Displaziya –gus -narushenie ‘lasis –obrazuyu. Rivojlanish jarayonini buzilishi, turg’un tarzda hujayra strukturasini buzilishi hujayra funktsiyasini buzilishiga olib keladi. Bu patologiya asosida fizik, ximik va biologik omillar tahsirida genni zararlanishi sabab bo’ladi. Displaziyada hujayra shakli, kattaligi, yadro va organellalari o’zgaradi.
M: hujayra “monstrlar” katta yarim sharlar zararlanganda o’sma hujayralari shunga misol bo’ladi.
Nekroz va autoliz hujayrani o’lishi bilan kechib, normal hayot tarziga qaytmaydi, nekroz, distrofiya va displaziyani tugayotgan etapi bo’lishi ham mumkin, patogen omil tahsirida to’g’ridan-to’g’ri ham kelib chiqish mumkin. Autolizda hujayra strukturasi o’z o’zini yemiradi.
MAHRUZA №6
UMUMIY VA IMMUNOLOGIK REAKTIVLIKNI
PATOFIZIOLOGIK ASOSLARI
REJA:
Reaktivlik to’g’risida tushuncha
Reaktivlikni sinflanishi
Konstitutsiya to’g’risida tushuncha
Reaktivlikni shakllanishida barg’er tizimni roli
Reaktivlikni ko’rsatkichlari
Reaktivlikni hosil bo’lish mexanizmi
Immunologik reaktivlik
Reaktivlikni shifokorlar amaliyotidagi roli.
Reaktivlik organizmning eng muhim xususiyatlaridan biri bo’lib, tashqi muhit omillariga, o’zini hayot faoliyatini o’zgartirish bilan javob berishi tushiniladi. Reaktivlik evolyutsiya jarayonining filo va ontogenezida shakllanadi. Reaktivlik olrganizmning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatini asosiy formasi bo’lib hisoblanadi.
Organizm reaktivligini o’zgarishi himoya moslashuv harakteriga ega.
Reaktivlik to’g’risidagi fikrlarni paydo bo’lishi qadimlarga borib taqaladi, yahni turli odamlar turlicha og’riydi. Lekin, reaktivlik degan termin fanga XX-asrda kiritildi, yahni anafilaksiya, zardob kasalligi, allergiya kabi patologik holatlar unga turtki bo’ldi.
Mechnikovning yallig’lanish va immunitetga doir izlanishlari reaktivlikni himoyaviy harakterga ega ekanligini ilmiy jihatdan tasdiqlab berdi. Mechnikov – immunologik reaktivlikni asoschisi sifatida ehtirof etiladi.
Bogomolets – reaktivlikni inson konstitutsiyasi bilan chambarchas bog’liq ekanligini tahkidladi.
Konstitutsiya – bu organizmni morfologik, funktsional, psixik jihatdan yetarlicha mustahkam, umumiy kompleksi bo’lib, reaktivlikni belgilovchi irsiy qonuniyatlarga asoslanadi, tashqi muhit omillariga qarab o’zgarib turuvchi hususiyatni namoyon qiladi.
Inson konstitutsiyasini sinflashda turli belgilarni, yahni morfologik, bioximik, vegetativ nerv tizimini ayrim qismlarini qo’zg’alishi va ONF tiplarini inobatga olishgan.
Birinchi sinflanishni Gippokrat taklif qilgan, yahni organizmdagi asosiy suyuqliklarni siljishini inobatga olib, xolerik, sangvinik, legmatik, melanxolik. Qadimgi shifokorlar mijozni aniqlab, oldindan ayrim kasalliklarga chalinmaslik chora-tadbirlarini ko’rsatganlar, m: sangviniklar bosh og’rig’i va qandli diabetga chalinishi mumkinligini aytganlar. Keyinchalik organizm konstitutsiyasini sinflashda morfologik printsip, yahni skeletlar proportsiyasi, tananing gorizontal va vertikal o’lchamlarining munosabati, hamda u yoki bu fiziologik tizimni rivojlanishi muhim ahamiyatni kasb etdi.
Sigo bo’yicha 4ta 1. nafas yoki respirator
2. hazm yoki digestiv
3. muskul
4. miya yoki tserebral tiplar tafovutlanadi.
Krechmer bo’yicha 3ta 1. atletik
2. piknik
3. astenik tiplar tafovutlanadi.
Krechmer psixiator bo’lganligi uchun, ayrim tiplar, ayrim ruhiy kasalliklar bilan ko’proq og’rishini kuzatgan.
M: astenik tip ko’proq shizofreniya bilan og’rir ekan.
Klinikada konstitutsiyani CHernorutsskiy bo’yicha sinflanish keng qo’llaniladi, yahni 3ta 1. gipostenik
2. giperstenik
3. normostenik tiplar tafovutlanadi.
Organizm konstitutsiyasini o’rganish uchun I.P.Pavlov yana bir sinflanishni taklif qildi, ushbu sinflanishda I va II signal tizimlar faoliyati yotadi, bunda fikrlovchi va badiiy tiplar tafovutlanadi.
Inson konstitutsiyani o’rganishda olimlar diatez deb nomlanuvchi holat bilan duch keldilar.
Diatez bu organizmni konstitutsial belgilarini anomaliyasi bo’lib, fiziologik va patologik tahsirlovchilarga patologik reaktsiyalar bilan javob berishi bilan namoyon bo’ladi.
Uning turlari: 1. ekssudativ kataral
2. limfat gipoplastik
3. nerv artrit
4. astenik
5. aralash diatezlar mavjud.
Sirotinin – immunologik va allergik reaktivlik fiziologik reaktivlik asosida shakllanib, bu holat esa organizmni filo va ontogenetik rivojlanishiga chambarchas bog’liq ekanligini tahkidladi.
Hozirgi kunda reaktivlik meditsina praktikasiga shunday kirib keldiki, bu termin yordamida shifokor kasal inson holatiga baho beradi.
Har
qanday patologik jarayon organizm reaktivligini o’zgartiradi. Organizmning reaktivligini o’zgarishi, uning fiziologik imkoniyatlaridan ustun bo’lishi, kasallikning rivojlanishiga asosiy sabab bo’ladi. Demak, reaktivlikni o’rganish kasallikning patogenezini tushunishimizga yordam beradi.
Ichki va infektsion kasalliklarda giperergik, gipoerik va dizergik tarzda kechuvchi pnevmoniya, tuberkulez, dizenteriya va boshqa kasalliklar tafovutlanadi.
Giperergik tarzda kechuvchi kasalliklar tez va intensiv kechadi, bunda barcha organ va tizimlar tez buzilishlarga duchor bo’ladi.
Gipoergik tarzda kechuvchi kasalliklarda esa buni aksi bo’ladi, organizmda antitela hosil bo’lishi va fagotsitoz jarayonlari juda yomon tarzda kechadi.
Dostları ilə paylaş: |