Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə32/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100
умк илмий иш асослари

Tadqiqotning obуekti Said Ahmadning nasriy asarlari matnida qo’llangan uyushiq aniqlovchilar.
Tadqiqotning predmeti Said Ahmad asarlarida uyushiq aniqlovchilar semantikasi va sintaksisini tadqiq qilish.
BM ishining maqsad va vazifalari. Uyushiq bo’lakli gaplarning grammatik hamda semantik xususiyatlarini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq kilish ishning asosiy maqsadidir. Ushbu maqsad quyidagi vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi:
-sodda gaplarni murakkablashtiruvchi birliklarning qo’llanilish tarixini o’rganish;
- murakkablashgan gaplarning sintaktik qurilmalardagi o’rni masalasini yoritish;
- uyushiq bo’lakli gaplarning grammatik xususiyatlarini tahlil qilish;
- uyushiq bo’lakli gaplarlar semantikasini tadqiq qilish;
- uyushiq bo’lakli gaplarning propozitiv strukturasini tahlil qilish;
- uyushiq bo’lakli gaplarning aktual tuzilishini yoritish.
Tadqiqotning metodologik asosi. Ishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ma’naviyat, ma’rifat, milliy va umumbashariy qadriyatlar to’g’risidagi fikr-mulohazalari, milliy til va madaniyatning rivojlanish tarixi, taraqqiy etish yo’llari hakidagi qarashlari, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, G’.Abdurahmonov, H.Boltaboнeva, S.Ashirboнevlarning uyushiq bo’lakli gaplar haqida olib borgan ishlari, dialektikaning mazmun va shakl, butun va qism, analiz va sintez, mantiqiylik kabi kategoriyalari metodologik asos bo’ldi. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy, uzviy va diaxron tahlil kabi metodlardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati o’z nazariy xulosalari bilan sintaksis, murakkab gaplar semantikasi va sintaksisi bahsiga hissa bo’lib qo’shilishidir. U ta’lim bosqichlarida “Murakkablashgan sodda gaplar” mavzularini o’tishda nazariy va amaliy manba bo’lib xizmat qiladi.
BMIning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bog’liqligi. Mazkur tadqiqot Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O’zbek tilshunosligi kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlar rejasi asosida amalga oshirilgan.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin