Anatomiya fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 88,61 Kb.
səhifə12/13
tarix14.12.2022
ölçüsü88,61 Kb.
#74760
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Anatomiya fanining rivojlanish tarixi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

Asosiy tushunchalar


  • Odamlar va boshqa murakkab tuzilgan koʻp hujayrali organizmlar tanani tirik saqlab turishda ahamiyatli boʻlgan jarayonlarni amalga oshiruvchi, birgalikda ishlaydigan organlar tizimiga ega.

  • Odam tanasi bir-biriga asoslangan holda qurilgan darajali tuzilmalarga ega. Hujayralar toʻqimalarni, toʻqimalar organlarni, organlar esa organ tizimlarini tashkil etadi.

  • Organ tizimining ishlashi uning tarkibiga kiruvchi organlarning oʻzaro uyushgan faoliyatiga bogʻliq. Masalan, hazm tizimi organlari ozuqa mahsulotlarini oʻzlashtirishda oʻzaro hamkorlik qiladi.

  • Organizmning yashab qolishi koʻpincha endokrin va asab tizimlari tomonidan boshqariladigan barcha organ tizimlarining birgalikdagi faoliyatiga bogʻliq.

Kirish

Agar siz bir hujayrali organizm boʻlganingizda va ozuqa moddalariga boy joyda yashaganingizda, tirik qolish juda oson boʻlar edi. Masalan, agar siz hovuzda yashaydigan amyoba boʻlganingizda, oziq moddalarini oʻz atrofingizdagi muhitdan oʻzlashtirishingiz mumkin boʻlardi. Metabolizm uchun zarur boʻlgan kislorod hujayra membranasi orqali hujayra ichiga diffuz yoʻl bilan kirishi, yana shu tarzda karbonat anigrid va boshqa chiqindi moddalar chiqib ketishi mumkin. Koʻpayish vaqti kelganda, ikkiga boʻlinish kifoya!


Ammo siz hozir Xan akademiyasi maʼlumotlaridan foydalanayotganingizni hisobga olsak, amyoba emasligingiz aniq va shuni aytish mumkinki, yuqoridagi kabi jarayonlar odam singari yirik, koʻp hujayrali organizmlarda u qadar oddiy tarzda kechmaydi. Sizning murakkab tuzilishga ega boʻlgan tanangizda 30 trilliondan ortiq hujayralar mavjud va ularning aksariyati tashqi muhit bilan bevosita aloqaga ega emas.^11start superscript, 1, end superscript Tananing ichki qismlaridagi hujayralar, masalan, suyakdagi yoki jigardagi hujayralar zarur boʻlgan ozuqa moddalarini yoki kislorodni atrof-muhitdan bevosita ololmaydi.
Xoʻsh, tana oʻz hujayralarini qanday oziqlantiradi va oʻz faoliyatini qanday davom ettiradi? Keling, sizning ajoyib tana tizimingiz buni qanday qilib amalga oshirishini batafsil koʻrib chiqamiz.
Koʻp hujayrali organizmlar ixtisoslashgan tizimlarga muhtoj
Aksariyat koʻp hujayrali organizmlardagi hujayralarning koʻpchiligi va tashqi muhit oʻrtasida ozuqa moddalari hamda chiqindi moddalarning toʻgʻridan toʻgʻri almashinishi sodir boʻlmaydi, buning oʻrniga ular ichki muhit hisoblanuvchi 
Yüklə 88,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin