Anatomiya fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 88,61 Kb.
səhifə10/13
tarix14.12.2022
ölçüsü88,61 Kb.
#74760
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Anatomiya fanining rivojlanish tarixi

Embriologiya (qadimgi yunonchaἔμβρυον - embrion va -λογία logiya) — embrion (murtak, pusht) ning hosil boʻlishi va rivojlanishi qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan. Odam va hayvonlar Embriologiyasi hamda oʻsimliklar embriologiyasi farqlanadi.

(1) morula (2) Blastula


Odam va hayvonlar Embriologiyasi old embrional taraqqiyot (oogenezspermatogenez), uruglanish, embriogenez, yaʼni tuxum va embrion parda ichidagi rivojlanish, shuningdek, lichinkalik (koʻpgina umurtqasizlar va amfibiyalarda), postembrional (baliqlar, sudralib yuruvchilar va qushlarda) yoki postnatal (sut emizuvchilarda) davrlarni oʻrganadi.
Odam Embriologiyasi embrionning erkak jinsiy hujayrasi (spermatozoid) bilan ayol jinsiy hujayrasi (tuxumhujayra)ning qoʻshilib urugʻlanishi (murtak boshlangʻichi) paytidan boshlab to organlarning vujudga kelishi (organogenez)gacha boʻlgan rivojlanish davrlarini oʻrganadi. Akusherlik amaliyotida tuxumhujayra urugʻlangach, 8 haftagacha embrion, 9haftadan keyin rivojlanishi homila deb ataladi, shuning uchun embrionning 9 haftadan keyingi rivojlanishidan to tugʻilgunicha boʻlgan davr homiladorlik davri qisoblanadi.
Erkak va ayol jinsiy hujayralari bachadon nayi (tuxum yoʻli)da bir-biriga qoʻshiladi; uruglangan tuxumqujayra nay orqali bachadonga qarab intiladi va taxminan bir qaftada bachadonga yetib boradi. Bachadonning shilliq pardasi murtakni qabul qilib olishga tayyor turadi. Murtak bachadon devoriga payvandlanib oladi (implantatsiya) va shundan boshlab oʻsib, taraqqiy etadi.
Embriologiyada murtakning bir necha taraqqiyog bosqichi farq qilinadi: otalangan tuxumqujayraning boʻlinishi, murtak varaqlarining paydo boʻlishi, organlarning shakllanishi va rivojlanishi.
Vazifasi va tadqiqot usullariga koʻra, umumiy, qiyosiy, eksperimental, populyatsion va ekologik Embriologiya ajratiladi. Qiyosiy Embriologiya dalillari hayvonlarning tabiiy sistemasini ishlao chiqish uchun asos boʻladi. Eksperi.msntal Embriologiya aʼzo va toʻqimalarni olib tashlash, koʻchnrib oʻtqazish va suiʼiy muhitda oʻstirish orqali ularning kelib chiqishi mexanizmlari va ontogenezda rivojlanishini oʻrganadi. Embriologiya sitologiya, genetika, biokims, molekulyar biologiya va boshqalar fanlar bilan birgalikda rivojlanishi natijasida individual rlvojlanish qonuniyatlari haqidagi fan — rivojlanish biologiyasi yoki ontogenetika vujudga keldi.
Hindiston, Xitoy, Misr va Yunonistondagi (miloddan avvalgi 5-asr) embriologik tadqiqotlarda diniyfalsafiy taʼlimot aks etgan. Bu qarashlar Gippokrat va Aristotel asarlarida ham oʻz ifodasini topgan. Gippokrat va uning izdoshlari odam embrioni rivojlanishini oʻrganishga ahamiyat berib, uni tovuq tuxumidan joʻjaning shakllanishiga qiyoslashni tavsiya qilganlar. Aristotelning embriogenezda aʼzolarning ketmaket shakllanishi toʻgrisidagi taʼlimoti epigenetik tasavvurlarga asoslangan. Bu qarashlar 16-asrgacha deyarli oʻzgarishsiz qoldi. U. Garvey asarining nashr qilinishi (1651) Embriologiya rivojida muhim burilish yasadi. Italiyalik olim M.Malpigi mikroskop yordamida joʻja rivojlanishining xuddi shu bosqichida ilgari maʼlum boʻlmagan qism (aʼzo)larini koʻrishga muvaffaq boʻldi (1672), u Embriologiyada 18-asr oxirigacha saqlanib kelgan preformistik tasavvurlar (embrion rivojlanishi unda oldindan mavjud boʻlgan xilmaxil strukturalarning oʻsishi)ni yoqlab chiqqan. Bunga K.F.Volf oʻz asarlaridagi (1759) maʼlumotlar bilan qattiq zarba berdi. Hozirgi zamon Embriologiyasiningasoschisi K.M.Ber sut emizuvchi hayvonlar va odam tuxumdonidagi tuxumni kashf qildi va tavsiflab berdi (1827). Evolyutsion qiyosiy embriologiya Ch.Darvin nazariyalariga asoslangan. A.O. Kovalevskiy va I.I.Mechnikovning ilmiy izlanishlari turli tiplarga mansub hayvonlarning bir-biriga qarindoshligini isbotlaydi. A.O.Kovalevskiyning embrional varaqlar toʻgʻisidagi nazariyasiga (1871) koʻra, barcha koʻp hujayrali hayvonlarning asosiy aʼzolar sistemasi dastlab hujayra qatlamlari koʻrinishida rivojlanadi. Bu koʻp hujayrali hayvonlar barcha tiplarining kelib chiqishi bir ekanini koʻrsatadi. Tavsiflovchi tadqiqotlar bilan bir qatorda eksperimental Embriologiya ham rivojlanmoqda. Ilk embrional rivojlanish, urugʻlanish, boʻlinish, embrional veraqlarning vujudga kelishi, organogenez, gistogenez va patologik rivojlanishning turli koʻrinishlarini oʻrganish, ayniqsa, kimyoviy agentlar yordamida rivojlanishni kuchaytirish, embrional shakllanishning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlash, hujayra differensiatsiyasining genetik va sitologik asosini ochish hozirgi zamon Embriologiyasi oldidagi muhim masaladir.
Embriologiya maʼlumotlaridan (tibbiyotda turli anomal va tugʻma majruhliklarni oldindan bilib olish), qishloq xoʻjaligi amaliyotida (mas, organizmga embrional rivojlanish davrida taʼsir etib, chorva mollari zotini yaxshilash, baliqlarni, foydali hasharotlarni koʻpaytirish, zararkunandalarni yoʻqotish va boshqalar da) foydalaniladi. Epidemiologik kasalliklar qoʻzgʻatuvchisi va tarqatuvchilariga qarshi kurashni toʻgʻri tashkil etish uchun Embriologiya maʼlumotlari zarur.


Yüklə 88,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin