TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI MUSTAQIL ISH Mavzu:Endokrin bezlari
2-son davolash ishi fakulteti
2-bosqich 226-A guruh talabasi
Eshbo’riyeva Rushana
Gipofiz bezi.
Bu no‘xatsimon, massasi 0, 5 - 0, 6 g ga teng bo‘lib, bosh miyaning ostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi deb atalgan qismida joylashgan. Gipofiz uch bo‘lakdan iborat: oldingi, oraliq va orqa bo‘laklar. Gipofizning oldingi bo‘lagidan olti xil: somatotrop, adrenokortikotrop, tireotrop, gonadotrop, laktotrop, lyuteinlovchi gormonlar ajraladi. Somatotrop gormoni (STG) bolalar va o‘smirlarning o‘sishni, rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba'zi sabablarga ko‘ra bolalar va o‘smirlarda bu gormon ko‘p ishlab chiqarilsa, bo‘y normadan ortiq o‘sib ketadi. Bu holatga gigantizm, bunday odamni gigant deb ataladi. Agar bu gormon kamroq ishlab chiqarilsa, bo‘yiga o‘sish sekinlashadi, bunday holga nanizm deb ataladi. Bunday bo‘yi past odamlar gipofizar pakana deb ataladi. Ularning bo‘yi past bo‘lsa ham aqliy faoliyati normal bo‘ladi. Bo‘y o‘sishi to‘xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko‘p ishlab chiqarilsa, akromegaliya kasalligi sodir bo‘ladi. Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili, qo‘l va oyoq panjalarining hajmi kattalashadi
Qalqonsimon bez
Bu bez bo‘yinning oldingi qismida joylashgan bo‘lib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlaridan yopib turadi. Uning massasi chaqaloqda 1 g, 5-10 yoshli bolalarda 10 g, kattalarda 25-30 g gacha bo‘ladi. Qalqonsimon bezda tiroksin gormoni ishlab chvqariladi. Tiroksinning 65 % dan ko‘prog‘i yod moddasidan iborat. Bu gormon organizmda moddalar almashinuvi jarayoni normal o‘tishida muhim rol o‘ynaydi. U yurak ishining gumoral yo‘l bilav boshqarilishida ishtirok etadi. Tiroksin bolalarning o‘sishi va rivojlanishida, nerv tizimi funksiyasining normal takomillashuvida katta ahamiyatga ega. Qalqoshimon bez funksiyasining susayishi gipotireoz deb ataladi. U yosh bolalarda ham, kattalarda ham og‘ir kasallikka sabab bo‘ladi. Gipotireoz, ya'ni qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi bola tug‘ilgandan keyin turli yoshlarda va xatto, katta odamda ham ayrim sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin
Qalqonoldi bezlari
Bu bezlar to‘rtta bo‘lib, qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ularning umumiy massasi 100-120 mg ni tashqil qiladi. Qalqonoldi bezlaridan paratireoidin yoki paratgormon ishlanib chiqadi. Bu gormon odam organizmida kalsiy—fosfor almashinuvini tartibga solib turadi. Gormon kam ishlab chiqarilsa, nerv muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo‘llari qaltiraydi. Gormon juda kamayib ketsa, soch to‘kiladi, suyaklar yumshab, egiluvchan bo‘lib mo‘rtlashadi, tez sinuvchan bo‘lib qoladi, nerv muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi juda ortib ketib, odam tanasining umumiy qaltirashi, ya'ni tutqanoq (tetaniya) holati yuzaga keladi. Qalqonoldi bezlarining funksiyasi ortib, paratgormon ishlab chiqarilishi ko‘paysa, nerv— muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi pasayib, tana muskullari bo‘shashib qoladi, odam umumiy holsizlanadi, tez charchaydi.
Ayrisimon bez
Bu bez to‘sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo‘lib, to balog‘atga yetish davrigacha (14 - 15 yoshg‘acha) kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So‘ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boshlaydi va u yog‘ moddasiga aylanadi, 25 yoshda bezning massasi 25 g gacha kamayadi, 60 yoshda 15 g, 70 yoshda 6 g bo‘ladi. Ayrisimon bezda timozin gormon ishlab chiqariladi. U bolalarning o‘sishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, jinsiy bezlar funksiayasini pasaytirib, bolada balog‘atga yetishni susaytiradi. Bundan tashqari, timozin limfotsitlar hosil bo‘lishini kuchaytirib, organizmning immunitet xususiyatini oshiradi. Balog‘atga yetish davridan (14-15 yosh) boshlab jinsiy bezlarning funksiyasi kuchayadi, ayrisimon bezning funksiyasi esa susaya boshlaydi. Ba'zi sabablarga ko‘ra, ayrisimon bezning funksiyasi kuchayadi va balog‘at yoshiga yetmagan bolada vaqtidan ilgari balog‘atga yetish belgilari paydo bo‘ladi, ya'ni 8-10 yoshli bolaning soqoli chiqadi, qizlarning ko‘krak bezi kattalashadi va hokazo. Bunday holatlarda zudlik bilan endokrinolog shifokorga murojaat qilish kerak