Yallig’lanishga nerv va gumoral omillari tahsiri Yallig’lanishga nerv tizimi tahsir etadi, buni ko’plab tajriba va klinik kuzatishlar tasdiqlagan. m: quyonni uchlik nervi kesilganda keratit kelib chiqqan. Simpatik stvolni yuqori tugunlari zararlanganda pnevmoniya kelib chiqqan (A.V.Tonkix).
Hayvonlarda ko’kimtir bo’rtiq biror yot jism bilan zararlanganda, teri va shilliq qavatda total yallig’lanish kuzatilgan, bu trofikani buzilishi va zararlovchi agentlarga organizmni chidamliligini pasayishi bilan tushintiriladi (Spiranskiy).
Gipnoz qilingan insonlarga terisiga qizib turgan predmet qo’yildi deb ishontirib, yallig’lanishni barcha belgilarini chaqirganlar, lekin insonlarda haqiqiy yallig’lanishni chaqirib bo’lmaydi.
Yallig’lanish evolyutsion rivojlanishni dastlabki bosqichlardayoq ro’y bergan, nerv tizimni rivojlanishi va organizmni shakllanishi bilan yallig’lanish ham takomillashib bormoqda. Endi endokrin tizimni yallig’lanishdagi roli to’g’risida to’xtalamiz, kuzatilishicha gipertireozda yallig’lanish juda jadal ketsa, miksedemada juda sust ketadi, qandli diabetda juda ko’p furunkulyoz kuzatiladi.
Gipofiz va buyrak usti bezi gormonlari yallig’lanishga kuchli tahsir etadi.
Buyrak usti po’stloq qismi gormonlari glikortikoidlar yallig’lanishga qarshi tahsir etsalar, mineralokortikoidlar esa yallig’lanish chaqiradilar.
Kortizol va uning analoglari, yallig’lanish reaktsiyasini pasaytiradi, shuning uchun klinikada muhim ahamiyatga ega.
Glikokortikoidlarni tahsiri quyidagicha tushintiriladi: ular to’qima bazofillari sonini kamaytiradi, gistidindekarboksilaza fermenti aktivligini pasaytiradi, bir vaqtda gistaminni parchalovchi fermentlar aktivligini oshiradi. Serotonin hosil bo’lishi pasayadi, chunki kortizol tomonidan ingibirlanadi. SHunday qilib, yallig’lanish mediatorlari to’liq hosil bo’lmaydi.
Keyingi mexanizmda glikokortikoidlar lizosomalarga va undagi nordon fosfatazalar, ribonukleozaga tahsir etadi. Ushbu fermentlarni inaktivatsiyalash hujayrani energetik potentsialini, ularni bo’linishi va emigratsiyasini pasaytiradi.
Yallig’lanishga yordam beruvchi mineralokortikoidlar (aldosteron, dezoksikortikosteron) qon tomirlar o’tkazuvchanligini, yahni ekssudatsiyani oshiradi. Ular tahsiridan hujayralar bo’linishi ortadi, yangi kapillyarlar hosil bo’ladi, qo’shuvchi to’qimani asosiy moddasi sintez qilinadi.