Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 114,34 Kb.
səhifə1/12
tarix13.04.2023
ölçüsü114,34 Kb.
#97466
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ichki sekretsiya bezlari va uning yosh xususiyatlari




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI


Z.M. BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


Mavzu: Ichki sekretsiya bezlari va uning yosh xususiyatlari

BAJARDI: Komilov S
Аndijon – 2014
R E J A:
I.Gipofiz bezining joylashuvi, tuzilishi va fiziologiyasi.
II. Epifiz bezining joylashuvi, tuzilishi va fiziologiyasi.
III. Qalqonsimon va qalqon orqa bezlari.
IV Oshqozon osti va buyrak usti bezlari.
V. Jinsiy bezlarning joylashuvi tuzilishi va fiziologiyasi

I.Gipofiz bezining joylashuvi, tuzilishi va fiziologiyasi.


Odamlarda gipofiz yoki pastki miya ortig‘i kalla suyagining turk egari sohasida, miyaning asosida joylashgan va oyoqcha (voronka) yordamida miya bilan tutashgan toq ichki sekretsiya bezidir. Bu bez ustki tomondan biriktiruvchi to‘qimadan iJaorat kapsula bilan o‘ra!gan va o‘rtacha 0,4-1,1 gramm vaznga egadir. Turli hayvonlarda gipofizning shakli va kattaligi turlichadir. Jumladan, sigirlarda 3.8, itlarda 2.1, qo‘yiarda 0.4. cho'chqalarda 0.3 grammni, tulkilarda 50 mg.ni tashkil qiladi va h.k. Gipofiz uch qismdan: oldingi (adenogipofiz), oraliq va orqa qism (neyrogipofiz)lardan tashkil topgan.
Gipofizning vazifasi
Gipofiz hujayralarining xili organizmning holati va boshqa ko'pgina omillar ta’sirida o‘zgarib turadi. Adenogipofiz ichki uyqu arteriyasidagi nerv tuguni va gipotalamusdan nerv tolalarini oladi (innervatsiyalanadi). Ko‘pgina fizologik tekshirishlar adenogipofizga parasimpatik asab tizimi ham ta’sir qilib turishini ko'rsatadi. Neyrogipofiz gipotalamusdan suprooptik - gipofizar, paraventrikulyar - gipofizar, tubero - gipofizar yo‘llar orqali nerv tolalari o‘tadi.
Gipofiz organizmning turli funksiyalarini boshqarishda ishtirok etadi. Shu bilan birga boshqa ichki sekretsiya bezlarining faoliyatiga ham o'zining tegishli gormonlari bilan faol ta’sir ko‘rsatadi.
Gipofiz gipotalamus bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, gipotalamo-gipofizar tizimni tashkil qiladi. Gipofizning oldingi qismi -adenogipofiz uch xil: atsidofil, bazofil va xromotob bez hujayralari borligi gistolik tekshirishlarda topilgan. Atsidofil va bazofil hujayrlar xromotob hujayralardan hosil bo‘ladi. Bazofil hujayralar adrenokortikotrop, tireotrop, pankreotrop, paratireotrop va gonadotrop (tuxumdon folliku- lasini stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi) gormonlarni ishlab chiqaradi.
Atsidofil hujayralardan somatrop yoki o'sish gormoni va prolaktin ishlab chiqadi. Oldingi bo‘lakning hamma gormonlari oqsil moddalar bo‘lib, organizmning o'sib rivojlanishini, bir qator ichki sekretsiya bezlarining faoliyatini, moddalar almashinuvi va ko‘payish jarayonlarini, boshqarishda ishtirok etadi. Gipofizning oldingi qismi olinib tashlan- ganida, kasallik tufayli faoliyati susayganida, organizmda turli xil o‘zgarishlar kuzatiladi.Jumladan, yosh hayvonlar o'smay qoiadi, jinsiy bezlarining rivojlanishi susayadi, organizmning umumiy quvvati pasayib, moddalar almashinuvi buziladi, junlarning o‘sishi susay adi.
Gipofizning oldingi qismi gipotalamus bilan chambarchas bogiiqdir.Gipotalamusni elektr toki bilan ta’sirlanishi gipofizni oldingi qismidan ko'proq gormonlar qonga chiqishiga sabab bo'ladi.Tiroksin gormonining ko'proq ishlanib, qonga chiqarilishi esa gipofiz oldingi qismi gormonlarining ajralishiga to'sqinlik qiladi. Bu gormonlarning ajralishiga yorug‘lik ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, degan ma’lumotlar bor. M t :ian, parandalarni kechasi yaxshi yoritilgan xonaga kiritish gipofizdan gonadotrop gormonlar ko‘proq ajralib qoniga o‘tishiga sabab bo‘ladt. Hayvonlarni oziqlantirish, parvarish qilsih sharoiti ham gipofizning faoliyatiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Gipofiz oldingi qismidan ajralib chiqadigan gormonlardan somatotrop gornron yoki somatotropin (STg) o'sish va rivojlansih jarayonlarining boshqarilishida ishtirok etadi. Bu gormon sut emuzuvchi hayvonlarning gipofizidan toza holatda ajratib olingan. 7'urli hayvonlarning somatotrop gormoni tarkibidagi aminokis- otalar soni, molekulalari og‘irligi va boshqa bir qator fizik-kimvoviy xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Somatotrop gormon hujayralar boiinishi, oqsillarning sintezlanishini tezlashtiradi va organizm to‘qimasining iniqdor jihatdan ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Uning ta’sirida azot muvozanati musbat bo‘lib qoiadi. Energetik ehtiyoj o'sishi tufayli yog' kamayadi. Bu gormon tog‘ay to'qimasiga, ayniqsa, kuchli ta’sir ko‘rsatadi, naysimon suyaklarning uzunasiga o'sishi va suyaklashishini tezlashtiradi. Somatotrop gormon uglevod almashinuviga.ichki oraaiilar- ing o'sib rivojlanishiga faol ta’sir ko'rsatadi. Bu gormon yosh hayvonlarda zo‘r berib ishlanib chiqadigan bo'lsa. gigantizm avj oladi.. ya'ni hayvon juda o‘sib, odatdagisidan katta bo'lib ketadi. Katta yoshdagi hayvonlarda esa somatotropinning ortiqcha ishlanishi akromegliya kasalligiga sabab boiadi.
Adrenokortikotrop gormon (AKTG).Bu gormon buyrak usti bezi po‘stloq qavati funksiyasining boshqarilishida ishtirok etadi va fuzilishiga ta’sir ko'rsatadi. Gipofiz olib tashlansa, buyrak usti bezining po‘stloq qavati, ayniqsa, to‘rli va tutamli zonalari atrofiyaga uchraydi. Biroq shunda ham buyrak usti bezining po‘stloq qavati organizm uchun yetarli miqdorda gonnon ishlab chiqarishi mumkin.Organizmga kortikosteroidlar yuborilganda qanday o‘zgarishlar kuzatilsa, AKTG yuborilganda ham xuddi shunga o‘xshash o'zgarishlar kuzatiladi. AKTG yuborilganida periferik qonda eozinofil va limfotsitlar sonining kamayib ketishi bu gormon ta’sirining xaraterli tomonidir. Bundan tashqari, AKTG buyrak kanalchalaridan natriy xlor ionlari va suvning reabsorbsiyasiga, shuning- ek, yog‘ va aminokislotalardan qandning hosil boMishiga, organizmdan azotning chiqarilishiga ta’sir ko'rsatadi.
Tireotrop gormon (TTG).Bu gormon qalqonsimon bezning faoliyatini kuchaytiradi. Shuning uchun ham gipofizi olib tashlangan organizmning qalqonsimon bezi atrofiyalanib, yodni almashtirishi va tiroksinni sintezlashi susayadi. Organizmga tireotrop gormon yuborilganda xuddi tiroksin yuborilganidek o'zgarishlar kuzatiladi.Gipofiz bilan qalqonsimon bez funksional jihatdan bir-biriga mahkam bog‘liq, shu hoi organizmda yaxlit gipofiztireod kopmleks mavjud deb aytishga asos boTadi.
Ko'pchilik endokrinologlar gipofizda tireotrop gormonning ta’siri jihatdan bir-biridan farq qiladigan bir necha fraksiyasi hosil boTadi, deb hisoblaydilar.
Ganadotrop gormonlar.Bu gormonlar ham gipofizning oldingi qismida hosil bo‘lib, jinsiy bezlarning funksiyalariga ta’sir qiladi, gonadotrop gormonlarning uch xili bor: A) ning yetilishini tezlashtiruvchi; B) interstitsial hujayralarning yetilishini tezlashtiruvchi gormon; V) lyuteinotrop gormon.
Follikulalarning yetilishini tezlashtiruvchi gormon erkaklik va urg'ochilik jinsiy bezlarining epiteliylarini rivojlantiradi. Erkak hayvon- arda spermatogenez jarayonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Interstitsial hujayralarning yetilishini tezlashtiruvchi gormon esa ning yetilishini esterogen gormonlarining ajralishini, sariq tana hosil boMishini, proges- eron, testosteron gormonlarining ishlanib chiqishini kuchaytiradi. Lyuteintrop gormon (prolan B) - sariq tanadan progesteron gormoni ishlanib chiqishini tezlashtiradi. Bu gormon sut bezining rivojlanib yetilishiga laktatsiyaga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham ayrim mualliflar bu gormonni prolaktin gormoni bilan bir deb qaraydilar. Gipofizning oraliq qismi donali va donasiz bazofil hujayralardan tashkil topgan bo‘lib faqat bitta gormon - melanofor (intermedin) ishlab chiqaradi. Bu gormon ham asosan baliqlarda, suvda va quruqlikda yashovchilorda, sudralib yuruvchilarda, pigment almashinuvini boshqaradi. Bu gormon terida tashqi tnuhitning ba'zi noqulay omillarning, xususan.quyosh nurlaridan himoya qiladigan rang pavdo bo'lishini ta’minlydi. Organizmga intermedin yuborilishi - terming qorayishiga sabab bo4adi. Kuchli vorug‘likning ta'siridan intermedinning hosil bo‘lishi tormozlanadi. Natijada - bir oz oqaradi kechalari bu gormonning hosil bo'lishi tezlashadi. Shu bilan birgalikda bo‘g‘ozlik davrida ham intermedin ko‘proq hosil bo‘lib turadi. Gipofizning keyingi qismida ko'pgina neyrogliol hujayralar ham bor. Bezning bu qismi o‘zidan uch xil gormon vazopressin.oksitotsin vaoktididenrevin ishlab chiqaradi. Teozir gipofiz keyingi qismining gormonlari bevosita gipofizning o'zida hosil boMmasdan gipotalamusning superooptik va paraventikulyar yadrolarida hosil bo'lib suprooptik gipofizar yo‘l orqali gipofizga chiqariladi deb hisoblanadi.
Vazopressin. Buyrak va miya arteriyalarini aytmaganda organizm- dagi boshqa hamma qon tomirlarini toraytirib qon bosimini oshiradi.
Antidiuretin. Buyrak kanalchalaridan suvning reabsorbsiyasini kuchaytirib sutkalik siydik miqdori (diurez)ning kamayishiga sabab bo‘ladi. Antidiuretin oqsil ta’sirotlari tufayli ko‘p ajraladi. Qattiq og‘riq vaqtida siydik chiqmay qolishi (og‘riq annuriyasi) ham shunga bog‘liq. Antidiuretin gormonining yetarli darajada ajralmasligi natijasida qandsiz diabet kasalligi kuzatiladi. Bu kasallik paytida hayvon odatdagiga qaraganda kop miqdorda suv ichib qiyadi.Masalan bu paytda itlar sutkasiga 80 litrgacha suv ichib shuncha ajratishi mumkin.Ayrimv mualliflar vazopressin va antidiuretin gormonlarini turli funksiyalarini bajaruvchi bir xildagi gormon deb hisoblaydilar.
Oksitotsin - bachadon va sut bezlarining silliq muskul tolalarini qisqartirish xususiyatiga ega.
Jinsiy siklning turli fazalarida bachadon silliq muskulining oksitotsin- gasezuvchanligi o‘zgarib turadi, jumladan, hayvon kuyikkan paytda oksitotsinga seziluvchanli keng baland bo‘ladi. Gipofizning keyingi qismidan ajraladigan gormonlarning kimyoviy tarkibi o'rganilgan. Jumladan oksitotsin va va zopressin 8 ta aminokislota va uch molekula ammiakdan tuzilgan Bugormonlarning 6 ta aminokislota I bir xil bo‘lib, ikkitasi bir-biridan farq qiladi (oksitoinda – leysin va izoleysin, va zopressinda esa fenilalanin va arginin bor). Bugormonlar sun'iy уоl bilan sintezlanib olingan.
Gipofiz faoliyatining boshqarilishi
Gipofizning sekretsiyasi, ya’ni undan gormonlar ajralishi organizmning holatiga, tashqi muhitning o‘zgarishiga ko‘p bogliq. Ekstero va interoretseptorlarning turli yol bilan ta’sirlanib qo‘zg‘alishi gipotalamus orqali gipofizga uzatiladi. Gipofizning barcha qismlari bilan gipotalamus o‘rtasida chambarchas bog‘lanish mavjud. Yuqorida aytilganidek, gipotalamusning suprooptik va paraventrikulyar yadrolarida hosil bo‘ladi- gan sekretlar alohida yo‘llar orqali gipofizning keyingi qismiga o‘tadi va u yerdagi asab tizimi terming maxsus qismlarida yig‘iladi. So‘nqra keladigan nerv impulslarining soni va kuchiga yarasha qonga chiqarilib turiladi. Shuningdek gipofizning oldingi va oraliq qismlari ham nerv va qon orqali gipotalamus bilan bog‘langandir. Gipofizning oyoqchasini kesib gipotalamus bilan aloqasini uzsak, gipofizdan ni stimullovchi, lyutein- lovchi, somatotrop, tireotrop, adrenokortikotrop gormonlar ishlanib chiqishi ma’lum vaqt to‘xtab, melanofor gormoni sekretsiyasi kuchayadi. Gipotalamusning turli yadrolari gipofiz faoliyatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni alohida olingan gormonning gipofizdan ishlanib chiqishi gipotalamusning niuayyan, neyrosekretiga bog‘liq. Keyingi paytlarda adrenokortikotrop, tireotrop, gonadotrop, somatotrop gormonlarining gipofizdan ishlanib, qonga chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar - omillar gipotalamus to‘qimasidan olindi. Organizmdagi boshqa endokrin bezlarning gormonlari ham gipofizning faoliyatiga bevosita va asab faoliyati orqali ta’sir ko‘rsatadi.



Yüklə 114,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin