Haroratni ko’tarilish darajasiga ko’ra isitmalar quyidagicha tafovutlanadi:
Subfebril 38oS gacha. Agar subfebril harorat davomiyligi ikki haftadan ortib ketsa, bahzida yillab davom etadi, ushbu holatni “subfebrilitet” termini bilan nomlanadi, shundan “past subfebrilitet” 37,1-37,5 oS, “yuqori subfebrilitet” 37,6-38oS lar tafovutlanadi. Lixoradkani tebranishi diagnostikada muhim ahamiyatga ega, bunga “uch kunlik” yoki “kvartan” malyariyasini misol keltirish mumkin. “Uch kunlik” malyariyada, kasallikning birinchi va uchinchi kunlari isitma chiqadi, “to’rt kunlik” malyarida birinchi va to’rtinchi kunlari isitma chiqadi, intervallar orasida ushbu bemorlarda isitma kuzatilmaydi. Pel-Ebshteyn lixoradkasida uch kundan 10 kungacha bemorga isitma kiradi, so’ngra 3-10 isitma kuzatilmaydi, bunday lixoradka Xodjkin yoki limfagranulomatoz kasalligida uchraydi.
Yuqori bo’lmagan 38oS dan – 39oS gacha
Yuqori 39oS dan 41oS gacha
Giperpiretik 41oS dan yuqori.
Infektsion kasalliklarda haroratni ko’tarilishi organizmni reaktivligiga, pirogenlar aktivligiga, organizmning intoksikatsiya darajasiga va bosh omillarga bog’liq bo’ladi.
O’ta zo’riqqan organizmda yoki qariyalarda infektsion kasalliklar (krupoz pnevmaniya) isitmasiz yoki isitmani juda ko’tarilishi bilan kechadi.
Infektsion va noinfektsion isitmalar Infektsion isitma kelib chiqish mexanizmida egzogen va endogen pirogen moddalar ishtirok etadi.
Noinfektsion isitma asosida aseptik jaroxatlanishdan (travma, qon quyilishi, kuyish) endogen pirogenlarni hosil bo’lishi va ularning tahsiri yotadi.
Lekin, bahzida pirogenlik aktivlikni ayrim farmokologik preparatlar ham namoyon qiladi (fenamin), gormonlar (tiroksin), bahzi metallarni kolloid birikmalari shular jumlasidandir.
Isitmani qizib ketishdan farqi Bu ikkala holatda, faqat oxirgi natija bir xil, yahni organizm tana haroratini ortishidir. Bu holatlarni yuzaga chiqish mexanizmi nafaqat bir-biriga o’xshamaydi, balki qarama-qarshidir.
Qizib ketishda pirogen moddalar tahsiri kuzatilmaydi, balki tana haroratini ortishi, tashqi muhit tahsiridan, issiqlik markazini faoliyatini buzilishidan yuzaga chiqadi.
Qizib ketishda, issiq klimat yoki ishlab chiqarishdagi yuqori issiqlik hisobiga organizmda issiqlik ushlanib qoladi.
Qizib ketishda, organizm issiqlikni ajratib, termik gomeostazni yuzaga chiqarishidagi qiyinchiligi shundaki, tashqi muhit harorati 33oSdan oshganda, issiqlik ajratishni nurlatish va konvektsiyasi usullari butunlay to’xtaydi, faqat terlash ro’y berib turadi. Bunga havo namligini yuqoriligi qo’shilsa, kompensator mexanizmlarni barchasi noeffektiv bo’lib qoladi.
Issiqlik markazi faoliyatini buzilishi, bosh miya o’smasida, travmasida, qon quyilganda kuzatiladi. Klinikada “gipertermik sindrom” yuzaga chiqadi.
Isitma esa interleykin-1ga javoban kompleks tarzda tana haroratini ortishi, yoki oshmasligi bilan javob beruvchi reaktsiyadir.
Isitma patologik jarayon bo’lib, uning yuzaga chiqishida nafaqat termoregulyatsiya markazi, balki boshqa, m: immun tizim ham ishtirok etadi. Evolyutsion taraqqiyotda isitma, immunitet, yallig’lanish o’ziga xos uchlikni tashkil etib, ular organizmga mikroorganizmni kirishi bilan yuzaga chiqadi. Uchala reaktsiya o’rtasida shunday bog’liqlik borki, ular avtonom tarzda ro’yobga chiqmaydi, aksincha ular bir-birini to’ldiradi.
Qizib ketishda agar 39oS kuzatilsa, organizm bir necha soatga chidaydi, isitmada bir necha oylab yashashi mumkin va x.k.