariga ega bo’lishi oqibatida, ularning atrof muxit bilan muloqot qilish soxasi kengayadi. Bolani o’zini o’zga odamlardan farqlay olish qobiliyati paydo bo’ladi (ismini aytib chaqirganda qaraydi, qo’lini beradi va x.k.). А’zolarning tuzilishi va funksiyalari takomillashadi.
5. Maktabgacha yosh davri. Bu davr 3 yoshdan to 7 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda bilish jarayonlari (xotira, tafakkur, ijodiy fikrlashga harakat) jadal rivojlanadi, skelit suyaklarini qotishi va suyak- mushak tizimini mustahkamlanishi jadal sodir bo’ladi, bolaning harakatlari ancha turli- tuman va kordinatsiyalangan holda sodir bo’ladi, yangi tug’ilgan davrdagiga nisbatan mushaklarning kuchi 4-5 marotaba oshadi va yurak faoliyati sezilarli darajada yaxshilanadi, miyasining og’irligi kattalashadi va 7 yashar bolada 1250 grammni tashkil qiladi, shartli reflektorli aloqalar ko’p sonli bo’ladi, shartli tormozlanish rivojlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bo’yi bir tekisda o’smaydi. Avvaliga yiliga 4-6 sm, 6-7 yoshda 7-10 sm gacha o’sadi va bunga bola bo’yining birinchi fiziologik cho’zilish davri deb ataladi.
Bolalarning vazni ham bir xilda ko’paymaydi. 4 yoshli bolaning og’irligi qariyib 1,6 kg ga ko’payadi, 5 yoshda2 kg ga yaqin, 6 yoshga borib 2,5 kg, ya’ni o’rtacha hisobda yiliga 2 kg ga ko’payadi. 6- 7 yoshga borib, bolaning og’irligi 1 yasharligidagiga nisbatan 2 baravar oshishi kerak. Bu yoshda teri tobora qalinlashadi, elastiklashadi, unda qon- tomirlar soni kamayadi, u mexanik ta’sirlarga ancha chidamli bo’lib qoladi. 6- 7 yoshgacha bo’lgan bolalar terisining sirti 1 kg vaznga nisbatan hisoblanganda kattalarnikiga qaraganda ko’proq bo’ladi, shu sababli ular salga issiqlab ketishi yoki sovuq qotishi mumkin.

HUJAYRA ORGANOIDLARI


Hujayralar uch tarkibiy qism: sitoplazma, o`zak va plazmolemmadan tashkil topadi. Sitoplazma va uning organellalari hujayra hayot faolitini, shuningdek ko`p hujayrali organizmlarda hujayraning o`ziga xos (spetsifik) vazifasini ta`minlovchi asosiy metabolizm apparatidir. O`zak esa genetik axborot (informatsiya)ni hosil qiluvchi va saqlovchi, bu axborotni hujayraning bo`linishi natijasida hujayra avlodlari qatorida o`tkazilishini ta`minlovchi tuzilmadir. Plazmolemma hujayraning tashqi muhit bilan o`zaro fiziko-kimyoviy ta`sirini, shuningdek ko`p hujayralilarda organizm hujayralarining o`zaro aloqasini ta`minlaydi (3-rasm).



Yüklə 88,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin