Qalqonsimon oldi (yoki yon) bezlari
Bular qalqonsimon bezning orqa yuzasidagi ikki juft bezdir. Ba’zan ular shu bez yoki bo`qoq bezi to`qimasida, shuningdek, perikard sohasida joylashgan bo`ladi. qalqonsimon bez oldidagi bezchalarning hujayralari paratgormon ishlab chiqaradi, u qalqonsimon bez gormoni ─ tirokalsitonin bilan birga qonda kalsiy va fosfor miqdorining doimiyligini saqlab turadi. buyrak va skelet suyaklari paratgormon uchun nishon organlar bo`lib hisoblanadi. sog`lom kishilarda qondagi tirokalsitonin va paratgormon miqdori dinamik muvozanatda bo`ladi. agar tirokalsitonin suyak to`qimasida kalsiy miqdorining ortishiga va fosforning kamayishiga imkon bersa, paratgormonning ta’siri buning aksicha bo`ladi.
Qalqonsimon bezni radiaktiv yod bilan davolashda, yuqumli kasalliklar (sil, gripp), shikastlanishlar, uning tug`ma nuqsonida qalqonsimon oldi bezlari gipo-yoki giperfunksiyasi yuz berishi mumkin.
Qalqonsimon oldi bezlari secretor hujayralarining funksiyasi yetarlicha bo`lmaganda skelet muskulturasi, jumladan, qorin, diafragma muskullari, qovurg`alararo muskullar tortishib-qisqarishi kuzatiladi. Paratgormoin ortiqcha ishlaganda ayniqsa suyaklarda va buyrakda o`ziga xos o`zgarishlar ro`y beradi.
Qalqonoldi bezi
Odamda to`rtta qalaonoldi bezi bor, bulardan ikkitasi qalqonsimon bezning orqasida, qolgan ikkitasi esa qalqonsimon bezning pastki qutbida, ba’zan esa bez to`qimasida bo`ladi. Ular yapaloq, oval tuzilmalar bo`lib, bo`yi 6-7 mm, eni 3-4 mm va qalinligi 1,5-2 mm. bez to`qimasi qon va limfa tomirlariga boy. Qalqonoldi bezlarning umumiy massasi 100 mg ga teng (E.N.Nuritdinov Odam fiziologiyasi 273-bet).
Qalqonoldi bezlarning yoshga oid xususiyatlari. Qalqonoldi bezlar odamda 0,25 grammgacha og`irlikda bo`lib, qalqonsimon bezlarning ikki chetiga joylashadi va kichikroq don shaklidadir. Qalqonoldi bezidan organizmda kalsiy almashinuvini o`zgartiruvchi gormon hosil bo`ladi. Bu bezlar faoliyati buzilgan taqdirda tubandagi harakterdagi kasallik yuzaga keladi: qo`l va oyoqni bukuvchi muskullar, yuz muskullari tortishib qoladi, qon plazmasida kalsiy tuzlari kamayib (9-11 mg foiz o`rniga 5-6 mg foizga tushib) boradi (L.I.Murskiy Kichik yoshdagi maktab bolalarining anatomiyasi va fiziologiyasi 193-bet).
Dostları ilə paylaş: |