Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə87/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

ETIOLOGIK OMILLAR



Birlamchi pirogenlar organizmga qo’zg’atuvchi bilan tushadi


Birlamchi pirogenlar organizmni xususiy to’qimalarida hosil bo’ladi



Leykotsitardan (ikkilamchi)
pirogenlarni sintezi (LP, IL-1)





LP qonga tushishi. PGE va boshqa
mediatorlarni hosil bo’lishi





Gipotalamusni sovuq va issiqni sezuvchi oldingi neyronlarida sezuvchanligini o’zgarishi




Termoregulyatsiya markazi faoliyatini qayta ko’rib chiqishi issiq ajratishni kamayishi, aksincha issiqlik hosil bo’lishini ortishi kuzatiladi




Tana haroratini yangi o’rnatilgan nuqtaga ko’tarilishi, ayni, shu nuqtada temperatur gomeostazi ushlanadi




L I X O R A D K A

Elektrofiziologik izlanish natijalari isitma mexanizmini quyidagicha tushinishimizga yordam beradi. Gipotalamusning termoregulyatsiya markazida issiq, sovuq hamda harorat o’zgarishini sezmaydigan, “kar” neyronlar mavjud. “Kar” neyronlarni roli shundaki, ular standart harakterdagi signallarni generatsiyalaydi, bu signallarga esa haroratni sezuvchi neyronlar tenglashishi lozim. Agar pirogen moddalar tahsirida haroratni sezuvchi neyronlar funktsiyasi o’zgarsa, tenglashish signali ham o’zgaradi, harorat gomeostazi uchun “o’rnatilgan nuqta” yuqori darajada ko’tariladi. Bundan tashqari, organizm harorat gomeostazi uchun “o’rnatilgan nuqta” yuqori darajada ko’tarilishini boshqacha tarzda ham tushintiriladi, yahni pirogenlar tahsirida sovuqni sezuvchi neyronlar aktivligi ortadi, aksincha issiqni sezuvchi neyronlar aktivligi pasayadi, natijasida termoregulyatsiya markazini sezish bo’sag’asi sovuq tomonga suriladi, buning natijasida u normal haroratni ham sovuq deb qabul qiladi. Issiqlik ajratish va hosil qilish o’rtasida mutanosiblik kelib chiqadi.


Isitma reaktsiyasini yuzaga chiqishida, boshqa biologik aktiv moddalarni, ayniqsa gormonlarni ham roli bor. Ular mustaqil tarzda isitma chiqarmasada, termoregulyatsiya markaziga tahsir etib, uning ishini tezlashtiradi, yahni pirogen moddalarga nisbatan sezuvchanlikni yo oshiradi yoki pasaytiradi.
Isitmani kelib chiqishida, termoregulyatsiyaga javobgar po’stloq va po’stloq osti tuzilmalarni funktsional holati katta ahamiyatga ega.
Klassik tajribada kuzatilganidek, ko’kimtir tanaga issiq ukol qilinsa, tana harorati ortadi. Itga 10 marotaba indeferent signal bilan bakterial kulg’tura yuborilsa, so’ngra kulg’turasiz ham shartli signal tana haroratini oshirganligi mahlum.
Gipnoz, insonni ruxiy kasalligi qo’ziganda, inson isterikaga tushib qolganda, psixogen isitma kuzatiladi. Oratorlarda, artistlarda, imtihon topshirayotgan talabada emotsional isitma kuzatiladi.
Farmokologik moddalar po’stloqdagi qo’zg’aluvchanlik va tormozlovchi jarayonlarni mutanosibligini buzadi. Mas: hayvonga kofein yuborilganda termoregulyatsiya markazini pirogen moddalarga sezuvchanligini oshiradi, brom natriy yuborilganda esa aksincha holat kuzatiladi.
Agar, hayvonning po’stlog’i, talamus va targ’il tanasini olib tashlansa, isitma kuzatiladi, lekin tana harorati o’ta yuqori bo’ladi. Bu xolat po’stloqni tormozlovchi tahsirini yo’qolishi bilan tushuntiriladi.
Gipotalamus – asosiy termoregulyatsiya markazi bo’lib hisoblanadi. Barcha uchta gurux yadrolari isitma reaktsiyasida ishtirok etadi.
Gipotalamusni orqa va o’rta qismi, simpatik nerv tizimi orqali organizmda issiqlikni ushlab qolishda ishtirok etadi. Bu holat periferik qon tomirlarni toraytirish, oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarni kuchaytirish va mushaklar tonusini ortishi hisobiga yuzaga chiqadi.
Oldingi qism yadrolari esa issiqlikni organizmda ajralishini kuchaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari orqali, qon tomirlarni kengaytirish, terlashni kuchaytirish, nafas olishni tezlashishi hisobiga ro’yobga chiqadi.
Oldingi va o’rta yadrolar tahsirlanganda hayvon tanasi 2-3oS ga ortishi kuzatiladi. Ushbu yadrolar zararlansa “isitma” chiqishi ham buziladi.
Oldingi yadrolar jarohatlanganda, tana harorati pasayadi. Agar gipotalamus butunlay jaroxatlansa gomoyoterm hayvon, poykiloterm hayvonga aylanib qoladi.
Orqa miyadan termoregulyatsiya markaziga impulg’slar boradi, shuning uchun ko’krak sohasida nervlar qirqilsa, ximik termoregulyatsiya buzilmaydi, lekin fizik termoregulyatsiya buziladi. Isitma reaktsiyasi saqlanadi, lekin tashqi muxit harorati ko’tarilsa tezda qizib ketadi.
Orqa miyani bo’yin sohasidan qirqilsa, ham ximik, ham fizik termoregulyatsiya buziladi. Hayvon poykiloterm bo’lib qolishi mumkin. Isitma reaktsiyalari bo’lmaydi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin