Patologik jarayon va patologik holat Organizmni tashqi og’riqli tahsirlarga mahalliy va umumiy reaktsiyalar bilan javob qaytarishi, bu patologik jarayondir.
Ushbu jarayonni rivojlanishi ko’p omillarga: m: tahsirot turiga, organizm reaktivligiga, uning yashash tarzi va hokazolarga bog’liq bo’ladi.
Patogen agent o’z tahsirini tugatgani bilan patologik jarayon dastur asosida rivojlanadi va nasldan-naslga o’tadi. m: o’tkir yallig’lanish
Patologik holat, patologik jarayonni biroz sekinroq kechishi bilan namoyon bo’ladi. Og’riqli buzilishlar juda sekin o’zgaradi, (kamroq dinamikaga ega) patologik holat yillar davomida davom etish mumkin. U patologik jarayonni bevosita davomi bo’lishi mumkin. M: shox pardani (rogovitsani) yallig’lanishi, bahzida oq tushishiga olib keladi va bu xolat organizmni umrini oxirigacha bo’lishi mumkin.
Oshqazon yarasi (patologik jarayon) u chandiq to’qimasini paydo bo’lishi bilan tugashi mumkin va aksincha ham bo’lishi ham M: chandiq to’qimasini o’rniga kantserogen moddalar tahsirida o’sma paydo bo’lishi mumkin.
Lekin, patologik jarayonni yoki holatni bo’lishi, organizmda butun xajmda kasallik bor degani emas.
M: soch qopchasini yallig’lanishi bu kasallik emas balki, patologik jarayondir, agar ko’plab furunkullar bo’lib, isitma, organizmda zaharlanish kuzatilsa, bu esa endi kasallik hisoblanadi.
ETIOLOGIYa Etiologiya grekcha sabab, logos-tahlimot kasallikni kelib chiqish sabablari va sharoitlarini o’rgatadigan fan sifatida qaraladi.
Bemor birinchi marta vrach bilan muloqatda bo’lganda, undan kasallikni sababi so’raladi. Kasallikni sababini to’g’ri aniqlash, uning to’g’ri davolanishi va profilaktikasini batamom tahminlaydi. Lekin, ushbu masalani hal etish unchalik oson emas.
XIX-asrgacha etiologiya tahminoti unchalik rivojlanmadi. Ushbu davrgacha kasallikni kelib chiqishida “yomon ruxlar” rolg’ o’ynaydi, degan fikrlar mavjud bo’lgan yoki organizdagi “suyuqliklarni” surilishi bilan bog’liq deb tushuntirilgan (Gippokrat bo’yicha).
Kasallikka XX asrgacha qarashlar 5-4 asr er. avval Gippokrat odam tanasi qattiq va suyuq qismdan iborat bo’lib, ularni odam tanasida siljishi va ajralishi hayotni belgilaydi, ularning o’zaro munosabati buzilishi kasallikka olib keladi degan fikrda bo’lgan.
SHu davrda yana bir yo’nalish paydo bo’lgan, ular organizmdagi qattiq (zich) qismlarni o’zgarishini kasallik bilan bog’ladilar. Bu yo’nalish solidor deb nomalanadi (solidor-zich).
Demokrit nazariyasi bo’yicha kasallikni yuzaga chiqishida tirik organizmni shu jumladan, odam organizmini tashkil qiluvchi atomlar formasini o’zgarishi va ularning noto’g’ri joylashuvi muhim ahamiyatga ega deb hisoblaganlar.
Keyinroq Gippokrat qarashlarini Galen davom ettirdi, Galen fikricha organ strukturasi va uning funktsiyalari orasida belgilangan o’zaro moslik mavjud bo’lib, ushbu bu moslik kasallikda buziladi. Kasallik to’g’risidagi materialistik qarashlarni sharq tibbiyotini vakili Ibn Sino (980-1037) qo’llab-quvvatladi. Uning fikrlarini hayratlanarli tomoni shundaki, odamda kasallik chaqiruvchi ko’rinmaydigan (mavjudot) narsalar bor degan. Ibn Sino kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablarni odam tanasi tuzilishi bilan bog’liq va har bir bemorga alohida ehtibor berishini talab etadi. Uning fikricha, har bir organizm o’ziga xos tabiatga ega. Uyg’onish, 14-17 asrlarga kelib kasalliklar haqidagi tasavvurlarga tibbiy fanlarni rivojlanishi tahsir eta boshladi. Dastlab himiya, fizika, anatomiya, fiziologik va boshqalar, shu davrda tibbiyotda boshqa iatroximik, iatrofizik yo’nalishlar paydo bo’ldi (iatro-vrach), iatroximik yo’nalish asoschisi Paratselg’s (1493-1541) fikricha kasallik organizm suyuqliklarini kimyoviy tarkibini o’zgarishidan kelib chiqadi deb hisoblasalar, iatrofizik yo’nalish vakillari kasallik haqida mexanik qarashlarni rivojlantirdi.
Ular odam organlari bilan mashina o’rtasidagi o’xshashliklarni ko’rishdi.
XIX asrga kelib Virxov o’zini tsellyulyar patologiya nazariyasini tahriflab berdi (1858 yil). Uning fikricha, tashqi patogen omillar tahsirida hujayrada bo’ladigan o’zgarishlar kasallik keltirib chiqaradi deb hisobladi, u organizmni hujayralardan tashkil topgan davlat deb ehtirof etsada, lekin organizm bir butunligini inobatga olmadi. XIX asrga kelib yangi yo’nalishlar yuzaga kela boshladi Pashutin, Foxt va boshqalar asos soldi.
Kasallikni sabablarini o’rganish 3000 yildan oshiq davom etib kelayotgan bo’lsa, shu vaqtgacha ikkita dunyoqarash yuzaga keldi. 1. Emishki, qandaydir yomon kuchlar, ruhlar organizmda kasallikni keltirib chiqaradi, ruhlarni haydash sog’lomlikni chaqiradi deb tushuntirsa, 2. Kasallik organizm uchun harakterli bo’lib, uning boshqa bir ko’rinishdagi holatidir, degan fikrga keldilar.
XIX-asrga kelib, biologiya, meditsina va mikrobiologiya kabi fanlar rivojlanishi kasalliklar sabablarini ochishga yordam berdi.