Anatomiya fanining rivojlanish tarixi


Maktabgacha tarbiya yoshi davri



Yüklə 88,61 Kb.
səhifə5/13
tarix14.12.2022
ölçüsü88,61 Kb.
#74760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Anatomiya fanining rivojlanish tarixi

Maktabgacha tarbiya yoshi davri 2-6 yoshlarni o`z ichiga oladi. Bola 2 yoshligida jismoniy va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi, tanasining og`irligi har oyda 200-250 g dan ortib boradi, bo`yi 1 sm dan o`sadi.Uch yoshli bola tanasining massasi 1 yilda 2-2,8 kg, bo`yi 7-8 sm ga ortadi.Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3 yosh oxirida so`z boyligi 1000 tagacha yetishi mumkin. 2-3 yoshdagi bolalarning xarakterli xususiyati shundaki, ular juda harakatchan, tinib-tinchimas bo`ladi.Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda shikastlanish, har xil kimyoviy moddalar, kattalar iste`mol qiladigan dorilar bilan zaharlanish hollari tez-tez uchrab turadi.Shu tufayli bu yoshda ularni bir daqiqa ham qarovsiz qoldirmaslik kerak.

4-5 yoshli bolalarning og`irligi har yili 1,5-2 kg.ga ortadi, bo`yining o`sishi bir oz sekinlashib, 1 yilda 4-6 sm ni tashkil etadi; 6-7 yoshda bo`yining o`sishi tezlashib, bir yilda 8-10 sm ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi.



Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar suyagining ko`p qismi tog`aydan iborat bo`lib, ular yumshoq, egiluvchan bo`ladi.Shuning uchun bolaning noqulay vaziyatda bo`lishi, ya`ni uzoq vaqt tik turishi, qimirlamay yoki qiyshayib o`tirishi, stol-stulning bo`yiga mos bo`lmasligi, to`shagining juda yumshoq, bo`lishi, og`ir yuk ko`tarishi kabilar uning umurtqa pog`onasi, ko`krak qafasi, chanoq va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomatining buzilishiga sabab bo`ladi.

Hujayraning tuzilishi
Hujayraning tuzilishi va uning faoliyati to`g`risidagi fan sitologiya deyiladi. Hujayra bu o`simlik tanasining mustaqil ko`payuvchi elementar strukturali va funksional birligi bo`lgan bir qismidir.
Hujayrani dastlab ingliz olimi R. Guk 1665 yilda kashf etgan. U buzina o`simligining qoplovchi to`qimasi – probkani ko`rayotib, unda bo`shliqlarni kuzatdi va ularni “kletka” deb atadi. Probka, asosan o`lik hujayralardan tuzilganligi sababli dastlab hujayra po`sti va uning tirik qismi orasidagi bog`liqlik to`g`risida noto`g`ri tasavvur hosil bo`ldi. Faqat XIX asrga kelib olimlar hujayraning ichki qismini jiddiy o`rgana boshladilar. 1833 yil ingliz botanigi R. Broun unda yadro borligini, 1839 yil chex fiziologi Ya. Purkine esa sitoplazmani kashf etdi. Hujayra shirasi haqida to`plangan materiallar nemis botanigi M. Shleyden va zoologi T. Shvannlarga 1838-1839 yillarda hujayra nazariyasini yaratish imkonini berdi. Uning mohiyati shundan iboratki, barcha tirik organizmlar hujayralardan tuzilgan. Hujayra nazariyasi o`simlik va hayvonlar umumiy kelib chiqishga ega ekanligini isbotladi. F. Engels bu kashfiyotni XIX asrda yaratilgan 3 buyuk kashfiyotning (energiyaning saqlanish qonuni, Ch. Darvinning eqolyusiya nazariyasi) biri deb atadi.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib hujayra nazariyasini boyituvchi yangi ixtirolar qilindi. Aniq eksperimental tadqiqotlar yordamida hujayraning bo`linishi, hujayralar orasida esa sitoplazmatik bog`lanish mavjudligi isbotlandi. Shu asr oxiriga kelib sitologiya mustaqil fan sifatida shakllandi. Elektron mikroskopning kashf etilishi bilan esa hujayraning asosiy komponentlarini o`rganish imkoniyati tug`ildi.
Joylashgan o`rni va bajaradigan vazifasiga qarab hujayraning shakli va o`lchamlari turlicha bo`ladi. Aksariyat hollarda u ko`p qirrali bo`ladi. Erkin holatda esa sharsimon, yulduzsimon, silindrsimon shakllarda bo`ladi. Tashqi ko`rinishiga qarab ularni 2 guruhga: parenxima va prozenxima hujayralariga ajratish mumkin. Parenxima hujayralarining bo`yi eniga teng yoki 2-3 marta uzun, prozenxima hujayralarida esa u bir necha marta uzun bo`ladi. Yuksak o`simliklar hujayrasining uzunligi o`rtacha 10-100 mkm bo`ladi. Lekin ayrim o`simliklar, masalan, tarvuz, limon va kartoshkada ular bir necha mm gacha etadi va oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin. Boshqa o`simliklarda bundan ham yirik bo`lishi mumkin. Masalan, zig`irning prozenxima hujayrasi 40 mm, chayon o`tiniki 80 mm, raminiki 200 mm gacha etadi. Bir vaqtning o`zida ayrim bakteriyalarning hujayrasi shunchalik kichikki ( atigi 0,5-5mkm), ular yorug`lik mikroskoplarida arang ko`rinadi.
HUJAYRANISH TUZILISHI VA UNING KOMPONENTLARI. Hujayra, asosan 3 qismdan: tashqaridan o`rab turuvchi hujayra po`sti, markazida joylashgan vakuola va hujayra shirasi – protoplastdan iborat. Hujayra po`sti va vakuola uning o`lik qismi, protoplast esa tirik qismidir. Protoplast o`z navbatida sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Protoplastning faoliyati tufayli hujayra po`sti va hujayra shirasi ishlab chiqariladi. Hujayra shirasi turli organik va mineral moddalarning suvdagi eritmasidir.
Hujayraning har bir qismi organoid deb ataladi va ma`lum bir vazifani bajaradi. Uning tirik bo`lmagan qismi (po`sti va shirasi) ham tegishli vazifani bajaradi.
SITOPLAZMA bu shilimshiq, rangsiz suyuqlikdir. Uning tarkibida 90 % gacha suv bo`lsada, asosan murakkab organik birikmalar, ko`pincha oqsillardan tashkil topgan. Shuningdek unda nuklein kislotalar (DNK, RNK) va moysimon moddalar – lipidlar, uglevodlar, fermentlar, gormonlar, alkaloid va boshqa organik hamda mineral moddalar bo`ladi.
Sitoplazmada, shuningdek, anorganik birikmalar: uglerod (10%), kislorod (70%) va vodorod (10%) bo`ladi. Bulardan tashqari kalsiy, kaliy, azot, fosfor, oltinguturt, kremniy, xlor, temir va boshqa ko`plab ximiyaviy elementlar bor.
Sitoplazmaning ximiyaviy tarkibi turg`un emas. Modda almashinuvi jarayonida oddiy moddalar birikib murakkab moddalar hosil qiladi. Hosil bo`lgan moddalar ba`zan zahira holida to`planadi, ba`zida esa qaytadan oddiy moddalarga parchalanadi.
Yosh hujayralarda sitoplazma uni butunlay to`ldirib tursa, qari hujayralarda esa vakuola (vakuum – bo`shliq) deb ataluvchi bo`shliqlar bo`ladi.
Sitoplazmaning hujayra devoriga taqalgan qavati plazmolemma, vakuolaga taqalgan qavati esa tonaplast deyiladi.
Plazmolemma bilan tonoplast yopishqoq parda bo`lib, plazmatik membrana deb yuritiladi. U hujayraga moddalar tushishi, ya`ni tanlab o`tkazishni boshqaradi, hujayraning oziqlanishi uchun muhnm rol o`ynaydi.
Sitoplazmaning asosiy massasi – gialoplazma ancha bir xil tuzilgan. Uni ko`plab mayda kanalcha, naycha, pufakchalarnini rivojlangan to`ri teshib o`tadi. Ularning devori ham plazmatik membranadan tuzilgan. Tarmoqlangan bu to`r endoplazmatik to`r yoki endoplazmatik retikulum deb ataladi.
Endoplazmatik to`r sitoplazma kanalchalarini yadro va qo`shni hujayralar bilan bog`laydi. Moddalar almashinuvi mahsulotlari ham shu sistema bo`ylab tarqaladi va hujayraning turli qismlariga oqib boradi.
Hujayraning diktiosoma yoki Golji apparati deb ataladigan alohida organoidlari ham endoplazmatik to`r bilan funksional bog`langan. Ular ancha murakkab tuzilgan bo`lib, go`yo devorlari plazmatik membranadan tuzilgan yassi sisternalar paketiga o`xshaydi. Golji apparatida organik moddalar vaqtincha to`planadi va keyin hujayraning boshqa qismlariga tarqaladi.
Elektron mikroskopda qaralganda, endoplazmatik to`r kanalchalarining tashqi yuzasida va bevosita sitoplazma qavatida yumaloq mayda tanachalarni ko`rish mumkin. Bular ribosomalar deb ataladi. Ular ribonuklein kislotaning (RNK) spiralsimon shaklli bir nechta molekulasidan tashkil topgan. RNK spirali o`rami orasida oqsil mulekulalari joylashadi va ular oqsil moddalarini sintezlab, muhim vazifani bajaradi.

Yüklə 88,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin