Yallig’lanishni sinflanishi Mahalliy jarayonni qaysi birini ustunligiga qarab: alg’terativ, ekssudativ, proliferativ yallig’lanishlar tafovut etiladi.
Alg’terativ yallig’lanishda zararlanish, distrofik va nekrotik buzilishlar ustunligi kuzatiladi. U asosan infektsion kasalliklarda, parenximatoz organlarda ko’p uchraydi va kuchli intoksikatsiya bilan ketadi (o’pka va buyrak usti bezini tuberkulezida tvorogga o’xshab parchalanishi misol bo’ladi).
Ekssudativ yallig’lanishda qon aylanishni buzilishi, ekssudatsiya va leykotsitlar emigratsiyasi ustunligi bilan ketadi. Ekssudat harakteriga ko’ra: seroz, yiringli, gemorragik, fibrinoz va aralash yallig’lanishlar tafovutlanadi. Agar yallig’lanish, nafas yo’llarini yoki hazm traktini faqat shilliq qavatini qamrab olsa, bunday yallig’lanishni kataral yallig’lanish deb ataydi.
Proliferativ yoki produktiv yallig’lanishda gematogen va gistiogen harakterdagi hujayralar ko’payishini ustunligi kuzatiladi. Yallig’lanish o’chog’ida hujayra infilg’tratlari to’planadi, to’plangan hujayralarni turiga qarab: yumaloq hujayrali (limfotsitlar, gistiotsitlar) plazma, eozinofil, epitelioid, makrofagal hujayralardan tashkil topgan infilg’tratlar tafovutlanadi. Yallig’lanishning davomiyligiga qarab: o’tkir va surunkali bo’ladi. O’tkir yallig’lanish bir necha kundan, bir necha hafta ichida ro’y bersa, surunkali yallig’lanish esa hafta, oy hattoki yillar mobaynida ro’y beradi. O’tkir yallig’lanish surunkaliga o’tishi mumkin, bahzida esa o’tkir yallig’lanishsiz, surunkali yallig’lanish mustaqil tarzda boshlanishi ham kuzatiladi. Bunday boshlanish 3 ta holatda ro’y berishi mumkin.
1. Hujayra ichida sust toksiklik xususiyatini namoyon qiluvchi mikroorganizmlarni bo’lishi (tuberkulez mikobakteriyasi).
2. Ayrim immun reaktsiyalarda tahsir organizmning xususiy to’qimalarini yemirishga yo’nalgan bo’ladi (revmatoid artrit, sistemali qizil volchanka).
3. To’qimalarda kuchsiz parchalovchi xususiyatga ega bo’lgan toksinlarni bo’lishi, lekin toksik potentsialga ega.
Yallig’lanishda o’z hayot tsiklini tugatgan qari hujayralar o’ladi, mezenximal hujayralarda transformatsiya va ularning shakllanishi kuzatiladi. Natijada yosh qo’shuvchi to’qima hosil bo’ladi va barcha rivojlanish bosqichidan o’tadi, bahzida organ yoki uning biror qismiga qo’shuvchi to’qima kirib boradi, yallig’lanishni oxirgi etaplari tsirroz bilan tugashi ham mumkin.