Proliferatsiya va jarayonni yakunlashuvi Mahlumki, yallig’lanish hujayra zararlanishi va uning o’limidan boshlanadi. Yallig’lanishni mahlum etapida infilg’tratsiya, yiringlash, proteoliz jarayonlari to’xtab, tiklanish jarayoni boshlanadi. Bu vaqtga kelib yallig’lanishni hujayraviy tarkibi ham o’zgaradi. Yallig’lanish o’chog’ida polimorf yadroli hujayralar yo’qolib (o’lib), o’rniga mononuklear hujayralar: monotsit va limfotsitlar keladi. Monotsitlarni vazifasi alg’teratsiya paytida o’lgan hujayralar va ular hosil qilgan chiqindilarni yeb tugatadi. Limfotsitlar esa antitela sintez qiluvchi plazmatik hujayralarni manbaasi bo’lib hisoblanadi. Yallig’lanish o’chog’i tozalangandan so’ng hujayralarni ko’payishi boshlanadi. Proliferatsiya jarayonida gematogen hujayralardan tashqari, gistiogen hujayralar: mezenximal kambial va adventitsial hujayralar, yahni endoteolitsitlar ham ishtirok etadi.
SHakllanish natijasida fibroblastlar hosil bo’ladi, ulardan esa kollagen tolalarni sintez qilinadi, bu esa chandiq to’qimasini asosini tashkil qiladi.
Qo’shuvchi to’qima hujayralarini ko’payishi tartibli harakterga ega bo’lib, avvaliga aktivatsiya keyin, uning tormozlanishi kuzatiladi. Bu masalada keylonlarning roli kattadir, chunki ular proliferatsiya jarayonini boshqarib turadi. Keylonlar suvda eruvchan glikoproteidlar bo’lib, (40000 mol. massa) proliferatsiya jarayoniga quyidagicha tahsir etadi: hujayralar bo’linishini, undagi fermentlarni inaktivatsiyalash yo’li bilan tormozlaydi, natijada DNK reduplikatsiyasi ro’y bermaydi.
Keylonlar tahsir etish mexanizmi, epiteliy hujayralarda yaxshi o’rganilgan. Ushbu moddalar yetuk epitilial hujayralarda sintezlanadi va to’planadi, ular keyinroq, qarigan teri bilan tushib ketadi. Qachonki bunday hujayralar oz qolsa, keylonlar miqdori ham kamayib ketadi. Natijada uning tormozlovchi effekti ham pasayib ketadi, shundan hujayralar bo’linishi kuchayib ketadi.
Yallig’lanish o’chog’ida yetuk hujayralarni kamligi va keylonlarning ozligi bilan harakterlanadi, yahni hujayra bo’linishi ketadi.
Proliferatsiyani kuchayib ketishini keylonlarga sezuvchanlikni pasayishi bilan ham tushuntiriladi.
Agar, zararlanish katta bo’lmasa, yallig’lanish jarayoni to’la tuzalish bilan tugaydi.
Agar, ko’plab hujayralar o’lsa, katta defekt kuzatilsa, chandiq to’qimasi hosil bo’ladi. Bahzida chandiq to’qimasi xaddan tashqari katta bo’lishi, qo’shni ahzolarni deformatsiyalaydi va uning funktsiyasini buzadi. Bu holat ayniqsa, yurak klapanida, miya pardalarida bo’lsa yanada havfli hisoblanadi.