Monokauzalizm. Ushbu nazariya tarafdorlari mikrobiologiya sohasida yuz bergan bilimlarga asoslanib, kasallikni kelib chiqishida, bir xil narsa, yahni mikroorganizmlar sababchidir, degan fikrda bo’ldilar. Bu nazariyani kamchiligi shundan iboratki, mikrob organizmga tushdimi, kasallik kelib chiqadi deb hisobladilar, bunda organizmni imkoniyatlarini inobatga olinmagan. Organizmda patogen mikroblar ko’p, shu jumladan sog’lom odamlarda, bu holat organizmni kasal degani emasku. Keyinchalik mahlum bo’ldiki, uch toifadan organizm, bir xil patogen mikrobga uch xil reaktsiya beradi, yahni biri qattiq, ikkinchisi o’rtacha, uchinchisi esa umuman og’rimaydi. Bu mahlumotlar esa monokauzalizm tarafdorlarini ikkilantirib qo’ydi. Monokauzalizm, filosofiyani metafizik printsiplariga asoslangan bo’lib, autoimmun muammolarni yecha olmadi. Uning eng katta kamchiligi, og’riq chaqiruvchi omil bilan organizm o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni inobatga olmadi. Sabab bitta emasligini, ularning ko’pligini va boshqa omillarni roliga ehtibor bermadilar.
Konditsionalizmgrekcha “condition” shart-sharoit degan mahnoni anglatadi. Bu nazariya tarafdorlari kasallik kelib chiqishida ko’plab shart-sharoitlar bo’lishi kerakligini tahkidladi. Maxsus usullar bilan insonlar tekshirilganda 95% odamlar organizmida sil tayoqchalari topilgan, yahni tuberkulinga (+) reaktsiya kuzatilgan, o’pkasida kalg’tsinatlar aniqlangan va x.k., lekin bu odamlar sog’lom hisoblanadi. Bundan shunday xulosaga kelinadiki, tuberkulez tayoqchasi kasallik keltirib chiqarishni bitta shart-sharoitdir. Ushbu nazariya tarafdorlari tahkidlashicha, bu xolatda kasallik keltirib chiqaruvchi sababchi yo’q, sababchini istashni foydasi yo’q deb hisoblaganlar. SHunday qilib, konditsionalizm tarafdorlari etiologik omil determinizmini inkor qilmoqdalar. Bunda tashqi omillar roliga subhektiv yondashib, organizmda kasallik keltirib chiqishidagi rolini ham inkor etmoqdalar. Konditsionalizmni falsafiy bazasi maxizm bo’lib hisoblanadi. Bu qarashlar subhektiv-idealistik harakterga ega bo’lib, ular tabiat qonunlarini inkor etadilar, kasallik organizmni subhektiv faoliyati bilan bog’liq deb hisoblaydi. Max esa materiyani birlamchi qo’ymaydi.