Anatomiya fanining rivojlanish tarixi


hujayra tashqarisidagi suyuqlik



Yüklə 88,61 Kb.
səhifə13/13
tarix14.12.2022
ölçüsü88,61 Kb.
#74760
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Anatomiya fanining rivojlanish tarixi

hujayra tashqarisidagi suyuqlik bilan oʻralgan. Hujayralar ushbu suyuqlikdan kislorod va ozuqa moddalarini oladi va unga chiqindi moddalarini chiqaradi. Odamlar va boshqa murakkab organizmlar hujayralar ehtiyojlarini qondira oladigan holda ichki muhitni barqaror saqlovchi maxsus tizimlarga ega.
Tananing turli tizimlari turli xil funksiyalarni bajaradi. Masalan, ovqat hazm qilish tizimi ovqatni qabul qilish va oʻzlashtirish uchun javobgar, nafas olish tizimi esa qon aylanish tizimi bilan birga ishlagan holda kislorodni qabul qilish va karbonat angidriddan xalos boʻlish uchun javobgardir. Mushak va skelet tizimlari harakatlanishda muhim ahamiyatga ega; reproduktiv tizim koʻpayish jarayonlarini amalga oshiradi; ayirish tizimi organizmni metabolik chiqindi moddalardan xalos qiladi.
Ixtisoslashgani sababli ushbu turli xil tizimlar bir-biriga bogʻliqdir. Ovqat hazm qilish, mushak, skelet, reproduktiv va ayirish tizimlarini tashkil etuvchi hujayralar nafas olish tizimi orqali oʻzlashtiriladigan kislorodga muhtoj, shu oʻrinda nafas olish sistemasi hujayralari (boshqa tizim hujayralari singari) ozuqa moddalariga muhtoj va metabolik chiqindilardan xalos boʻlishlari kerak. Tananing barcha tizimlari organizmning doimiy ravishda ushlab turilishi va ishlashi uchun birgalikda faoliyat olib boradi.Tana tuzilishi haqida umumiy maʼlumot
Barcha tirik organizmlar bir yoki koʻp sonli hujayradan iborat. Amyobalar singari bir hujayrali organimzlar faqat bitta hujayradan iborat. Odamlar kabi koʻp hujayrali organizmlar koʻp sonli hujayralardan tashkil topadi. Hujayralar hayotning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Odamlar kabi murakkab koʻp hujayrali organizmlardagi hujayralar toʻqimalardan, maʼlum bir vazifada birga ishlaydigan oʻxshash hujayralar guruhlaridan tashkil topgan. Organlar – bu maʼlum bir funksiyani bajarish uchun tashkil etilgan ikki yoki undan ortiq toʻqimalardan iborat tuzilmalardir va tegishli funksiyalarga ega boʻlgan organlar guruhlari turli xil organ tizimlarini tashkil etadi.
Yüklə 88,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin