Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi


-topshiriq. Savollarga javob bering



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə31/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
умк илмий иш асослари

1-topshiriq. Savollarga javob bering.
1. Ilmiy tadqiqot ishi umumiy tavsifi qanday tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi?
2. Mavzuning dolzarbligi qanday yoritilishi lozim?
3. Ilmiy tadqiqot ishining obyekti nima?
4. Ilmiy tadqiqot ishining predmeti nima?
5. Ilmiy ishdan ko’zlangan maqsad va vazifalar qanday belgilanishi lozim?
6. Ilmiy tadqiqot ishining tuzilishi haqida ma’lumot bering.

2-topshiriq. Quyida berilgan namuna asosida o’zingizning ilmiy ishingizning umumiy tavsifini shakllantiring:




BMINING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ona tilimizga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. O’zbek tilining nazariy asoslarini yanada mustahkamlash, uning barcha imkoniyatlarini chuqur va atroflicha tahlil etish, jahon xalqlari orasida qiziqish uyg’otib borayotgan o’zbek tilining ichki qonuniyatlarini ilmiy jihatdan kengroq yoritish, asoslash kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanadi.
O’zbek tilshunosligida yuzaga kelayotgan yangi tadqiqotlar jahon tilshunosligi erishgan yutuqlarga tayangan holda, yangi-yangi muammolarni hal etish vazifasini kun tartibiga qo’ymoqda. Bunday ilmiy tadqiqot ishlari o’zbek tilshunosligining taraqqiy etgan jahon tilshunoslik maktablari qatoridan o’zining munosib o’rnini egallashi uchun bajarilishi lozim bo’lgan asosiy vazifalardan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlanishni boshlagandan beri ilm-fan va milliy madaniyatimizni har bir sohasida jiddiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Yurtboshimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch ”deb nomlangan va ta’sirini kitobida ta’kidlaganlaridek, “o’tgan davr mobaynida davlat tilining hayotimizdagi o’rnini kuchaytirish, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish yo’lida ilgari tasavvur ham qilib bo’lmaydigan ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlol yillarida o’zbek tilining qo’llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o’ziga xos xususiyatlariga bag’ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o’quv qo’llanmalari, yangi-yangi lug’atlar ko’plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o’z hissasini qo’shmoqda”.[3.86].
Shu ma’noda Yurtboshimiz I.A.Karimovning “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish—ustuvor maqsadimizdir” va “Asosiy vazifamiz—vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” nomli ma’ruzalari ham ilm-fan rivojiga katta omil bo’ldi.
Fan sohalari qatori o’zbek tilshunosligi ham rivojlanishning istiqbolli yuliga chiqib oldi. Shu kunga qadar asosan gapning shakliy tuzilishi o’rganilib kelingan edi. Endilikda gapning ma’no xususiyatlari, uning tarkibi, mazmuniy tiplari, shakliy va mazmuniy tuzilishlarning o’zaro munosabatlarini o’rganish ancha rivojlana boshladi.
O’zbek tilshunosligida sodda gaplarni murakkablashtiruvchi birliklar ancha o’rganilgan, lekin birmuncha tadqiqotlarga ob’ekt bo’la oladigan masalalardandir. So’nggi yillarda olib borilgan tadiqotlardan boshlab bu sintaktik hodisalarning semantik xususiyatlariga ham e’tibor qaratish masalasi ilgari surilmoqda.
Murakkablashgan gaplar semantikasi, xususan, uning bir turi bo’lgan uyushiq bo’lakli gaplarni tadqiq qilish ushbu tadqiqot ishining dolzarbligini ko’rsatadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin