Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə31/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Reaktivlikni ko’rsatkichlari:
Reaktivlikni nospetsifik ko’rsatkichlari: tahsirlanuvchanlik organizmni tashqi muhit tahsirotlariga funktsional va morfologik o’zgarish bilan javob berishidir.
Qo’zg’aluvchanlik to’qimalarni tahsirlovchilarga nisbatan nisbiy tinchlik holatdan qo’zg’algan holatga o’tishidir.
Sezuvchanlik qo’zg’aluvchanlik o’xshash, lekin bu termin organizmda ro’y beradigan juda murakkab jarayonlarga nisbatan ishlatiladi.
Bundan tashqari, nospetsifik reaktivlikni parametri bo’lib, adaptatsion sindromni tezligi va intensivligi, tahsirotlarga adrenalin sekretsiyasini ortishi, nafasni tezlashuvi, arterial bosimni ortishi bo’lishi mumkin.
Reaktivlikni spetsifik ko’rsatkichini baholashda immun reaktsiyani aniqlash muhim rolg’ o’ynaydi (antitelo hosil bo’lishi).
Reaktivlikni hosil bo’lish mexanizmi
Reaktivlikni hosil bo’lish mexanizmida, nerv va endokrin tizim muhim ahamiyatga ega. Onto va filogenez mahlumotlariga qarasak, reaktivlikni shakllanishi davomida ushbu tizimlarni faoliyati takomillashib boradi.
Pavlov va Orbelilar tomonidan qilingan ilmiy izlanishlar ushbu fikrlarni tasdiqladi.
Agar, organizm chuqur uyquda yoki narkoz berilsa, elektr toki bilan zararlanish darajasi, uyg’oq davrdagiga nisbatan ancha past bo’ladi. Yana bir misol, hayvonlar mavsumiy uyquga ketgan vaqtda organizmni virus va bakteriyalarga rezistentligi pasayishi yaqqol namoyon bo’ladi.
Kennon va Selg’elar reaktivlik va rezistentlikni shakllanishida, endokrin tizim roliga alohida ehtibor berdilar, organizm mahlum ekstremal holatlarga tushib qolganda “halokat gormoni” adrenalinning rolini tushuntirib berdilar. Selg’e, gipofizni oldingi bo’lagi va buyrak usti bezi mag’iz moddasining gormonlari rolini ham alohida tahkidladi.
Kortikosteroidlar yallig’lanish realizatsiyasida, glyukokortikoidlar yallig’lanishga qarshi, mineralokortikoidlar yallig’lanishga olib keluvchilar sifatida qaraladi.
Qalqonsimon bez giperfunktsiyasida yallig’lanish tez va og’ir kechsa, gipofunktsiyasida esa, aksincha bo’ladi.
Qandli diabet kasalligida reaktivlik keskin pasayib ketadi (yarani bitishi, yiringli yarachalar, tuberkulez asorati kuzatiladi).
Reaktivlikni shakllanishida biriktiruvchi to’qimani roli katta, ular immunologik reaktsiyalar yuzaga chiqishida, fagotsitoz, yaralarni bitishida, barg’erlik funktsiyasini bajaradi.
Inson reaktivligini shakllanishida tashqi muhit omillari katta rolg’ o’ynaydi. Agar, tashqi muhit harorati ortsa, xattoki sovuqqonli hayvonlarda ham reaktivlik ortadi. Bundan sharoitda reptiliylarda ham anafilaksiya, baqada stolbnyak, kamforli qaltirashlar chaqirish mumkin.
Tana haroratini pasayishi organizmni gipoksiya, mexanik omillarga chidamliligini ortiradi.
Ochlikda ham reaktivlik pasayadi, avvaliga allergik reaktsiyalar, keyinchalik immunitet pasayadi.
Organizmni o’rab turgan iqlimni keskin o’zgarishi reaktivlik va rezistentlikni o’zgarishiga olib keladi. Katta odamlarni ko’chib o’tishi misol bo’ladi. Bundan tashqari, organizm reaktivligiga sotsial omillar ham tahsir etadi. M: stanokda ishlayotgan odamlar “inson-mashina”, agar qo’yilgan rejani bajara olmasa psixologik o’zgarishlar kuzatiladi.
Mikrosotsial muhitda turli nohushliklar nevrotonik holatlarga olib kelishi kuzatiladi.
Reaktivlikni shakllanishida barg’er tizimni, ayniqsa gistogematik barg’erlarni roli katta, chunki ular himoya va regulyator funktsiyalarni bajaradi.
Barg’er deb, tashqi va ichki muhit yot zarrachalarni, moddalarini ushlab qolish qobiliyatiga ega bo’lgan maxsus ixtisoslashgan hujayralar majmuasiga aytiladi. Barher tizim organizmdagi gomeostazni ushlashda aktiv ishtirok etadi.
Barg’er tizimi yuzaki (tashqi) va chuqur (ichki)ga bo’linadi.
1. Tashqi (yuzaki)ga teri, shilliq qavat, yuzaki joylashgan limfatik tugunlar, kompliment tizim, oshqozon shirasining tarkibidagi HCl va boshqalar kiradi.
2. Ichki (chuqur) barg’erga gistogematik barg’er kiradi. Ushbu barher organizmda regulyator vazifani bajarishini 1929 yil SHtern aniqlagan.
Parenximatoz hujayralarni qamrab olishga ko’ra gistogematik barg’er 3 turga bo’linadi (SHtern, Gorbang’ bo’yicha)

  1. To’la qamrab oluvchi yoki to’la izolyatsiyalangan (gematoentsefalik, gematotestikulyar)

  2. Qisman qamrab oluvchi (gemetooftalg’mik, gematotireoid)

  3. Qamrab olmaydigan yoki izolyatsiyalanmagan (gematoovarial)

Gistogematik barg’erni vazifalari:

    1. himoya

    2. tanlov o’tkazish (selektiv)

    3. bir tomonlama o’tkazish

    4. tayanch

Barg’er tizim funktsiyasini asosida dializ, ulg’trafilg’tratsiya, osmos mexanizmlari hamda ushbu tizimni tashkil qiluvchi hujayralarning metobolitik aktivligi yotadi.
Barg’er tizimni transport hususiyatining kattaligi, organning ehtiyojiga, gemodinamikani intensivligiga, nerv va gumoral tahsirlarga, unda morfologik va funktsional buzilishlar bor yoki yo’qligiga bog’liq bo’ladi.
Barher tizimi himoya va regulyator vazifasini amalga oshirib, organizmda hujayraviy gomeostazni saqlaydi.
Barg’er tizimni funktsiyasi yosh, jins, ichki va tashqi omillar tahsirida o’zgarib turadi.
Tiyraklik va uyquda uning funktsiyasi bir xil bo’lmaydi. Ochlik, charchash, travma, infraqizil va ulg’trabinafsha, rentgen nurlari tahsirida o’z faoliyatini o’zgartiradi.
Alg’kogol, atsetilxolin, gistamin, kinin, gialuronidazalar barg’er tizim o’tkazuvchanligini oshirsa, katexolaminlar, kalg’tsiy tuzi, vitamin R, uyqu dorilari aksincha tahsir etadi.
Patologik jarayonlarda uning o’tkazuvchanligi o’zgaradi, organizmni zaharlar va intoksikatsiyaga sezuvchanligini oshirib yuboradi natijada o’smalar tezroq o’sadi. Barg’erlarni zararlanishi organlarni autoimmun zararlanishiga olib keladi.
SHunday qilib, evolyutsiya jarayonida, tashqi muhit omillariga organizmning umumiy reaktsiya mexanizmlari takomillashib bormoqda, o’zgaruvchan tashqi muxit omillariga moslashuvi natijasida organizmni aktiv hayot faoliyati va gomeostazi ushlab turiladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin