Ekssudatsiyaqonning suyuq qismi, elektrolit, oqsil va hujayralarni qon tomir devoridan to’qimaga chiqishi tushiniladi. Leykotsitlarni chiqishi (emigratsiyasi) ushbu jaryonda muhim ahamiyatga egadir. Yallig’lanish o’chog’ida yangi yuzaga kelgan qon tomirlarda ekssudatsiya intensiv tarzda ketadi, chunki endoteliy hujayralar o’rtasidagi zich kontaktlar hali shakllanmagan bo’ladi, shu bilan birga vazoaktiv mediatorlarga nisbatan retseptorlar ham zich joylashgan bo’ladi.
Qon tomirlardan chiqqan suyuqlikni yallig’langan to’qima shimib oladi yoki ayrim bo’shliqlarda to’planadi. M: perikardial, ko’zning oldingi kamerasida to’planishi mumkin.
Ekssudatsiyani asosiy sababchisi, gistogematik barherni, yahni qon tomir devorini ayniqsa, kapillyar va venulalarda o’tkazuvchanligini ortishidir. Suyuqlikni chiqishi endotelial hujayralarni bir-biriga tegib turgan joyidan, ular orasidagi teshik orqali ro’y beradi, ushbu teshiklar tomirlar kengayishidan kattalashadi, chunki bunda endotelial hujayralar shar shakliga kirib qoladi. Bu vaqtda kelib endotelial hujayralar suv tomchilarini mikropinatsitoz yo’li bilan yutib oladi va qarama-qarshi tomonga olib o’tadi, so’ngra yaqin turgan muhitga ajratadi (ekstruziya).
Elektron mikroskop bu hodisani nafaqat kuzatish, balki o’lchash va miqdorini hisoblash imkonini ham beradi.
Yallig’lanish davrida mikrovezikulyar transport aktivligini ortadi, yahni ko’p energiya sarf etiladi, uning isboti makroergik birikmalarni ingibitorlari yuborilganda, ekssudatsiya to’xtaganligi kuzatilgan.
Suyuqlik transporti qon tomir devorini ikki tomonidagi muhitning fizik-ximik o’zgarishlariga bog’liq holda ro’y beradi. Suyuqlik bilan oqsilni chiqishi, qon tomirlar tashqarisida onkotik bosimni ortishiga olib keladi. Bu vaqtga kelib oqsil va boshqa yirik molekulalar, nisbatan maydalariga parchalanishi kuzatiladi. Yuza chiqqan giperonkiya va giperosmiya esa suyuqlikni yallig’langan to’qima tomon oqishini tahminlaydi.
Ekssudatni transsudatdan farqi, u 2% ortiq oqsil ushlaydi. Agar, qon tomir devorida arzimagan o’zgarishlar bo’lsa, ekssudat tarkibida faqat alg’buminlar va globulinlar bo’ladi, qattiq zararlangan bo’lsa fibrinogen ham bo’ladi.