MAHRUZA №13
ISITMA PATOFIZIOLOGIYaSI
REJA:
Isitma haqida tushuncha
Isitma filogenozi va ontogenezi
Isitma etiologiyasi
Isitma patogenezi
Isitmani asosiy bosqichlari
Isitmani qizib ketishdan farqi
Isitmani organizm uchun ahamiyati
Isitmani tibbiyotda qo’llanilishi
Isitma - odam va shu jumladan gomoyoterm xayvonlarda infektsion va noinfektsion tabiatga ega bo’lgan tahsirlovchilarga, ximoyaviy xarakterga ega, gomeostazni ushlashga qaratilgan, organizmda tana xarorati oshishi bilan xarakterlanuvchi tipik patologik jarayondir.
Normada termoregulyatsiya jarayoni reflektor tarzda amalga oshadi. Periferiyada joylashgan teri va ichki organlarda issiq va sovuqni sezuvchi retseptorlar organizmning ichki va tashqi muhitidagi termik o’zgarishlarni sezadi, so’ngra ularni termik impulg’slar tarzida, gipotalamusda joylashgan, termoregulyatsiya markaziga yuboradi. U yerdagi neyronlarni sovuq va issiqqa aynan sezgirligi yuqori bo’ladi. Markazda termik signallar integratsiyalanadi, effektor impulg’slar hosil kilib, ular simpatik nerv tizimi orqali periferiyaga yuboriladi, natijada moddalar almashinuvi holati, periferik qon aylanishni intensivligi o’zgaradi, qaltirash va hansirashni belgilab beradi.
Isitma, ushbu reflektor mexanizmni o’zgarishidan boshlanadi yahni, markazda haroratni sezish boshqa, yuqori darajasi o’rnatiladi.
Termin “lixoradka” lotinchadan tarjima qilinganda, “isitma” yoki tozalanish ashyosi deb yuritilgan.
Qadimda, tana xaroratini ko’tarilishi bilan kechadigan barcha kasalliklarni “isitma” kasalligi deb nomlashgan, hozirda u kasallikni simptomi sifatida qaraladi.
Biroq, xar qanday tana xaroratini ortishi “isitma” bo’lavermaydi. Mas: inson jismoniy ish bajarganda (1-2oS), mensturatsiya vaqtida (1oS gradusni ayrim ulushi) yoki inson qizib ketganda (quyosh nuridan, issiq tsexlarda ishlaganda, yosh bolalarni noto’g’ri kiyintirganda) kuzatish mumkin. Bundan tashqari, bemorlarda haroratni o’zgarishini aniqlayotganimizda og’iz bo’shlig’i va rektal sohadagi haroratlar bir xil emasligini esda tutishimiz lozim, rektal sohada 0,6-0,5oS ga yuqori, shundan, respirator kasalliklar bilan og’riyotgan bemorlarda o’pkani giperventilyatsiyasi hamda tez nafas olish va chiqarishi tufayli, nafas tizimi to’qimalari biroz soviydi.
Dostları ilə paylaş: |