Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich


Professor Xamrokulov SHarif Xoshimovich

PATOFIZIOLOGIYa


Ma’ruzalar


Andijon 2013
MA’RUZA №1


PATOFIZIOLOGIYa FANIGA KIRISH,
UNING MAQSADI VA VAZIFALARI.
ETIOLOGIYa VA PATOGENEZ, SANOGENEZ


REJA:



  1. Patofiziologiya faniga kirish, uning maqsad va vazifalari

  2. Eksperiment patofiziologiyani asosiy o’rganish usulidir

  3. Kasallikning abstraktsiya darajalari

  4. Kasallikning asosiy davrlari

  5. Kasalliklar sinflanishining umumiy printsiplari

  6. Etiologiya haqida tushuncha

  7. Patogenez haqida tushuncha

  8. Patogenezni umumiylik va mahalliyligi to’g’risida tushuncha

  9. Patogenezni nospetsifik va spetsifik belgilari

Patologiya fiziologiya shunday fanki, kasal organizmni hayot faoliyatini, yahni kasalligi kelib chiqishi qonuniyatlari, rivojlanishi va oqibatlarini o’rgatadi.
Oliy tibbiyot maktabida dastur shunday tuzilganki, avvaliga normal organizmni tuzilishi va funktsiyalari o’rganiladi, (anatomiya, gistologiya, bioximiya va boshqalar) so’ngra, talabaga kasal organizmda kechadigan strukturaviy, bioximik va funktsional buzilishlar o’rgatiladi (patofiziologiya va patanatomiya) va talabani klinik fanlarga tayyorlaydi.
Patofiziologiya umumiy va xususiy qismlarga bo’linadi.
1. Umumiy nozologiya kasallik biologik qonuniyat ekanligini o’rgatadi (kasallik butun organizm reaktsiyasi ekanligini, kasalliklar mohiyatini, uning bosqichlarini, kasallik oqibatlarini hamda kasallik va patologik jarayonlarni sinflanishi o’rgatadi).
2. Umumiy etiologiya kasallikni keltirib chiqaradigan shart-sharoit va sabablarni, kasallikni keltirib chiqaruvchi shart-sharoit va sabablar o’rtasidagi munosabatlarni o’rgatadi.
3. Umumiy patogenez patologik jarayonlarni rivojlanish mexanizmini o’rgatadi. Ushbu bo’lim, patofiziologiyani nisbatan keng bo’limi bo’lib hisoblanadi.
Bundan tashqari, umumiy patofiziologiya bemor organizmidagi adaptatsiya, kompensatsiya va funktsiyalarni tiklanish mexanizmlarini, shuningdek, patologik jarayonlarni hayvonlarda nusxalashtirish va ularning tugallanish mexanizmlarini o’rganadi.
4. Tipik patologik jarayonlar ko’plab kasalliklar asosida yotuvchi jarayonlar bo’lib, bularga yallig’lanish, o’sma, isitma, gipoksiya, moddalar almashinuvini tipik buzilishlari, ochlik va boshqalar kiradi. Tipik patologik jarayon organizm turiga, patogen sabablarni o’ziga xosligiga, uning joylashgan joyiga qaramay, bir xil umumiy qonuniyatlarga asoslanib rivojlanadi.
5. Xususiy patofiziologiya, ayrim organ va sistemalarda yuz beradigan o’zgarishlarni o’rgatadi, ushbu bilimlar umumiy qismdan olgan bilimlarga asoslanadi.
Qaysi fanlar bilim bilan aloqasi to’g’risida qisqacha mahlumot. Bular (bioximiya, fiziologiya, gistologiya, patanatomiya) va boshqa fanlardir. Ayniqsa, ushbu fan normal fiziologiya fani bilan chambarchas bog’liq shuning uchun, ham patfiziologiya fanini “bemor organizmni” fiziologiyasi ham deb yuritishadi. Lekin shuni tahkidlash lozimki, kasallik bu normal jarayonlarni kombinatsiyasidan tashkil topmaydi, balki organizmni sifat jihatidan yangi holati bo’lib hisoblanadi. SHundan ularni maqsadi turlicha ekanligi mahlum, yahni patofiziologiya kasallikni ko’plab tomonlarini ochib beradi.
Patofiziologiya fani yaqin davrlargacha patologik anatomiya bilan bir fan bo’lib hisoblangan, lekin patologik anatomiya kasallik dinamikasini ko’rsatib bera olmagan.
Patofiziologiya klinik fanlar bilan ham chambarchas bog’langan. Ularning oxirgi maqsadi ham bir, lekin bunday olib qaraganimizda ularni yaqin maqsadlari va o’rganish obhektlari bir-biridan farq qilinadi albatta.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin