Yallig’lanish o’chog’ida moddalar almashinuvini buzilishi Yallig’lanish o’chog’ida moddalar almashinuvini intensivligi, ayniqsa uning markazida ortadi. Zararlanish natijasida hosil bo’lgan lizosomal fermentlar yallig’lanish o’chog’idagi uglevod, oqsil, nuklein kislotalar va yog’larni gidrolizlaydi. Gidroliz mahsulotlari, glikoliz fermentlari tahsiriga tushadi, natijada ularni aktivligi yanada ortadi. Bu aerob oksidlanuvchilar fermentlarga taaluqlidir.
Flogen omil, yahni kroton yog’ini teri ostiga yuborib, yallig’lanish chaqirganimizda, O2ga bo’lgan ehtiyoj 30-35% ga ortgan, lekin bu holat 2-3 soatga cho’zilgan holos. Keyingi alg’teratsiya, mitoxondriyani zararlanishi bilan ketadi, uning membranasida Krebs tsikliga kiruvchi fermentlar aerob oksidlanish va oksidlanish-fosforlanishga duchor bo’ladi. Bunda glikoliz o’zgarmagan holda, oksidlanish-qaytalanish jarayoni yanada kuchliroq buziladi va sut va trikarbon kislotalarni (£-ketoglutor, olma, yantar kislotalari) ortib ketishiga olib keladi.
Bu vaqtda Krebs tsiklida kislotalarni oksidlanishi oxirigacha bormaydi, korbanat kislotalarni miqdori kamayadi va nafas koeffitsienti ham pasayib ketadi.
Yalig’lanish o’chog’idagi metobolizmni harakterlash uchun “almashinuv pojari” degan termin ishlatiladi. Bu yerdagi kuyishni o’ziga xosligi shundaki, moddalar almashinuvi keskin ortgani bilan kuyayotgan modda oxirigacha yonmaydi va oraliq mahsulotlar hosil bo’ladi (polipeptidlar, yog’ kislotalari, keton tanalari).
Yallig’lanish o’chog’ida moddalar almashinuvini yuqoriligini yana bir isboti haroratni ortishidir. Keyinchalik metobolizm intensivligi pasayadi, lekin uning yo’nalishi ham o’zgaradi. Yallig’lanishni o’tkir davrida parchalanish ustun tursa, keyinchalik sintez jarayoni ustun turadi, lekin ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.
Katobolitik jarayonlar ustun bo’lganda oqsil, yog’ va uglevodlarni parchalanishi, erkin aminokislotalar, polipeptid va uron kislotasini hosil bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Ayrim hosil bo’lgan moddalar (kininlar, prostaglandinlar) yallig’lanish dinamikasiga tahsir etib, unga boshqacha tus beradi.
Anabolitik jarayonlar juda erta boshlansada, faqat yallig’lanish jarayonini oxirgi etaplarida uning ustunligi seziladi.
Ayrim fermentlarni aktivligini ortishi hisobiga DNK, RNK sintezi ko’payadi, gistiotsit va fibroblastlar aktivligi ortadi. Fermentlar aktivligi ortganligi tufayli oksidlanish-qaytarilishi va fosforlanish jarayonlari kuchayib ketadi.