Yallig’lanish ni umumiy nazariyalarini shakllanishi 1887 yili Kongeym tomonidan yallig’lanishni birinchi nazariya taklif etilgan. U yallig’lanishni barcha klinik belgilari mikrotsirkulyatsiyani buzilishidan kelib chiqadi, degan fikrni aytdi. Yallig’lanish o’chog’iga olib keluvchi arteriolalarni kengayishi va qonni ko’p kelishi haroratni ortishi va qizarishga olib kelsa, qon tomirlar devorini o’tkazuvchanligini ortishi esa shishga, infilg’tratni hosil bo’lishi, nervlarni ezilishiga va og’riqqa, bularni hammasi esa funktsiyani buzilishiga olib keladi. Kongeymni qon tomir nazariyasi tushunarli va soddaligi bilan tez ommalashdi, elektron va biomikroskopik tekshirishlar uning fikrlarini tasdiqladi.
1892 yil Mechnikov biologik nazariyani asosladi, yallig’lanish moslashuv va himoya reaktsiya bo’lganligi uchun fagotsitozga ko’p ehtiborni qaratdi. Mechnikovdan tashqari ko’p olimlar, yallig’lanishni mahalliy jarayon deb qaragan bo’lsalar, Mechnikov yallig’lanishni organizmni barcha organizatsiyalarida ketishini hujayraviy darajadan (fagotsitoz), sistemali (immun) qamrab olishini tahkidladi.
Keyingi nazariya, yallig’lanishni fizik-ximik, patologik ximik tekshirishlar amalga oshgandan so’ng yaratildi. 1923 yili SHade to’qima atsidozi, osmotik gipertenziya, onkotik bosimni ortishini tushintirib berdi.
1948 yil Menkin va SHadelar fizik-ximik yoki bioximik nazariyalarni tavsiya etdilar.
Menkin yallig’lanish rivojlanashi uchun spetsifik moddalar: leykotaksin, ekssudin, pireksin, nekrozin, leykotsitoz faktorlarini topdi, lekin bularni barchasini yallig’lanishdagi ishtiroki tasdiqlanmadi.
Hozirgi zamonda Flori, TSveyfax, CHernux kabi olimlarni nazariyalari mavjud.
Organizm uchun yallig’lanishni ahamiyati Har qanday patologik jarayonlar kabi yallig’lanishda ham organizmning himoya reaktsiyalari va zararlanish (poloma) bilan birga ketadi. Filogenetik kelib chiqishiga ko’ra, yuqori hayvonlarda moslashuv reaktsiyalari saqlanib qolgan, zararli omillarga organizmda yallig’lanish o’chog’ini yuzaga keltiradi, ushbu jarayonni total tarqalishini oldini oladi, flogogen omilni bir yerga to’playdi, shu bilan birga ularning toksinlarini ham to’playdi, yallig’lanish o’chog’i atrofida faqat bir tomonga o’tkazadigan barher hosil bo’ladi.
Avvaliga yallig’lanish o’chog’idan ketadigan qon va limfa tomirlari, qon tomirdan tashqaridagi to’qima transportini blokada qilish orqali amalga oshirilsa, keyinchalik sog’lom va kasal to’qima orasida, qo’shuvchi to’qima hujayrasini sintez qilish orqali barher barpo etiladi. Bunday barher tizim ahamiyatini tajribada ham ko’rish mumkin, normal hayvonda o’limni chaqiruvchi strixnin dozasi, xuddi shu dozani kasal hayvonni yallig’lanish o’chog’iga yuborilganda o’lim chaqirmaydi.
Yallig’lanish o’chog’ida mikroorganizmlar uchun yaxshi sharoit bo’lmaydi. Bunda asosiy rolni fagotsitlar, spetsifik antitelalar, fermentlar va oqsillar o’ynaydi. Lekin hozir aytilgan barcha xususiyatlar yallig’lanishni faqat ijobiy tomonidir. Ikkinchi tomoni, yallig’lanishda doim buzish elementlari bo’ladi, “agressorlar” bilan jang qilinganda doim xususiy hujayralarni o’lishi bilan ketadi.
Bahzi hollarda alg’teratsiyani ustunligi yaqqol bo’lsa, ayrim to’qima, balki butun organni o’lishiga olib keladi. Ekssudatsiya esa to’qima trofikasini buzilishiga, fermentatlar parchalanishiga, gipoksiya va umumiy intoksikatsiyaga olib keladi. Mechnikov fikricha tabiatni bosh elementlaridan bo’lgan yallig’lanish rektsiyasi hali o’ta takomillashgan moslashuv reaktsiyasi emas.