Biologik o’lim – qaytmaydigan o’zgarishlar yuzaga chiqadi.
Sanogenez bu nozologiyani bir bo’lagi bo’lib, organizmni sog’ayish yo’llari va mexanizmlarini o’rganadi. Sog’ayish aktiv jarayon bo’lib, murakkab kompleks reaktsiyalarni o’z ichiga olib, u kasallik boshlangan sonidayoq boshlanadi, oxir-oqibat organizmni u yoki bu darajada tashqi muxit bilan aloqasini o’rnatadi. Sog’ayish davrida patogen agentlarni organizmga tahsiri to’xtaydi.
Sog’ayishning maxsus mexanizmlari bo’lmaydi. U nerv, endokrin, gumoral va boshqa tizimlar tomonidan tahminlanadi.
Sog’ayish to’liq va to’liq emas bo’ladi. Lekin to’liq sog’ayish ro’y bermaydi, yahni “kasallikdan oldingi” holatiga qaytmaydi, chunki m: infektsion kasallikdan so’ng antitela ishlab chiqariladi, leykotsitlarni fagotsitar aktivligi ortadi, chiqaruv tizimi zo’riqib ishlaydi, shuning uchun “klinik jihatdan to’liq” sog’ayishi bo’lmaydi.
Kasalliklar sinflanishining umumiy printsiplari Xozirgi kunda mingdan ortiq nozologik birliklar bor. Vaqt o’tishi bilan ular o’zgaradi, ko’plab nozologik birliklar bo’linadi, bahzilari qo’shiladi, yoki yo’q bo’lib ketadi. M: rentgen nurlarini tibbiyotda qo’llanilmaguncha, nur kasalligi yo’q edi.
Sinflanish bir necha kriteriyalarga asoslalanadi
Etiologik klassifikatsiya: kasallikni chaqiruvchi sabablarni umumiyligiga asoslanadi. M: infektsion va noinfektsion kasalliklar
Topografo-anatomik klassifikatsiya: yurak kasalliklari, buyrak kasalliklari va x.k. Lekin, bunday bo’linish ko’p tortishuvlarga sabab bo’lgan, chunki bir organ miqyosida kasallik bo’lmaydi, lekin praktika uchun bu qulay, shuning uchun hozirgacha qo’llaniladi. Ushbu klassifikatsiya, funktsional tizimlarni klassifikatsiyasi bilan uyg’unlashib keladi: M: qon-tomir, hazm qilish, harakat tayanch tizimi kasalliklarini keltirishi mumkin.
Yosh va jinsga asoslangan kasalliklar sinflanishi: pediatriya, gerontologiya, geriatriya, ginekologiya va b.q.
Kasalliklarni ekologik klassifikatsiyasi: ekologiya bilan bog’liq (issiq, shamol, namlik) kun va tunni tahsiridan kelib chiquvchi kasalliklar.
Kasalliklarni patogenezini umumiyligi asoslangan klassifikatsiya: m: allergik, o’sma, yallig’lanish kasalliklari va boshqalar.
Organizmni zararlanish darajasiga qarab: molekulyar, xromosoma kasalliklari.