Kimyoviy termoregulyatsiya quyidagicha: Muskullarni qisqarishi xisobiga, 10% tinch xolatda taranglashsa, 50-80% ozroq xarakat qilsa, 400-500% og’ir jismoniy ish bajarsa issiqlik hosil bo’lishi ortadi.
Sovuqdan muskullar titrasa, issiqlik xosil bo’lishi 2-3 barobar ortadi.
Tashqi xarorat pasayganda, jigar va buyraklarni issiq xosil bo’lishini ortishi orqali ro’y beradi.
Fizikaviy termoregulyatsiya quyidagicha: Issiqlikni u yoki bu muxitga, organizm satxi tegib turgan jismlarga o’tkazish yo’li bilan
Issiqlikni nurlatish, atrofga tarqatish yo’li orqali
Terlash va nafas chiqarish issiqlikni bug’latish orqali amalga oshiriladi.
Etiologiya Isitma reaktsiyasi evolyutsion jarayonda organizmni katta molekulyar tahsirlovchilarga, moslashish reaktsiyasi sifatida namoyon bo’ladi.
Isitma yuzaga chiqishida infektsion va noinfektsion agentlar muhim rolg’ o’ynaydi. Evolyutsion taraqqiyotda isitma reaktsiyasi, organizmga mikroorganizm va ularning toksinlari kirishiga javoban ro’y beradi. SHu bilan birga, infektsiyaga aloqasi yo’q agentlar m: qon quyishda, davolash maqsadida oqsil yoki lipidlarni organizmga yuborilganda ham isitmani kuzatish mumkin.
Pirogen moddalarni shunday xususiyati borki, ular organizmga tashqaridan tushsa yoki o’sha yerda hosil bo’lsa isitma chaqiradi.
Pirogen moddalarni organizmga qaerdan tushganligiga ko’ra: endogen va ekzogen turlari tafovutlanadi. Ekzogen pirogen moddalar organizmga tashqaridan tushadi, 40-90 daqiqa ichida isitma chaqiradi. Endogen pirogenlar organizmning o’zida hosil bo’ladi: 1. Yallig’lanish o’chog’idagi birlamchi va ikkilamchi alg’teratsiya mahsulotlari 2. Nekroz o’chog’idan tushgan mahsulotlar (miokard infarkti) 3. Steroid gormonlarni metobolitlari 4. Antigen-antitelo kompleksi 5. Neytrofil va makrofag mahsulotlari. Pirogenlarni tabiatiga ko’ra: tabiiy va sunhiylari tafovutlanadi.
Birlamchi pirogen moddalar organizmga tushib, isitma chaqirmaydi, balki organizmni xususiy hujayralariga tahsir etib, maxsus oqsil tabiatli (ikkilamchi) moddalar sintezini induktsiyalaydi. Natijada ushbu moddalar termoregulyatsiya markaziga tahsir etib, isitma chaqiradi, shuning uchun, birlamchi pirogen moddalar “lixoradkani etiologik omili” bo’lsa, ikkilamchi pirogen moddalar esa “lixoradkani patogenetik omili” bo’lib hisoblanadi.
Birlamchi pirogenlar organizmga mikroblar bilan kiradi, o’zini bakterial toksinlardek tutadi. Lekin bulardan, gramm (-) enzotoksinlar yaxshi o’rganilgan. Ular lipopolisaxaridlar, yahni murakkab biopolimerlardir. Ushbu murakkab moddalar, uch qismdan: ikkita polisaxarid va bitta lipiddan iborat. Organizmda intoksikatsiya va isitmani lipid qismi chaqiradi. Endotoksinni 0,0001 mkg/kg quyonlarda isitma chaqiradi. Inson, hayvonlardan itlarda, pirogen moddalarga sezuvchanlik bir xil bo’ladi.
Zamonaviy tibbiyotda endotoksinlarga qiziqish ortmoqda. Ko’plab kasalliklarda, o’sma, miya zahmi va boshqa kasalliklarda endotoksin tahsiri tufayli kasallikni kechishi ancha yengillashgan. SHundan, bakterial pirogenlar klinikada qo’llanilib kelingan, lekin bunday bakterial pirogenlar isitmadan tashqari, gemorragik shok ko’rinishidagi intoksikatsiya, tromboz, SHvartsman fenomeni tipidagi terini zararlanishi va boshqa zararli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
SHuning uchun, toza pirogen moddalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan, lekin, bu ish hozirgacha to’la amalga oshmagan. Pirogen dorilarni boshlang’ich manbasi gramm (-) bakteriyalardir. Pirogenal, pirogen, piromen, pireksallar shular jumlasidandir.
Birlamchi pirogenlar, mikroorganizmlar bog’liq bo’lmagan holda organizm o’zida ham hosil bo’lishi mumkin. M: suyak singanda, qon quyilganda, yurak infarktida. Ushbu holatlarda hosil bo’lgan moddalar haqiqiy pirogen modd20alarga o’xshab, organizmga tahsir etadi, bahzida ularni yolg’on pirogen moddalar deb ham ataydilar.
Ekzotoksin sintez qiluvchi mikroorganizmlar ham isitma chaqiradi (difteriya, stolbyank) lekin ularni mexanizmi yaxshi o’rganilmagan.
Xozirgi kunda juda kuplab moddalar, o’zining spetsifik funktsiyalari bilan bir qatorda, pirogenlik xususiyatini xam namoyon qiladi. Interleykinlar 1,6, o’sma nekroz omili, interferon, limfokinlar va boshqalar shular jumlasidandir.