Kasallikni to’rtinchi darajasi abstraktiv, falsafiy umumlashuv tarzida talqin etiladi.
Undan oldingi darajasi esa tipik patologik jarayonlar ko’rinishida talqin etilib, ushbu jarayonlar uning kelib chiqish sabablari, joylashuvi va organizm turidan qathiy nazar bir xil qonuniyatlarga asoslanib rivojlanadi. Yaxshi misol bu yallig’lanishdir. Bunday umumiylikdan deduktiv fikrlash orqali konkretlashtirish ro’y beriladi. M: avvaliga tuberkulez miobakteriyasi, zararlagan organ aniqlanadi, so’ngra bundan yana ham konkretlashtiriladi m: odamda o’pka sili, yahni kasallikni nozologik birligi 2-darajasi aniqlanadi.
Vrach o’zining praktik faoliyatida eng yuksak konkretlash darajasiga o’tadi, bunda nafaqat kasallik sababini, joylashgan joyi, organizm turi va uning individualligi, endi tashxis to’g’risida tushuncha paydo bo’ladi. M: yallig’lanish – tuberkulez–o’pkada–odamda.
Kasalliklarning asosiy davrlari: Infektsion kasalliklarda 4ta davr tafovutlanadi – 1) latent, 2) prodromal, 3) kasallikni avj olish davri, 4) kasallikni tugash davri.
Ado noinfektsion kasalliklarni 1) boshlang’ich, 2) kasallikni xususiy bosqichi, 3) tugashi davri.
Latent – yashirin davr, bu infektsion kasalliklar uchun, bu davrda organizm maksimal tarzda buzilgan jarayonlarni tiklashga yoki uni organizmdan chiqarib yuborishga harakat qiladi.
Prodromal davr bu shunday vaqt oralig’iki birinchi ko’ringan simptomlardan barcha simptomlar ko’ringan vaqtgacha ro’y beradi. Bahzida, bu davr aniq namoyon bo’lsa (krupoz pnevmoniya, dizenteriya) bahzida esa, kuchsiz namoyon bo’ladi. Lekin kasallikka xos belgilar namoyon bo’ladi. M: tog’ kasalligida , sababsiz eyforiya, qizamiqda Koplik-Filatov dog’i va b.q. Bu differentsial diagnostika uchun katta ahamiyatga ega.